211
topologiyasidan farq qilmaydi, shuning uchun ko‗p hollarda faqat ―Yulduz‖ deb
yuritiladi.
Mantiqiy topologiya
– ya‘ni kompyuterlar o‗zaro
aloqa strukturasi va
signalning tarmoqda tarqalish belgilaridir. Bunday ta‘rif topologiyaning ancha
to‗g‗ri tarifidir.
Axborot almashinuvini
boshqarish topologiyasi
–
bu alohida
kompyuterlar o‗rtasidagi axborot almashish huquqi, ketma-ketligi va prinsiplaridir.
Axborot topologiyasi
– bu tarmoqdan uzatilayotgan axborotlar oqimining
yo‗nalishidir.
3.10–rasm. Turli topologiyalarning ishlatilishiga misollar.
212
Misol uchun, jismoniy va mantiqiy topologiyali «shina» tarmog‗i
axborotlarni uzatish uchun estafeta usulidan foydalanishi mumkin (ya‘ni bu halqa
ma‘nosida) va bir vaqtning o‗zida barcha axborotni alohida ajratilgan bir
kompyuterdan uzatishi ham mumkin (ya‘ni bu yulduz ma‘nosida). Mantiqiy
topologiyali «shina» tarmog‗i, jismoniy topologiyali «yulduz» (passiv) va «daraxt»
(passiv) ko‗rinishga ham ega bo‗lishi mumkin.
Jismoniy, mantiqiy va boshqarish topologiyali
har qanday tarmoq axborot
topologiyasi ma‘nosida yulduz deb hisoblanishi mumkin, agarda bir server va bir
necha mijoz asosida yig‗ilgan tarmoq bo‗lsa, faqatgina shu server bilan aloqa
qilinadi. Bu holda tarmoqning buzilishga barqarorlik darajasining kamligi haqidagi
fikrlar markazdagi buzilishlarning sababi deyish adolatli bo‗ladi (bu holda –
server). Xuddi shuningdek, har qanday tarmoq axborot ma‘nosida shina
topologiyasi
deb atalishi mumkin, agarda u bir vaqtning o‗zida server va
shuningdek, mijoz bo‗ladigan kompyuterlar yordamida qurilgan bo‗lsa. Har
qanday boshqa shina hollari kabi, alohida kompyuterlarning buzilishi bunday
tarmoqqa kam ta‗sir qiladi. Markaziy hisoblash tarmoqlar
topologiyasi haqidagi
tahlilni tugatar ekanmiz, ta‗kidlab o‗tish kerakki, tarmoq turini tanlashda
topologiyaning turi asosiy omil bo‗la olmaydi. Muhim omillar masalan tarmoqni
standartlik
darajasi, axborot almashish tezligi, abonentlar soni, qurilmalarning
narxi va tanlangan dasturiy ta‘minot bo‗la oladi. Lekin,
boshqa tomondan olib
qaraganimizda, ba‘zi tarmoqlar turli bosqichda turli topologiyalarni ishlatish
imkonini beradi. Endi tanlash bu bobda o‗tilgan jami fikr va mulohazalarni hisobga
olgan holda butunlay foydalanuvchining zimmasiga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: