1999 yil Polshada yangi ta’lim reformasi kuchga kirdi. U o’qitishning tashkiliy tuzilishi va imtihonlar tizimini tubdan o’zgartirdi, o’qituvchilar xizmat pog’onasida o’sishining yangi tizimi va maktablarni moliyalashtirish usullarini kiritdi. 1999 yilgi reformadan avvalgi imtihon tizimi:
Maktab boshlang’ich ta’limidan keyingi imtihon turli voyevodstvalarda har xil differensial holda o’tkazilgan.
Litsey va texnikumlarni bitirish imtihonlari ham voyevodstvalar bosqichida o’tkazilgan.
OTMlari o’rta maktab bitiruvchilari uchun ichki kirish imtihonlarini o’tkazganlar va shu asosda bo’lajak talabalarni qabul qilish haqida qaror qabul qilingan.
Reformaning asosiy tamoyillari:
O’rta va oliy ta’limni keng yoyish; Ilmiy dasturlarning o’zgarishiga ko’ra ta’lim sifatini oshirish.
Boshlang’ich maktab Majburiy bir yillik maktabgacha tayyorgarlik: bog’chada yoki maktabda.
Bolalar 7 yoshdan o’qishni boshlashadi.
O’qish 6 yil davom etadi va imtihon bilan yakunlanadi.
O’qish ikki bosqichda bo’ladi: 1. Birinchi bosqich 1-3-sinflarni qamrab oladi.O’qituvchi o’quv dasturini o’quvchilarning o’zlashtirish imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshiradi.2. Ikkinchi bosqich 4-6-sinflarni o’z ichiga oladi, o’qitilayotgan fanlar an’anaviy va blokli fanlarga bo’linadi. Bunda polyak tili, tarix, matematika, chet tili kabilar an’anaviy o’quv fanlariga, ximiya, biologiya, geografiyani o’zida birlashtiruvchi tabiat fani blokli fanlarga kiradi Dars 45 minut davom etadi. O’quvchi maktabni 6-sinfdan keyin majburiy imtihonlarni topshirish bilan yakunlaydi.
Gimnaziya Ta’lim 3 yil davom etadi.
Gimnaziya 3 bosqichli imtihon topshirish bilan yakunlanadi: gumanitar fanlar bo’yicha, matematika va tabiat bo’yicha, chet tili bo’yicha.
Litsey, texnikumO’rta maktablar ballar limitini e’lon qiladi.O’qish litseyda 3 yil, texnikumda 4 yil davom etadi. Texnikumni tugatgan o’quvchi o’z mutaxassisligi bo’yicha juda murakkab imtihon topshiradi. Litsey bitiruvchisi hech qanday mutaxassislikka ega bo’lmaydi, u faqat OO’YUlarida o’qishni davom ettirish uchun tayyorlanadi, ayrim fanlar chuqur o’rganiladi. Litsey va texnikum yetuklik attestati imtihoni bilan yakunlanadi.
Etuklik attestati imtihonlari quyidagilardan iborat:
Ona.tilidan yozma va og’zaki imtihon;
CHet tilidan imtihon;
O’quvchi o’zi tanlagan fan bo’yicha imtihon.
Imtihondan o’tish uchun 31% ball to’plash kerak.
Imtixon natijalari ma’lum chizmalar bo’yicha hisoblanadi va shunga ko’ra OTMga yo’llanma oladi.
OLIY.TA’LIM O’rta maktab bitiruvchilarini OTMlariga qabul qilish yetuklik attestatida to’plagan ballari asosida amalga oshiriladi.
O’qitish zachet va imtixonlar asosida o’tadi.
OTMda ikki bosqichli ta’lim mavjud:
magistr darajasini olish (5 yil);
yoki litsenziat(3 yil) + magistr darajasi(2-yil).
OO’YUda o’qish diplom ishi himoyasi bilan yakunlanadi.
Texnika OTMlarida injenerlik imtihonlari ham topshiriladi.