Osiyo qit’asining geografik o‘rni, chegaralari va siyosiy xaritasi Reja


Osiyo mamlakatlari tabiiy resurslari va aholisi



Download 26,8 Kb.
bet2/5
Sana11.07.2022
Hajmi26,8 Kb.
#776312
1   2   3   4   5
Bog'liq
Osiyo davlatlari

Osiyo mamlakatlari tabiiy resurslari va aholisi
Tabiiy sharoiti va resurslari. Osiyo davlatlarining ko‘pchiligi mineral boyliklar bilan yaxshi ta’minlangan. Jahon neft zaxiralarining 70 %i, gaz- ning 80 % dan ortig‘i, ko‘mirning 50 % dan ko‘pi Osiyoning hissasiga to‘g‘ri keladi. Neft va tabiiy gazga Fors qo‘ltig‘i va uning qirg‘oqlari, Kaspiy dengizi, Turon tekisligi, Janubi-sharqiy Osiyoning dengiz sayozliklari boy. Xitoy, Hindiston, Qozog‘istondagi qadimiy platformalar hududida yirik toshko‘mir, temir, marganes, xrom va turli rangli metall konlari joylashgan. Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida jahonning eng yirik qalayi konlari «qalayi belbog‘i»ni hosil qiladi.
Osiyoda boshqa turdagi tabiiy resurslar (suv, yer, agroiqlimiy) hududiy tarqalishida katta farqlar bor. Suv resurslari bilan yaxshi ta’minlangan hududlar (misol uchun, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari) bilan birga, bepoyon qurg‘oqchil cho‘llar ham bor.
Katta tafovutlar tabiiy namlik, ishlov beriladigan (haydaladigan) yerlar kabi resurslarning taqsimlanishida ham ko‘zga tashlanadi. Osiyodagi ko‘plab davlatlarda yer resurslari (avvalo, ekin maydonlari) yetishmaydi, yirik tog‘ massivlari, qurg‘oqchil cho‘llar keng tarqalganligi, aholi zichligi yuqori bo‘lganligi uchun ishlov beriladigan maydonlar ancha cheklangan. Osiyo hududining katta qismida quyosh tafti, uning issiqlik imkoniyatlari o‘simliklarning vegetatsiya mavsumining uzoq, hatto yil bo‘yi davom etishiga imkon beradi. Ammo tabiiy namlik qit’ada notekis taqsimlangan. Bu holat qadimdan Osiyo mamlakatlarida har tomchi suvdan unumli foydalanishga undagan va bu qit’ani sun’iy sug‘orish dehqonchiligining beshigiga aylantirgan. Tarixiy ma’lumotlar Markaziy Osiyo, Janubiy va Janubi-g‘arbiy Osiyoda sug‘orma dehqonchilik madaniyati 4-5 ming yillar oldin shakllanganini tasdiqlaydi. Yer yuzasidagi barcha sug‘oriladigan yerlarning 3/4 qismi Osiyo mamlakatlarining hissasiga to‘g‘ri keladi. Sug‘oriladigan yerlarning kattaligiga ko‘ra jahonda Xitoy birinchi, Hindiston esa ikkinchi o‘rinda turadi.

Download 26,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish