O`smirlik



Download 68,5 Kb.
bet1/3
Sana13.10.2022
Hajmi68,5 Kb.
#852946
  1   2   3
Bog'liq
BOLALARNING JINSIY TARBIYASI


BOLALARNING JINSIY TARBIYASI
REJA:
1.O`smirlik davri xususiyatlari.
2.O`smir jinsiy tarbiyasi.
3.Maktab o`quvchilari orasida jinsiy tarbiya.
4.Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning tibbiy muammolari. Qiz bola organizmi xususiyatlari
5.Nikohlarni biologik moslik asosida tuzilishining ahamiyati.
6.Rejalashtirilmagan homiladorlikning oldini olishning ahamiyati va usullari (Kontrasepsiya).
7.Sun`iy abortning ayol sog`lig`iga zarari.

O`smirlik davri xususiyatlari.


O`smirlik - bolalikdan yigitlikka o`tish davri bo`lib, 15-18 yoshlarni o`z ichiga oladi. Bu davr anatomik-fizologik, psixologik va tibbiy jihatdan o`ziga xos xususiyatlarga ega.Odam hayotining mazkur bosqichida yoshlarning jismoniy va psixik rivoji sezilarli darajada tezlashadi, hayotdagi turli masalalarga e`tibori, qiziqishi kuchayadi, fikrlash doirasi kengayadi, fe`l-atvori shakllana boshlaydi.
O`smirlik-balog`atga yetish davri bo`lib, o`ziga xos sezgilar, xislar, tuyg`ular va oilaviy hayotga taaluqli chigal masalalar uning fikru-hayolini, vaqtini talaygina qismini band etadi.
Bular ta`sirida o`smirning atrofdagi kishilar bilan muomulasi, jamiyatda sodir bo`layotgan voqealarga munosabati tez o`zgarib turadi.Ba`zan ayrim ijtimoiy masalalar to`g`risida o`smirda noto`g`ri tasavvur, yanglish fikrlar paydo bo`lishi tufayli, u oilada, o`qish va ish joyida o`rnatilgan muayyan tartib-qoidalarga tanqidiy ko`z bilan qaraydi.Bu esa hayotdagi ba`zi masalalarni talqin qilishda ota-ona, o`qituvchilar bilan o`smir o`rtasida turli anglashilmovchiliklarga sabab bo`ladi. Shu bois, o`smirlik davri ota-ona, o`qituvchilar, jamoatchilik uchun ham, yoshlarning o`zi uchun ham eng murakkab davr hisoblanadi.
O`smir jinsiy tarbiyasi.
Oilaviy hayot qurishga taaluqli muammolar o`smir fikru-hayolining talaygina qismini egallaydi. U mazkur masalalar bo`yicha o`zini qoniqtiradigan mazmunda ma`lumot olishga intiladi, lekin bu haqda ota-ona, o`qituvchi va yoshi ulug`larga murojaat qilishga jur`at qilmaydi. Shuning uchun bunday ma`lumotlarni u o`zidan sal yoshi kattaroq o`rtoqlaridan so`rab bilishga majbur bo`ladi.Afsuski, ulardan olingan ma`lumotlar o`smirda noto`g`ri tasavvurlar va yanglish fikrlarni yuzaga keltiradi. Oqibatda o`smir qaltis, zararli harakatga yo`l qo`yishi mumkin.Ba`zan bu xato, adashuv o`smir uchun juda qimmatga tushadi, hayotini izidan chiqaradi.
Shuning uchun jinsiy tarbiya, oilaviy hayot, ro`zg`or yumishlari masalalari bo`yicha tarbiyaviy ishlar bolalarning yoshligidan, ya`ni o`smirlik davridan ancha oldinroq boshlanishi lozim.
Ushbu tarbiyaviy ishlar taxminan quyidagi tartibda olib borilishi mumkin:
1.O`gil va qiz bolalar o`rtasida jinsiy-ahloqiy munosabatlarni shakllantirish;
2.Ularda o`zaro hurmat, beg`araz do`stlik, samimiy hamkorlik, his-tuyg`ularini vujudga keltirish;
3.O`gil va qiz bolalar organizmining o`sish-rivojlanish xususiyatlari to`g`risida, har ikkala jinsdagi bolalarda ilmiy tushuncha hosil qilish;
4.Oilaviy hayotning ijtimoiy-psixologik jihatlari, ro`zg`or yumishlari bo`yicha bolalarda to`liq tasavvur hosil qilish kabilar.
Maktab o`quvchilari orasida jinsiy tarbiya.
Oilaviy hayot, ro`zg`or yumishlari, jinsiy tarbiya masalalari bo`yicha maktabda o`quvchilar bilan kim shug`ullanishi kerak degan savolga ko`pchilik olimlar, tibbiyot, ta`lim, ma`naviy-ma`rifiy va madaniyat sohalari mutaxassislarining fikricha, asosan sinf rahbari, shuningdek, deyarli hamma fan o`qituvchilari shug`ullanishi lozim. Jumladan: Har bir fan o`qituvchisi dars vaqtida temaning mazmuniga qarab, jinsiy tarbiya masalalarini yoritishga e`tibor berishi zarur. Masalan, biologiya fanlari darslarida o`gil va qiz bolalar organizmining rivojlanish xususiyatlaridagi farq, adabiyot va tarix fanlari darslarida o`g`il va qiz bolalarning bir-biriga samimiy munosabati, sevgi va o`zaro hurmat, do`stlik va fidokorlik haqida bahs, mehnat darslarida o`g`il va qiz bolalarga ovqat tayyorlash, uyni yig`ishtirish, kir yuvish va dazmol qilish, yosh bolani parvarishlash, ozodalik va obodonlashtirish kabi ro`zg`or ishlarini o`rgatish lozim.Shunda o`gil va qiz bolalar oilaviy turmushning murakkabligini, ro`zg`or yumishlarini erkak va ayol birgalikda, hamkorlikda bajarishlari, ular bir-birlariga g`amxo`r, jonkuyar, ehtiyotkor bo`lishlari lozimligi to`g`risida barvaqt tasavvurga ega bo`ladilar.
Jinsiy tarbiyaning mazmuni bolaning yoshiga qarab o`zgarib boradi. Jumladan:
- boshlang`ich sinflarda jinsiy tarbiyaning asosiy maqsadi qiz va o`g`il bola organizmining o`ziga xos xususiyatlari, uning normal rivojlanishini ta`minlash va shaxsiy gigiyenaga doir tushunchalar, ya`ni kun tartibiga rioya qilish, ovqatlanish qoidalari, pokizalik, parta-stol va stulda to`g`ri o`tirish, o`qish va yozish gigiyenasi kabi masalalar bo`yicha bolalarda tushuncha hosil qilish;
- o`rta sinflarda 11-13 yoshlik qiz bolalarga xotin-qizlar gigiyenasi bo`yicha maxsus bilim berish talab etiladi.Shu yoshdagi o`g`il bolalarga popiros chekish, nos otish, spirtli ichimliklarning odam organizmiga hamda kelajak avlod sog`lig`iga zarari to`g`risida ma`lumot beriladi;
- yuqori sinf o`quvchilariga o`smirlik davrida organizmda yuzaga keladigan fiziologik va psixologik o`zgarishlar, qiz va yigit o`zaro munosabatlarining madaniy shakllanishi (samimiy sevgi, do`stlik, o`zaro hurmat), oilaviy turmush qurish yoshi, oilaviy hayotning mazmuni va maqsadi, oilaviy turmushning iqtisodiy, ijtimoiy-gigiyenik muammolari va murakkabliklar to`g`risida batafsil tushuncha beriladi. Bunda suhbat o`g`il va qiz o`smirlar bilan alohida o`tkazilishi lozim.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning tibbiy muammolari.
Barcha ilmiy va adabiy manba`larda oila jamiyatning bir bo`lagi, har bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik siyosatini muhim ob`yekti sifatida ta`riflanadi. Oila muammolari bilan asosan sotsiologlar, faylasuflar, demograflar, psixologlar, pedagoglar, huquqshunoslar, iqtisodchilar shug`ullanadi.Keyingi yillarda oila muammolariga tibbiy fan vakillari ham e`tibor bera boshladilar. Buning sababi shundaki, oila qurishning asosiy maqsadlaridan biri farzand ko`rish, uni jismonan va ruhan sog`lom qilib, o`stirib-ulg`aytirishdan iboratdir.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-fevraldagi 46-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sog`lom avlod” Davlat dasturini bajarishga doir ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish Respublika komissiyasining 2000-yil 24-fevraldagi Majlisi yig`ilishida balog`at yoshiga yetgan yigit-qizlarni maktabdayoq oilaviy hayotga tibbiy, jismoniy, psixologik, ijtimoiy jihatdan tayyorlashni yo`lga qo`yish, ayniqsa, qizlar sog`lig`ini yaxshilash masalasiga e`tiborni kuchaytirish, alohida ta`kidlangan.
Qiz bola organizmi xususiyatlari.
Tabiiyki, ayol va ona, bolalikdan boshlanadi.Bo`lajak ona va uning bo`lajak farzandlari jismonan va aqlan barkamol bo`lishi uchun, qiz bola sog`lom tug`ilishi va sog`lom voyaga yetishi kerak.
Qiz bolada balog`atga yetish jarayoni o`g`il bolaga nisbatan ancha murakkab kechadi.Chunonchi, bo`lajak ayol organizmining jinsiy jihatdan shakllanishi, aniqrog`i, ayol uchun eng muhim a`zo hisoblangan tuxumdonning rivojlanishi, qizning onasi qornida homilalik davridan boshlanib, tug`ilgandan so`ng, to balog`atga yetish (18 yosh) davrigacha davom etadi. Shu davr mobaynida qiz bola organizmi bir qator ijtimoiy va tibbiy muammolarga duch kelishi mumkin. Binobarin, qiz bola (homila) o`z onasi bachadonida rivojlanishi davrida, uning uchun ona organizmi tashqi muhit hisoblanadi. Demak, ona organizmida ro`y beradigan har qanday g`ayri-tabiiy o`zgarishlar, noqulayliklar, ya`ni homilador ayol ovqatining sifatisizligi, yashash va mehnat qilish sharoitini noqulayligi, kasalliklari va ulardan davolanish maqsadida qabul qilgan kimyoviy dorilar homilaga turli darajada zararli ta`sir ko`rsatadi.
Tibbiyot fanining keyingi yillardagi tadqiqotlaridan shu narsa ma`lum bo`ldiki, agar tashqi muhitning zararli faktorlari ayol organizmiga homiladorlikning birinchi ikki oyida ta`sir qilsa, homila tanasi va a`zolari (yurak-tomir, nafas, me`da-ichak, siydik chiqarish va jinsiy a`zolari) ning ayrim qismlarini shakllanishi buzilib, tug`ma norasoliklar (poroklar) paydo bo`ladi. Agar tashqi muhitning zararli faktorlari homiladorlikning ikki oyligidan keyin ta`sir qilsa, homila tanasi va a`zolarida tug`ma norasoliklar (poroklar) yuzaga kelmaydi, ammo uning ayrim a`zolarining funksiyasi buzilishi mumkin.
Ta`kidlash lozimki, qiz homilaning ona qornida rivojlanish davrida ham, tug`ilgandan keyingi o`sish-ulg`ayish davrida ham, uning tuxumdoni boshqa barcha a`zolarga nisbatan juda nozik va tashqi muhitning noqulay ta`sirlariga eng beriluvchan bo`ladi.Qiz homilaning rivojlanish davrida yoki tug`ilganidan keyin o`sish va ulg`ayish davrida uning tuxumdonini kasallanishi (yallig`lanishi), qiz balog`atga yetganida hayz ko`rishini buzilishiga sabab bo`ladi. Bu qiz ulg`ayib oilaviy turmush qurganida farzand ko`rmasligi mumkin, ya`ni u bepusht bo`ladi. Chunki, kasallangan tuxumdonda follikulalar (tuxum hujayralari)ni yetilish jarayoni buziladi.
Qiz bola tuxumdoniga homilalik davrida va tug`ilgandan keyin zararli ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan tashqi muhit faktorlari juda ko`p va turli-tuman bo`lib, ular 3 guruhga bo`linadi (kimyoviy, fizikaviy, biologik faktorlar):
- kimyoviy faktorlarga ma`lum darajada zaharli ta`sirga ega bo`lgan antibiotiklar (kanamitsin, gentamitsin, streptomitsin, tetratsiklin, levomitsitin kabilar), chiqindilar yonganida tutun tarkibida hosil bo`ladigan zaharli dioksin moddasi, narkotiklar, tamaki tutuni tarkibidagi nikotin karbonat angidridi va boshqa moddalar kiradi.Bu moddalar qizning homilalik davrida, uning onasi organizmiga, tug`ilgandan keyin esa o`zining organizmiga ta`sir qilishi va qiz tuxumdonini zararlashi mumkin;
- fizikaviy faktorlarga elektr asboblarini uzoq muddat qo`llaganda, ulardan ajraladigan nurlar, o`ta kuchli quyosh nuri, zah va nam joyda uzoq muddat bo`lish tufayli qiz bola tuxumdoni zararlanishi va yallig`lanishi mumkin;
- biologik faktorlarga mikrob, virus, zamburig`lar yuqishi tufayli yuzaga keladigan OITS (SPID), gripp, angina (tonzillit), nizomiq, tepki, yuqumli gepatitning B,C turlari, sil, brutsellyoz kabi kasalliklar bilan qiz bola xastalanganda, uning tuxumdoni ham yallig`lanishi (zararlanishi) mumkin.
Qiz bolaning kundalik hayotda ko`p uchraydigan angina kasalligi bilan tez-tez xastalanishi, davolanish tadbirlarini esa me`yorida o`tkazilmasligi natijasida, uning asorati sifatida surunkali tonzollit kasalligi vujudga keladi.Bu esa infeksiyaning tomoqdagi doimiy manbai sifatida bo`lajak ayol va ona uchun eng muhim hisoblangan tuxumdonning, shuningdek, yurak muskulini, buyraklarni yallig`lanishiga sabab bo`ladi.
Nikohlarni biologik moslik asosida tuzilishining ahamiyati.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 15 fevraldagi 46-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sog`lom avlod” Davlat dasturini bajarishga doir ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish Respublika komissiyasining 2000 yil 24-fevraldagi majlisida mazkur dasturni ijro etish jarayonida birlamchi e`tibor yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashni yo`lga qo`yish zarurligi qayd etilgan.
Shu nuqtai nazardan yoshlar o`rtasida sog`lom oila tushunchasini targ`ib etish, jumladan, bo`lajak kelin-kuyov bir-biriga biologik jihatdan mos bo`lishlari muhimligini oldindan bilishlari lozimligi alohida ahamiyatga ega.
Tibbiy genetika va immunologiya fanlarining rivojlanishi natijasida antigen, antitela, immunologik reaktivlik haqidagi tushunchalar kengaydi.
Ona va homila organizmlarining biologik-immunologik nomosligi oqibatida homiladorlik toksikozi, homila rivojlanishining buzilishi, homila a`zolari tuzilishida turli xil norasoliklar (poroklar) yuzaga kelishi, hatto homila va chaqaloqning hayoti xavf ostida qolishi holatlari sodir bo`lishi mumkinligi, ilmiy tadqiqotlar va kuzatuvlar natijasida ma`lum bo`ldi.
Homila nasl belgilarini 50 foizini onadan, 50 foizini esa otadan oladi.Shuning uchun ona va homila qonining eritrotsitlari, leykotsitlari, trombitsitlari tarkibidagi antigenlar bir-biridan farq qiladi. Shu bois, ona va homila organizmlari o`rtasida biologik nomoslik reaksiyasi vujudga keladi.Bu reaksiya ayrim homilador va homilada yengil, ayrimlarida esa og`ir o`tishi mumkin. Ayol homilador bo`lganida ma`lum vaqt davomida o`zini nohush his etishi, ya`ni homiladorlik toksikozi, ona va homila organizmlari o`rtasida yuqorida aytilgan biologik nomoslikning ko`rinishlaridir.
Bo`lajak kelin va kuyovning bir-biriga biologik mosligi deganda, ular qonining rezus (Rh) omili va qon guruhlari mos bo`lishi, yoki aksincha mos bo`lmasligi, tushuniladi.
Ayniqsa, ota qoni rezus musbat, ona qoni rezus manfiy bo`lsa, homilada gemolitik kasallikning og`ir shakli vujudga keladi.
Bo`lajak kelin va kuyovning biologik moslikning yana bir sharti, bo`lajak kelin-kuyov qon guruhining bir-biriga mos bo`lishidir. Ularning har ikkalasida ham bir xil qon guruhi bo`lishi, eng yaxshi biologik moslik hisoblanadi, ya`ni O(I)-O(I), A (II)-A(II), B(III)-B(III), AB(IV), yoki bo`lajak kelin qon guruhi qanday bo`lishidan qat`iy nazar, bo`lajak kuyov qonining O(I) guruhli bo`lishi maqsadga muvofiq.Bunda homila qon guruhini ota naslidan olgan taqdirda, uning qon guruhi O(I) bo`ladi.Demak, ona qon guruhi qanday bo`lishidan qat`iy nazar, homila va ona qoni antigenlari o`rtasida nomoslik ro`y bermaydi, ya`ni homilada gemolitik kasallik yuzaga kelishini oldi olinadi. Chunki, homilaning otadan olgan O(I) guruh qoni, onasining qon guruhi qanday bo`lishidan qat`iy nazar homila va ona organizmlari orasida biologik nomoslikni yuzaga keltirmaydi.
Kelin-kuyov, ya`ni bo`lajak ota-ona qon guruhi va rezus omili bir-biriga mos bo`lmagan hollarda, birinchi farzandda gemolitik kasallik vujudga kelmasligi mumkin, ya`ni chaqaloq sog` tug`ilishi mumkin.Chunki, homila qoni va ona qoni bir-biriga mos bo`lmasa ham, birinchi homila qonining antigenlariga qarshi, ona qonida ko`p miqdorda antitelalar hosil bo`lib ulgurmaydi. Ona qonida homila qoniga qarshi hosil bo`lgan oz miqdordagi antitelalar esa yo`ldoshning “Biologik bar`yerlik” xususiyati yordamida homila qoniga o`tkazilmaydi. Ayrim hollarda ona qonining oz miqdordagi antitelalari yo`ldoshning “bar`yerlik” to`sig`ini yengib o`tganda ham, bu antitelalar miqdori kam bo`lgani uchun, homilada gemolitik kasallikning yengil shakli yuzaga keladi holos. Bu esa homilaning va bo`lajak chaqaloqning sog`lig`iga unchalik zarar yetkiza olmaydi. Shu bois, er va xotin qoni biologik mos bo`lmagan hollarda, oilaning birinchi bolasini saqlab qolishga barcha imkoniyatlarni safarbar etish lozim.
Chunki, bu ayolning keyingi homiladorliklarida uning qonida o`z homilasi qoniga qarshi hosil bo`ladigan antitelalar miqdori tabora ko`payib boradi va homilada (chaqaloqda) gemolitik kasallikni vujudga kelish xavfi kuchaya boradi.
Gemolitik kasallikning og`ir shaklida homila ketma-ket tushadi.Muddatiga yetib tug`ilgan chaqaloqning terisi, ko`zlarining oq pardasi sariq rangda, jigar, talog` kattalashgan, umumiy ahvoli og`ir bo`ladi. Chaqaloq qonini almashtirish yordamida chaqaloq hayoti saqlab qolinishi mumkin. Ammo, kelajakda bola jismoniy, ayniqsa, aqliy jihatdan nogiron bo`ladi. Chunki, ona qonining antitelalari ta`sirida homila qoni eritrositlarini parchalanishidan hosil bo`lgan va o`ta zaharli hisoblangan bilurubin moddasi, homila bosh miyasi nerv hujayralarini zaharlab, bilirubin ensefalopatiyasi deb nomlangan og`ir kasallik holatini vujudga keltiradi. Bilirubin ensefalopatiyasining yengil shaklida bolaning yoshligida kasallik belgilari unchalik sezilmasligi mumkin, ammo kelajakda uning aqliy qobiliyatiga salbiy ta`sir etishi muqarrar. Maktabda fanlarni o`zlashtira olmaydigan o`quvchilarning ma`lum qismini ana shu bolalar tashkil etishi ehtimoldan holi emas.
Yuqorida aytilganlardan ko`rinib turibdiki, bo`lajak kelin-kuyovlar o`zlarining bo`lg`usi farzandilarini jismoniy va aqliy jihatdan barkamol bo`lishini istasalar, biologik moslik qoidalarini bilishlari va nikohdan o`tishdan avval, mazkur qoida talabalariga amal qilishlari maqsadga muvofiq bo`lar edi.
Rejalashtirilmagan homiladorlikni oldini olishning ahamiyati va usullari (Kontrasepsiya).
Ahamiyati. Rejalashtirilmagan homiladorlikni oldini olish tibbiy-ijtimoiy masala hisoblanadi. Millatning ravnaqi uning soni bilan emas, balki sifati bilan belgilanadi.Islom dinining muqaddas kitoblarida tug`iladigan farzandlar bir-birlari bilan 3 yilda yuz ko`rishsinlar deyilgan. Eron Islom respublikasida 1986 yildan boshlab tug`ishni rejalashtirish to`g`risidagi davlat dasturiga amal qilinayotgani ilmiy-ommabop manbalardan ma`lum.
Sobiq ittifoq davrida bu masala shu qadar tartibsiz ahvolga tushgandiki, ko`pchilik ayollar bir yilning o`zida 2 marta homilador bo`lib, birini tug`adigan, ikkinchisini sun`iy abort qildiradigan va o`z jonini azobga qo`yadigan, kasalmand bo`lib qoladigan ayollar soni ko`payib ketgandi.
Tez-tez tug`ish yoki homilani sun`iy abort yo`li bilan oldirish, ayol organizmini charchatadi, kuchsizlantiradi, uning kamqonlik va jinsiy a`zolarini yallig`lanish kasalliklari bilan xastalanishiga sabab bo`ladi.
Ayollar sog`lig`ini muhofaza qilish maqsadida keyingi yillarda oilani rejalashtirish insoniyat taraqqiyotining eng dolzarb muammolaridan biriga aylandi.
Rejalashtirilmagan homiladorlikni oldini olishning qo`yidagi usullari jahon mamlakatlari tajribasiga asoslangan bo`lib, ular ayol sog`lig`ini ham, bo`lg`usi homila sog`lig`ini ham muhofaza qilishga qaratilgan.
Rejalashtirilmagan homiladorlikning oldini olish usullari.
Biologik usullar:

Download 68,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish