Osmon jisimlari koinot haqida tushuncha. 103-Fazliddinov Sayidumarxon
1)Koinot haqida tushuncha.
2)Quyosh sistemasi.
3)Quyosh sistemasidagi sayyoralar haqida ma’lumot.
KOINOT haqida tushuncha. Koinot Mavjud hamma narsani qamrab oladigan makon va vaqt, ya'ni barcha turdagi moddalar, sayyoralar, energiya, yorug'lik, yulduzlar, sun'iy yo'ldoshlar, galaktikalar va boshqa osmon jismlari, shu jumladan ularni boshqaradigan qonunlar va fizik doimiylar. Shuning uchun Koinotni tushuntirish yoki o'lchash qiyin. Katta portilash . Ba'zi astronomlarning fikriga ko'ra, dastlab koinot juda zich materiyaning qattiq to'plami edi. Va keyin, taxminan 15 milliard yil oldin, bu narsa katta portlash orqali sodir bo’ldi. Birlamchi materiya portladi va kengaya boshladi. Ko'p vaqt o’tgandan so’ng bu issiq gazlar bulutidan yulduzlar va galaktikalar paydo bo'ldi. Galaktikalar bugungi kungacha bir-biridan uzoqlashib bormoqda.Markazdan har tomonga uzoqlashib borayotgan zarachalar orqali Olam kengayishi davom etmoqda. Hatto eng ilg'or astronomik asboblar ham butun koinotni qamrab ololmaydi Koinot haqida qiziqarli faktlar. • Koinotdagi eng katta qora tuynuk N4889 bo'lib, u quyoshdan 20 mlrd. marta katta. Koinot haqida qiziqarli fakt. sanashga kirishsangiz, kamida 3 ming yil kerak bo’ladi. Quyosh tizimi. Quyosh tizmi, Quyosh sistemasi — Quyoshning gravitatsion taʼsir maydoni ichida harakatlanuvchi osmon jismlari (Quyosh, sayyoralar, sayyoralarning yoʻldoshlari, kichik sayyoralar, kometalar, kosmik changlar) majmui. Quyosh tizimi chegarasining koʻrinma oʻlchami Pluton orbitasi (taxminan 40 a.b., q. Astronomik birlik) bilan aniqlansada, ammo uning haqiqiy chegarasi eng yaqin yulduzgacha (230 ming a.b. gacha) boʻlishi mumkin. Quyosh tizimining uzoq tashqi sohalari haqidagi maʼlumotlar Quyoshga yaqinlashuvchi uzun davrli kometalar va shu sistemani qoplagan kosmik changlarni kuzatishdan olinadi. Quyosh tizimi hududidagi har qanday jism ham Quyosh tizimiga kiravermaydi. Quyoshning taʼsir doirasidagi har bir jismning Quyosh tizimiga kirishi uchun avvalo uning musbat kinetik va manfiy potensial energiyalarining yigʻindisi, yaʼni toʻla energiyasi manfiy boʻlishi kerak. Bunda jism Quyoshning tortishish kuchini yenga olmay, Quyosh tizimi doirasida qoladi. Buning uchun Quyosh tizimiga tegishli jismlarga Quyoshning tortishish kuchi taʼsiri boshqa yulduzlarnikiga nisbatan ortiq boʻlishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |