Osnovi Web-texnologiy


-BOB. ZAMONAVIY RAQAMLI MARKETING



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/55
Sana13.06.2022
Hajmi1,36 Mb.
#661308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Elektron tijorat 2 qism

4-BOB. ZAMONAVIY RAQAMLI MARKETING 
ASOSLARI..................................................................................... 
 79
 
4.1. Elektron tijoratda raqamli marketing...................................... 
79
4.2. Raqamli marketingda tadqiqotlar va ma’lumotlarni 
boshqarish tizimlari………………………………………. 
8
2
4.3. Raqamli marketingni boshqarish jarayoni.............................. 
8

4.4. Raqamli marketing amaliy mashg‘ulotlarni shakllantirish.... 9
1
1-tajriba ishi. Mavzu: Internet marketing asoslari 
(2 soat)…………………………………………………….. 
9
3
 



2-tajriba ishi. Mavzu: Raqamli marketingda web-
saytlardan foydalanish. (4 soat)……………………………. 
96
 
3-tajriba ishi. Mavzu: Elektron tijoratda qidiruv tizimlarini 
qo‘llash. (4 soat)……………………………………………. 10
0
 
4-tajriba ishi. Mavzu: Kalit so‘zlar va jumlalardan
foydalanib web-saytni mukammallashtirish. (2 soat)……... 1
03
 
5-tajriba ishi. Mavzu: Internetda e-mail marketing………. 1
09
 
GLOSSARIY
..................................................................................
1
15
 
Foydalanilgan adabiyotlar
............................................................ 128
 



KIRISH 
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev 1-fevral 
2019-yilda “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
ˮgi PF-5647-sonli farmonni 
imzoladi. Bu farmon logistika sohasini yanada rivojlantirish uchun 
qo‘yilgan birinchi qadam hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda 
transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, 
tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash, transport 
sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, soha uchun malakali 
mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli chora-
tadbirlar amalga oshirildi. 
Iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va 
amalga oshirilayotgan islohotlar respublikaning geografik joylashuvini 
inobatga 
olgan holda transport xizmatlarining sifatliligi va 
ommabopligini ta’minlashga yo‘naltirilgan yagona transport siyosatini 
shakllantirish va amalga oshirish, sohani boshqarishning zamonaviy 
texnologiyalari va intellektual tizimlarini joriy etishda alohida 
ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. 
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan 
vazifalarni amalga oshirish: transport sohasidagi davlat boshqaruvi 
tizimini tubdan takomillashtirish, respublikaning investitsiyaviy 
jozibadorligi va eksport salohiyatini oshirish, transport 
kommunikatsiyalarini strategik rivojlantirish va barqaror faoliyat 
ko‘rsatishini ta’minlashga katta imkoniyatlar beradi. 
Transport infratuzilmasini, birinchi navbatda avtomobil va 
temir yo‘llarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu 
maqsadda respublikamizda transport kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish bo‘yicha ko‘pgina salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jarayonida raqamli 
logistikada zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan 
holda boshqarish ishlarini olib borish maqsadga muvofiqdir. Shunday 
ekan, tashish hajmlarini oshirish, iste’molchilarning yuk va yo‘lovchi 



oqimlarini tashib yetkazishga bo‘lgan ehtiyojlarini kafolatli 
qondirish, logistik kanallar faoliyati iqtisodiy samaradorligini 
ta’minlash, bugungi kundagi eng dolzarb vazifalar hisoblanadi. 
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki,
iste’molchilarning tovar, mahsulot va xomashyoga bo‘lgan 
ehtiyojlarini ta’minlash sohasidagi jadal o‘zgarishlarni faqat yuk 
oqimlarini samarali yetkazish jarayonlarini tashkil etish va 
boshqarishning yangi texnologiyalarini, xususan, logistika 
tamoyillarini keng qo‘llash asosida amalga oshirish mumkin bo‘ladi. 
O‘z mohiyatiga ko‘ra logistika bu yuk oqimlari harakatini samarali 
tashkil etish va boshqarishga hamda bu jarayondagi samarasiz 
yo‘qotishlar va xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Bunday 
sharoitda transport vositalari, omborxona va terminallar o‘zlarining 
tashish faoliyatlarini iste’molchilar va transport xizmati bozorining 
tobora oshib borayotgan talablariga moslashtirishi lozim bo‘ladi. 
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimizdagi logistik 
tarmoq faoliyati endigina shakllanib, o‘zining rivojlanish bosqichiga 
o‘tmoqda. Bu holat logistikaning nafaqat ilmiy-amaliy, balki o‘quv 
qo‘llanma sohalariga ham tegishli. Logistikani o‘qitish hamda 
tushuntirishda logistika bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab sohalar hali 
ham katta o‘rin egallaydi. Logistikaning o‘zagini ajratib ko‘rsatishni 
hali o‘rganishimiz zarur. 
Jarayonlarni logistik boshqarish konsepsiyasi faqatgina logistika 
sohasi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilishi shart emas. 
Jarayonlarni tizimli boshqarish falsafasi biznesning asosiy falsafasiga 
aylanishi kerak. Turli yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar
iqtisodchilar, menejerlar logistika konsepsiyalari va jarayonlarni 
logistik boshqaruv usullari va ularning samarasini tushunishlari va 
qabul qilishlari kerak. Shuning uchun ham bugungi kunda logistika 
sohasida oliy ta’limning ahamiyati juda katta. 
Fanning dolzarbligi hamda unga nisbatan tobora ortib 
borayotgan qiziqish moddiy oqimlar bilan shug‘ullanuvchi tizimlar 
faoliyatiga logistik nuqtai nazardan yondashishning samaradorligi 
bilan belgilanadi. 




Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish