O’smirlik davrida “Men” siymosining xususiyatlari



Download 0,92 Mb.
bet3/3
Sana16.02.2023
Hajmi0,92 Mb.
#912086
1   2   3
Bog'liq
slayd. to\'lg\'onoy

Bob bo’yicha xulosa


Intellektual qobiliyat ijodiy faoliyat natijasida yaratiladi. Notanish vaziyatlar va yangi taassurotlar ko‘p narsalarni o‘rgatish mumkin. Miya biron bir notanish narsaga duch kelsa, u yangi neyronli yo‘llar yaratadi. Takrorlashda ular mustahkamlanadi va bizda yangi malakalar ishlab chiqariladi.
Bugungi kunda ilmiy, uslubiy adabiyotlarda «ijod», «ijodkorlik» kabi atamalarni uchratib qolmoqdamiz. Bu atamalarning adabiyotlar sahifalarida paydo bo‘lganligi bejiz emas. «Ijod» so‘zining lug‘aviy ma’nosi: «yaratish», «yangilikni kashf etish» so‘zlariga monand keladi. Ijodkorlik - faoliyatning turli holatlarida paydo bo‘ladi. Qiziqish ilhom, intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo‘lishidan, namoyon bo‘lishigacha jarayonini o‘z ichiga oladi. Shaxsda faoliyat ehtiyoji faoliyatda yangi ilgari maqsad qilib qo‘yilmagan, hal etuvchi vosita bo‘lib hisoblanmagan intilishdir.
Oddiy qilib aytganda, o‘quvchilarni o‘qitish paytida individual yondashuv bilan fikrlash yanada samaraliroq bo‘ladi. Boshqa tomondan, bolaning ta’lim darajasini oshirish uchun aqliy rivojlanishi kerak. Aytgancha, ko‘plab o‘qituvchilar ta’lim qobiliyati bolaning aql-zakovati darajasiga bog‘liq deb hisoblaydilar. Ya’ni, agar daraja past bo‘lsa, qancha bola o‘rgatmasa, u hali biror narsa o‘rganmaydi. Bu gap mutlaqo noto‘g‘ri.

Umumiy xulosa


Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, kichik maktab davrining so‘ngiga qadar o‘quv ishlaridagi qiyinchiliklarni yengishga nisbatan qiziqish yuzaga kelmaydi (bu holat ko‘pincha o‘qituvchilarning o‘zlari tomonidan amalga oshiriladi, ya’ni aksariyat hollarda o‘quvchining qiyinchiliklarni yengishga harakati emas, balki natija baholanadi). Bularning barchasi kichik maktab yoshida qiziqishlarning yetarli darajada rivojlanmaganligi bomib, ba’zan o‘qishga nisbatan yuzaki munosabatni keltirib chiqarishi mumkin.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilardagi motivlarning umumiy dinamikasiga nazar tashlansa, quyidagilarni ko‘rish mumkin: kichik maktab davrining boshida maktabda bomishning tashqi jihatlariga (partada o‘tirish, forma kiyish portfel ko‘tarish va h.k.), so‘ngra birinchi o‘quv mehnati natijalariga (birinchi bor harf va sonlarni yoza olishlariga, o‘qituvchining bahosiga), keyinchalik, jarayonning o‘ziga, o‘qishning mazmuniga va shundan so‘nggina bilimlarni olish yo‘llariga qiziqish kuchli bo‘ladi. O‘qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish (2—3-sinflarda) o‘qish mazmunini va bilimlarni egallash yollariga qiziqish bilan mustahkamlanishi zarur. Bunday holda kichik maktab davrining oxirlariga borib, o‘qishga nisbatan motivatsiyaning pasayishi ko‘zga tashlanmaydi. Bilish motivlari quyidagicha o‘zgarib boradi: kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning qiziqishlari alohida bir faktlarga qiziqishdan, qonuniyat va prinsiplarga qiziqishga aylanib boradi.
Oxirgi yillarda o‘tkazilgan psixologik tadbiqotlar kichik maktab yoshining o‘rtalariga borib bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llariga qiziqish yuzaga kelishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Kichik maktab davrida mustaqil ta’lim motivlari ham yuzaga kelib, lekin ular eng oddiy shaklda — bilimlarni olish qo‘shimcha manbalariga va qo‘shimcha kitoblarni vaqti-vaqti bilan o‘qishga qiziqish bilan yuzaga keladi.
O‘quvchida paydo bomayotgan faxrlanish, o‘z kuchiga ishonch hislari bilimlarni o‘zlashtirish va malakalarni mustahkamlash ishiga xizmat qiladi. Shuning uchun rag‘batlantirish (jazolash) o‘z me’yorida bomgan taqdirdagina uning tarbiyaviy qiymati hamda ta’sirchanligi ortadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar faoliyatini baholash uning o‘qishga nisbatan ijobiy munosabatini tarkib toptiradi. Maktab amaliyotida ko‘pincha bolani og‘zaki baholash odat rusiga kirib qolgan, chunki birinchi sinf o‘quvchisi ana shu baho taassurotida o‘z faoliyatini faollashtiradi. Ijodiy izlanishga harakat qiladi. Hatto o‘quvchi dastlabki davrda “yaxshi” yoki “yomon” bahoning farqiga ham bormaydi, ko‘proq uni nechta baho olganligi qiziqtiradi, xolos. Bu yoshda bola bahoning mohiyatini tushunib yetmasa-da, lekin o‘qituvchining rag‘batlantirishi uning uchun muhim rol o‘ynaydi.

Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning muhim xususiyatlaridan yana bittasi – bu o‘qituvchi shaxsiga nisbatan ishonch hissi va yuksak obro‘ tuyg‘usining mavjudligi. Shuning uchun o‘qituvchi bolaga tarbiyaviy, ta’limiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyati shunday kattaki, uning siymosida aql idrokli, tiyrak, sezgir, mehribon, hatto donishmand inson gavdalanadi. O‘qituvchi siymosida o‘quvchilar ezgu niyati, orzu istagi, istiqboli, ajoyib va g‘aroyib his-tuyg‘ularini ro‘yobga chiqaruvchi kamolot cho‘qqisidagi shaxsni tasavvur qiladilar. O‘qituvchining obro‘si oldida ota-onalar, oilaning boshqa a’zolari, qarindoshurug‘lari, tanish bilishlarining nufuzi keskin pasayadi.
Go‘yoki, borliqning absolyutligi, zakovatning yuksak chuqqisi, odob nazokatning avval boshi o‘qituvchida o‘z ifodasini topgandir. Ana shu sababdan ular o‘qituvchi xulqini muhokama qilishga yo‘l qo‘ymaydilar, uning har bir so‘zini qonun tariqasida qabul qiladilar va bu yo‘lda o‘zlarini haq deb hisoblaydilar. O‘quvchining psixik jihatdan taraqqiy qilishi oqibatida o‘qituvchining mutlaqligiga munosabati biroz o‘zgaradi, buning asosiy sababi unda ongli xatti-harakat ehtiyojining tug‘ilishi hisoblanadi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!


Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish