Osmonlar musaffo emasdi…



Download 18,82 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi18,82 Kb.
#825439
Bog'liq
farrux


OSMONLAR MUSAFFO EMASDI…
Qariyalar duoga qo’l ochar ekanlar: “Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo’lsin! Daryomizga suv, ko’nglimizga iymon bersin!” deyishadi.
Bu o’rinda “osmonimiz musaffo” so’zi zamirida tabiyat hodisasi – bulutsiz osmon nazarda tutilmaydi, balki bu musaffolik yurtda tinchlik bo’lishi ma’nosida keladi. Ba’zida ko’chma ma’noda davlat sarhadlariga dushman yaqinlashganini mashoyixlar: “Yurt osmonini qora bulutlar qopladi” shaklida berishlari shundan.
Az-Zamaxshariy dunyoga kelgan, yashagan davr qanday edi, yurtda qanday o’zgarishlar ro’y bergan va bermoqda edi, degan savollarga tarix qatlaridan javob izlash shu o’rinda juda zarur. Negaki, yurtda tinchlik va osayishtalik hukm surgan davrlarda ilm olish, ijod qilish va oilani tebratish oson kechadi. Shuningdek, butun umri boshqa davlatlar va shaharlarda kechgan zot hayoti xavfsiz bo’lmog’i uchun mazkur hududlarning ham osmoni musaffo bo’lmog’i kerak. Aks holda…
Shu o’rinda dunyo solnomalarida eng yirik solnomalardan birisi sifatida e’tirof etiladigan anushtegeniy xorazmshoxlar davlati paydo bo’lishi tarixiga bir qur nazar tashlaymiz. Negaki, az-Zamaxshariy hayoti aynan shu davrlarga to’g’ri keladi.
Anushtegin – Yuqori Murg’ob daryosi bo’yida tog’li o’lkada yoshlik vaqtida mamluk bo’lgan. Asli Afg’onistondagi garchogiylardan bo’lgan anushtegin turkiy qavmlardan hisoblanmish o’g’izlarning bekdili urug’i vakili edi.
U saljuq amiri Izaddin Bilgategin tomonidan mamluk sifatida sotib olinadi va sulton Mulikshox davriga kelib, saroyda eng nufuzli mansablardan biri – toshdor vazifasiga ma’qul ko’riladi.
Malikshox Anushteginni saljuqlar qo’l ostida bo’lgan xorazmga mutasarrif vazifasiga tayinlaydi va unga Xorazm shixni unvonini beradi. Mutasarrifning vazifasi shu hududdan sulton g’aznasi uchun yig’iladigan soliqlarni nazorat qilishdan iborat edi.
Ammo Anushtegin Xorazmning to’laqonli hukmdori emasdi. Sababi, bu paytda xorazmning bir qator hududlari bo’lg’usi buyuk sulton Sanjarning o’g’li Malikshoxning yana bir boshqa mamlugi Ekinji ibn Qo’chqor ilkida edi.
Saljuqlar sultoni Berkaruk xukmronligi davrida (1094 – 1104 yillar) saltanatning sharqidagi bir qancha viloyatlar Xuroson amiri Dadabek Habashiy ibn Oltintosh qo’l ostida bo’lgan. U 1097 yilda saljuq amirlari orasida o’zaro ixtiloflardan foydalanib, bir muddat markaziy hokimiyatdan yuz o’girib, bir qadar mustaqilligini tiklab oladi. Aynan shu yili Anushtegin vafot etib, uning o’rniga o’g’li Qutbiddin Muhammad Xorazmga valiy etib tayinlanadi. Sal o’tmay Qutbiddin Muhammad xorazmshox rutbasini oladi va anushteginiylarnig mustaqil sulolasi huqmronligiga asos soladi.
1100 yilda Berkaruk va uning akasi Sanjar amir Dadabek Xabashiyni tor – mor qiladilar va Qutbiddin Muhammadni to’laqonli Xorazm huqmdori sifatida e’tirof etadilar.
Qutbiddin Muhammad saljuqlar saltanati poytaxti Marvda tahsil olgan, diniy va dunyoviy ilimlardan bahobar kishi edi. Shu bois Xorazm huqmdori bo’lgach, saroyga ilm va san’at axlini to’playdi va ularga muruvvat ko’rsatadi.
Qutbiddin Muhammad garchi saljuqlarga rasman tobe, ularga har yili ma’lum miqdorda o’lpon to’lasa-da, ayni paytda saljuqlarning boshqa yurtlarga yurishlarida ham ishtirok etardi. 1118 yilda sulton Sanjar Qutbiddin Muhammadni qorahoniylar hukmdori Muhammad Arslonshoxga qarshi birgalikda yurishga jalb qilgan. Shu zafarli yurishdan so’ng u o’z nomiga podshox rutbasini ham qo’shib oladi.
Qutbiddin Muhammad xorazmga o’ttiz yil – toki 1127 yilgacha huqmdorlik qiladi. Vafotidan so’ng taxtga o’g’li Jaloliddin Otsiz o’tiradi
Jaloliddin Otsiz 29 yoshida taxtiga o’tirgan. U ham otasi kabi Marvdagi mashxur madrasalarda tahsil olgandi. Uning nazmiy iqtidori ham bo’lib, fors tilida go’zal qasida va sherlar ham yozgan.
Ammo zamon tinch emasdi. Saljuqlar saltanatida tez-tez isyonlar, qo’shni davlatlar bilan urushlar bo’lib turardi. Jaloliddin Otsiz ana shunday yurishlarda hamisha sulton sanjar qatida bo’lgan.
1130 yilda o’ziga tobelikdan chiqishga urungan Samarqand huqumdori Arslonshox ustiga qo’shin tortadi. Buxoraga yetib kelganida qo’l ostidagi g’ulom va xizmatkorlari uni o’ldirish rejasini tuzadilar. Buyuk sulton Sanjarning hayoti qil ustida qolgan, uni har tomondan fitnakor g’ulomlari o’rab olgan paytda kutilmaganda Jaloliddin otsiz yetib keladi va sultonni muqarrar o’limdan qutqaradi. Tarixchilar qayd qilishlaricha, sultonga uyushtirilgan fitnani Otsiz tushida ko’rgan ekan.
1132 yil 26 mayda sulton Sanjar va uning jiyani Mas’ud ibn Muhammad Topar o’rtasida ro’y bergan jangda Otsiz sulton qo’shinining so’l qanotiga qo’mondonlik qilgan. Yoki 1135 yil sulton Sanjarga qarshi isyon ko’targan g’aznaviy Baxramshoxga qarshi yurishda ham Otsiz asosiy qo’mondonlardan birisi bo’lgan.
Otsiz bedin qavmlar ilkida bo’lgan Bajand hududlarini bosib olish va Xorazm tarkibiga kiritish uchun yurushlar uyushtirgan. Bu esa sulton Sanjarga yoqmagan va Xorazmga katta qo’shin bilan yurish qilgan. Xozarasp qal’asidagi jang vaqtida Otsizning sevimli o’g’li Otliq haloq bo’ladi. Otsiz sultonga tobelikni yana bo’yniga oladi, ammo qo’shin Xorazmdan yiroqlashishi bilan yana mustaqilliq da’vosini ko’tarib chiqadi.
Jaloliddin Otsiz 1139 yilda Jurjonga qo’shin tortadi. Va shu yili saljuqlar qo’l ostida bo’lgan Buxoroni katta qo’shin bilan ishg’ol qilib, o’z davlati tarkibiga kiritadi. 1141 yilda Sarahsni, bir yildan keyin Nishopurni ham bosib oladi.
Qo’l ostidagi vassalining bu ishlaridan jahli chiqqan sulton Sanjar 1143-44 yillarda katta qo’shin bilan yurish qiladi. Yana o’rtada o’zaro sulh shartnomasi tuziladi va sulton ortiga qaytib ketadi. Ammo saltanat dag’dag’asi bilan yonayotgan Otsiz 1147 yilda yana Bajandni bosib oladi. Bu esa sulton Sanjarning uchunchi marta Xorazmga qo’shin tortishiga sabab bo’ladi.
1152 yilda Otsiz nafaqat Bajand, balki uning atrofidagi bir qator mulklarni o’z qo’l ostiga kiritadi.
1156 yilda qoraxoniy sulton Maxmudjon iltimosiga ko’ra katta qo’shin bilan Shahristonga yurish uyushtiradi
1156 yil 30 iyul kuni o’g’izlar ustiga qo’shin tortib borayotganida Otsiz miyasiga qon quyilishidan vafot etadi. O’shanda u 61 yoshida bo’lib, Xorazmni sal kam o’ttiz yil boshqargandi.
Bevaqt vafot etgan Jaloliddin Otsiz o’rniga taxtga o’tirishga ikki o’g’li – El-Arslon va Sulaymonshox da’vogar edilar. El-Arslon o’z raqiblaridan shavqatsiz o’ch oladi. Sulaymonshoxning otabegi o’g’ilbekni va o’z tog’asi Yusufni qatl qildiradi. So’ng ukasi Sulaymonshoxning ko’ziga mil torttiradi. Sulaymonshox uch kundan so’ng o’z joniga qasd qilib, vafot etadi.
El-Arslon raqiblarini yo’q qilib, Xorazm taxtiga o’tirgandan sal o’tmay Bajand va Mang’ishloqqa xarbiy yurish qilib, u yerda yashaydigan qavmlarni o’z mulkiga qo’shib oladi.
Bundan tashqari, Xuroson mulkiga yetti martadan ko’proq xarbiy yurishlar uyushtiradi…
1172 yilda El-Arslon qorahoniylar bilan jangda yengilib, poytaxt Gurganchga qaytadi va ko’p o’tmay mag’lubiyat alamidan olamdan o’tadi. Uning qonuniy vorisi – katta o’g’li Oloviddin Takash bu paytda Bajand hokimi edi. Ammo xorazmshoxning xotinlaridan biri boshqa o’g’li Sultonshoxni valiahd deb e’lon qilib, uni taxtga o’tqazadi va Takashga kelib, yangi hukmdorga bo’yinsunishi keragi haqida chopar yuboradi. Oloviddin Takash Gurganchga kelmaydi, balki qoraxitoylardan madad olish uchun Qoraqurumga ketadi va shu yili qish oyida qoraxitoylar ko’magida Gurganchni qo’lga kiritadi. Sultonshox taxtni tashlab qochadi va u ham akasi kabi qoraxitoylardan ko’mak so’raydi. Qoraxitoylar qo’shini yana qayta Gurganchni qamal qiladi. Qudratli qo’shinga bas kelishi qiyinligini bilgan Oloviddin Takash Amudaryoni bir necha joyidan to’sdiradi va katta hududlarni suvga bostiradi…
Oloviddin Takash va ukasi Sultonshox o’rtasida taxt talashish 1180 yilgacha - Sultonshox vafotigacha davom qiladi…
…Yuqorida keltirilgan holatlar az-Zamaxshariy yashagan davrda yurtning qay axvolda ekanligini ko’rsatadi. Taxtga mustaxkam o’tirishning yagona chorasi sifatida qo’shni hududlarga yurishni tanlagan huqmdorlar deyarli har yili urushu mojarolar girdobida bo’lishgan. Az-zamaxshariy bevosita uch xorazmshox – Anushtegin, Qutbiddin Muhammad va Otsiz davrida yashagan. Keyingi davrni berishimizdan maqsad, u zotning farzandlariga ham yashash oson kechmaganini eslatish, xolos.
Urush – o’z nomi bilan urush! Urushda minglab yigitlar bevaqt ajal topadilar. Bu navkarlar shu yurtning farzandlari. Demak har yili minglab xonadonlarda onalar o’g’illariga aza ochishadi… Yurushlardan oldin raiyatdan soliqlar undiriladi…
Shunday dolg’ali – urush-savashlar girdobida qolgan yurtda yashash – tirikchilik o’tkazish osonmi?
Bandasi har qanday musibatga va hatto boshida qilich yalang’ochlab turgan urushga ham ko’nikishga majbur, deyishadi. Ammo taqdirga shunday zamonlarda yashash yozilgan bandalarga oson tutmang!
Ularni qalbidagi allohga bo’lgan iymon, Yaratganning qazoi qadariga rozi bo’lishdek e’tiqod hamisha asragan.
Download 18,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish