53
haqidagi ma’lumotlar kelishi mumkin.
Umumiy holda axborotlar oqimi harakat yo‘li tovar harakati
marshruti bilan mos keladi.
Axborotlar oqimi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
-
vujudga
kelish manbai;
-
oqimlarning harakat yo‘nalishlari;
-
uzatish va qabul qilish tezligi;
-
oqim jadalligi va boshqalar.
Axborotlar oqimini quyidagicha boshqarish mumkin:
-
oqim yo‘nalishini o‘zgartirib;
-
uzatish tezligini qabul qilish tezligiga mos ravishda cheklab;
-
oqim hajmini alohida yo‘l uchastkasi yoki bo‘g‘inining
o‘tkazish qobiliyati kattaligigacha cheklab.
Axborotlar oqimi vaqt birligida qayta ishlangan yoki yuborilgan
ma’lumotlar soni bilan o‘lchanadi.
Axborot sonini o‘lchash usullari ma’lumotlar nazariyasi deb
ataluvchi kibernetika bo‘limida o‘rganiladi.
Xo‘jalik faoliyati amaliyotida ma’lumotlar quyidagicha
o‘lchanadi:
-
qayta ishlangan va yuborilgan hujjatlar soni bilan;
-
hujjatlardagi qatorlar soni yig‘indisi bilan.
Keyingi o‘n yillikda transport jarayonlariga logistik yondoshuv shuni
ko‘rsatadiki, yuk tashishni boshqarish iqtisodiyot
va biznesda
rivojlangan va yuqori foydali hisoblana boshlandi. Bu mavjud yangi
xo‘jalik munosabatlariga asosan amalga oshirildi, yuklarni egalari,
tashuvchilar va transport-ekspeditor kompaniyalari o‘rtasida yangi
informatsion texnologiyalar asosida paydo bo‘ldi.
Transport logistikasida vaqt va sifat asosiy keskin omillar bo‘lib
xizmat qildi.
Barcha transport operatsiyalari logistikaning muhim talablariga
bo‘ysunishi kerak.
Transport logistikasida informatsion taminot muhim rol o‘ynaydi.
Shuning uchun menejerlar va mutaxassislar boshqaruv yechimlarini
ishlashni va ularni tashkilotda yoki transport-logistik tarmoqda qo‘llay
54
bilishlari kerak
.
Klassikaning muhim logistiklaridan D.Bauersoks va D.Kloss
shunday deganlar:
― Yetakchi logistik sistemali firmalar
nooptimal zaxiralarni
almashtirishni amalga oshirgandan ko‘ra, informatsiya orqali optimal
yechimni topish arzonroq deb hisoblaydilar.
LIS (logistik informatsion sistema)da yechimlarni qabul qilish va
tayyorlash informatsion oqimni qayta ishlash jarayoni hisoblanadi.
Transport va informatsion oqimni uch xil varianti ajratiladi: o‘zib ketish,
kuzatib borish, transport-material oqimni tushuntirish.
Transport logistikasida informatsiya raqobat va qobiliyatning asosiy
omillaridan biri hisoblanadi. Ular informatsion quvvatlashni taminlaydi:
-
Bazali
logistik operatsiyalar;
-
Boshqarish nazorati;
-
Operativ va strategik yechimlar tahlili.
LISga samarali xizmat ko‘rsatish quyidagi sifatlarga ega:
-
foydalanish – logistik axborotdan foydalanishning oddiyligi va
osonligi;
-
aniqlik – axborot joriy operatsiyani aniq aks ettirishi kerak;
-
dinamiklik (jo‘shqinlik) – buyurtmalarni bajarishda jarayonlarni
o‘zgarishi;
-
o‘z vaqtida – axborot fursat o‘rtasidagi vaqt oralig‘ida
o‘lchanadi;
-
o‘zgaruvchanlik – axborot tizimi
strukturasi mijozlarni
muhtojligini sozlash va takomillashtirishi;
-
ma’lumotlar hisobotini loyihalashtirishning samaradorligi.
Logistik informatsion sistemalarni funksiyalarini boshqarish
transport logistikasining informatsion resurslarini muhim qismi
hisoblanadi. Bu savollar transport - logistika zanjirining operativ
faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Operativ faoliyat davri orqali bunday jarayonlar informatsion
quvvatlanadi.
LISni bazali funksiyalari quyidagilarni taminlaydi:
-
buyurtmalarni boshqarish;
55
-
buyurtmalarni
qayta ishlash;
-
taqsimlash;
-
transportda tashish va yukni qayta ishlash;
-
ta’minot.
Logistik axborot tizimlarini va Internetni rivojlanish asrida
yetkazish va transportda tashishni samarali zanjirlari asosiy rol o‘ynaydi.
Tashkilotni Internetga birinchi qadamni qo‘yishida WEB-sayt yaratish
kerak emas, balki transport-logistik jarayonlari mavjudligini o‘ylash
kerak. Transport logistikasini samarali metodlarini
yechish
muammolarida SCM (Supple Chain Management) metodlarini ajratish
mumkin. SCM axborot ta’minotni tizimli ravishda koordinatsiyalash,
rejalashtirish va taminot jarayonlarini boshqarish vazifalarini yechadi.
Yetkazishni boshqarish firma ichidagi resursni rivojlantirish bilan
bog‘liq (axborot tizimi ERP (Enterprise Resource Planning)). SCM
doirasida transport logistik jarayonlarini tashkillashtirish barcha logistik
zanjirlarni ko‘rishga asoslanadi.