Xitoy va Janubiy Korеyadagi oliy ta'lim tizimi
Janubiy Koreyada quyidagi ta’lim muassasalari turlari mavjud: Kollej va universitetlar (xususiy va milliy, davlat tasarrufida); Industrial universitetlar; Pedagogika institutlari; Sirtqi universitetlar; Ochiq universitetlar; Janubiy Koreya ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida bo‘lganidek, oliy ta’lim sohasida ham chuqur islohotlar olib borilgan. Mamlakatda ta’limni isloh qilish va rivojlantirishga oid qabul qilingan qonunlar va meyoriy hujjatlami oliy ta’limni raqobatga tayyorlash, universitet ta’limini rivojlantirishda tadqiqotlar ko'lamini kengaytirish, bitiruv maktab ta’limi va amaliy mutaxassisliklami kuchaytirish, universitetlaming mahalliy sanoat bilan aloqadorligini yaxshilash, sanoat talablariga javob beradigan kasbiy ta’limni rivojlantirish, maktab bilan ishiab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ijtimoiy kam ta’minlangan oilalar va ishchilar uchun kasbiy ta’limni kuchaytirish, oliy ta’lim uchun o‘smirlar imkoniyatlarini yaxshilash, axborot asrida ta’lim boshqaruvi va uni moliyalashtirish xalqaro ta’lim almashinuvini mustahkamlash kabi dolzarb masalalarga katta e’tibor qaratild Bakalavriat. O'qish muddati 4 yil. Talabalar 140-150 kredit soat atrofida tahsil oladilar. Tibbiyot sohasida o‘qish 6 yil davom etadi va 180 kredit soat o'qishadi. O'qish tugagach, bakalavr darajasini olganligi haqidagi diplom beriladi. Tipik yirik koreys universitetlari tarkibida 10 tadan 20 tagacha fakltetlar bor. Fakultetlar amerikacha termin bilan “kollixlar”, ya’ni koreyscha “texak” deb ataladi. Maeistratura. 0 ‘qish muddati 2-3 yil. 0 ‘qish yakunida talabalar dissertatsiya yoqlaydilar. Tibbiyot sohasidagi talabalar Tibbiyot maktabining barcha talablarini bajarib, milliy imtihon topshiradilar. 0 ‘qish yakunida magistrlik darajasi beriladi. Doktorantura. 0 ‘qish muddati 3-4 yil, 0 ‘qish yakunida doktorlik dissertatsiyasi himoya qilinadi, og'zaki yoki sohaga mos imtihon topshiriladi. Hozirgi kunda Janubiy Koreyada 350 oliy o‘quv yurtlari mavjud. Rasmiy holda 0 0 ‘Yuning 5 ta tipi bor
Xitoyda oliy ta’lim tizimi o’z ichiga universitet, kollej va oliy kasbiy maktablami oladi, hamda o’zining nufuziga ko’ra bir necha ierarxik kategoriyalarga bo’linadi. Maktab bitiruv imtixonlarida olingan ballarga ko’ra bitiruvchilar oliy o’quv yurtlarining yuqori yoki quyi toifalariga nomzod bo’la oladilar. Xitoy universitetlariga kirish qat’iy raqobat 78 sharoitida o’tadi: ba’zi universitetlarda bitta o’ringa 200-300 kishi to’g’ri keladi. Xitoyda, xuddi G’arb davlatlaridagi kabi uch bosqichli standart tayyorlov bosqichi mavjud. Bular: bakalvriat - o’qish muddati 4-5 yil. Bu bosqiclini tugatganlar “Bakalavr” maqomi bilan tugallangan oliy ta’lim oladilar. Magistratura - o’qish muddati 2-3 yil. Doktorantura - o’qish muddati 2-3 yil, ba’zan 4 yil. Oliy ta’lim Bolon’ya tizimi asosida tuzilgan, lekin Xitoy bu tizimda ishtirok etmaydi. Aspirantlar uchun taiimning ikki bosqichi mavjud: aspirantura va doktorantura. Aspirantlar va doktorlarga turli talablar qo’yadi. Kandidatlar (nomzodlar)Vatanni sevish, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lishi, bitta chet tilini mukammal bilishi va ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bora olishi lozim. Aspiranturada o’qish muddati 2-3 yil. Doktorlarga talablar hozirgi aspirantlarga qo’yilgan talablardagiday, faqat farqi shundaki. doktorlar ikkita chet tilini bilishlari, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishi lozim. O’qitish shakliga ko’ra aspirantlar ishlab chiqarishdan uzilgan holda va ishlab chiqarishdan uzilmagan holda olib boriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |