Osiyo iqlimi va uni hosil qiluvchii omillar


Osiyo qit’asiga umumiy tavsif



Download 101,26 Kb.
bet2/3
Sana21.06.2022
Hajmi101,26 Kb.
#688949
1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi

1.Osiyo qit’asiga umumiy tavsif
Osiyo — Yer sharidagi eng yirik va eng aholisi koʻp qitʼa boʻlib, shimoliy va sharqiy yarimsharning barcha geografik mintaqalarini oʻz ichiga oladi. Malay arxipelagi qisman janubiy yarimsharga kirib borgan. Osiyoning materikdagi eng chekka nuqtalari shimolda Chelyuskin burni, janubda Piay burni, sharqda Dejnyov burni, gʻarbda Bobo burni hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu qitʼada 4.5 milliard kishi yashaydi va bu koʻrsatkich Yer yuzidagi aholining 60 % ga teng. Osiyo shimoldan Shimoliy Muz okeani, sharqdan Tinch okeani, janubdan Hind okeani, janubiy gʻarbdan Atlantika okeani va bir nechta dengizlar (Oʻrta, Egey, Marmar, Qora, Azov) hamda Kaspiy dengizi bilan oʻralgan. Bering dengizi esa Osiyoni Amerikadan ajratib turadi. Suvaysh boʻyni Osiyoni Afrika bilan tutashtiradi. Yevropa bilan Osiyo chegarasi shartli ravishda Ural va Mugʻojar togʻlarining sharqiy etagidan, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kuma va Manich daryolari boʻylab oʻtadi. Osiyoning maydoni 44,5 million km², shundan 8 million km² maydoni yarim orollar, 2 million km² dan ortiq maydoni orollardir. Osiyo dunyoda mutlaq balandliklari katta farq qiladigan qitʼadir. Dunyodagi eng baland choʻqqi (Himolay togʻlaridagi Jomolungma choʻqqisi, 8848 m), eng chuqur botiqlar, jumladan koʻl boʻlib qolgan botiqlar ham (eng chuqur joyi 1620 m boʻlgan Baykal koʻli, dengiz sathidan 392 m past boʻlgan Oʻlik dengizi), ochiq botiqlar ham (mutlaq balandligi 154 m boʻlgan Turfon soyligi) ushbu qitʼada joylashgan.
1. Osiyo iqlimining o’ziga xos xususiyatlari
Osiyo materigining geografik o’rni, pasttekisliklarga nisbatan tog’larning ko’pligi, quruqlikning juda kata va yaxlitligi iqlim hosil qiluvchi eng muhim omillardir. Osiyoning shimoliy yarim shardagi barcha geografik kengliklarda joylashganligi uning yer yuzasiga quyoshdan keladigan issiqlikning turli miqdorda tushishiga sabab bo’ladi. Chunonchi quyosh radiatsiyasining umumiy miqdori ekvatorda (Malaya arxepelagida) yiliga har km2 maydonga 140-160 kkal ni tashkil etadi, 40o va 50o shimoliy kengliklar oralig’ida esa yiliga har km2 maydonga 100-120 kkal ga teng. Osiyoda ekvatorial, subekvatorial, tropik va subtropikb iqlim mintaqalari to’liq namoyon bo’lgan. Mo’tadil iqlim mintaqasiga faqat Mongoliya va shimoli-sharqiy Xitoyning Rossiyaga chegaradosh bo’lgan hududlari, shuningdek Yapon orollarining shimoliy qismi kiradi. Osiyoning kattagina qismi subtropik mintaqada joylashgan. Bu mintaqa O’rta dengizdan tinch okeanigacha minglab kilometrga cho’zilgan. Osiyo ustidagi havo massalarining sirkulyatsiyasi yuqori hamda past bosimli markazlarining mavsumiy joylashishiga bog’liqdir. Qish vaqtida materik ustidagi atmosfera bosimining eng muhim markazi yer sharidagi iqlimiy markazlarning eng qudratli markazi hisoblangan osiyo (Sibir yoki Markaziy Osiyo) antisiklonidir. Bu antisiklondan hamma tomonga sovuq va quruq kontinental mo’tadil havo tarqalib, bir necha tarmoqlarni hosil qiladi. Bular orasida Eron tomonga esadigan O’rta Osiyo tarmog’i bilan Sharqiy Xitoy tomonga harakat qiladigan janubi-sharqiy tarmoqni aytib o’tish lozim. Materikning janubi sharqida qishda sovuq quruqlik bilan okean o’rtasidagi havo bosimining juda kata farqi vujudga keladi, u quruqlikdan dengizga esuvchi kuchi va yop’nalishi barqaror bo’lgan havo oqimlarining, ya’ni qishki continental mussonning vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Qishki musson sirkulyatsiyasi shimoli-sharqiy Xitoy, Koreya yarim oroli, Sharqiy Xitoy hamda Yapon orollarining bir qismida ro’y beradi. Tinch ikeanining shimoliy qismi (Aluet orollari) ustida qishda Aluet minimumi vujuda keladi. Biroq, u bir qancha sabablarga ko’ra Shimoli-sharqiy Sibirning nisbatan Kamchatkaning sharqiy sohili va Kuril orollari iqlimigagina ta’sir ko’rsatadi.Sibir va Markaziy Osiyo ustida siklon harakatlari zaif bo’ladi.Subtropik mintaqada joylashgan Tibet va Armaniston tog’liklari ustida bu tog’larning baland turishi bilan bog’liq bo’lgan balandlik antisiklonlari tarkib topadi.Bu yerlarda havo yil bo’yi kuchli darajada sovib turadi.Osiyoning O’rta Dengiz bo’ylarida, Arabistoning shimolida, Eron tog’ligining janubi va Panjobda ham ko’pincha bosim yuqori(1015 mi), lekin balandlik antisiklonlaridagiga qaraganda pastroq bo’ladi.Mo’tadil va tropik havolar frontida siklon harakatlari kuchayadi,siklonlar Atlantika okeanidan ko’pincha Himolay tog’larigacha yetib borib yo’lda yog’in tushishiga sabab bo’ladi.Nihoyat, Janubiy Osiyo ustidagi bosim gradiyenti Hind okeani tomonga yo’nalgan;bu yerda havoning passat sirkulyatsiyasi ya’ni qishi(continental) musson vujudga keladi.Yozda atmosfera bosimining joylashishi va u bilan bog’liq bo’lgan havo oqimlari ancha o’zgaradi.Past bosim yoz vaqtida Panjob, Eron tog’ligining janubiy yarmi, Arabiston yarimorolining janubiy va markaziy qismlari ustida joylashadi. Bu past bosim oblasti Old Osiyo depressiyasi nomi bilan mashhurdir.Bu past bosim oblastiga Hind okeanidan nam havo kelib, Hind mussonini hosil qiladi.Hind okeani ustida joylashgan janubiy tropik antisikloni bu mussonni yanada kuchaytiradi. Biroq nam musson shamollari janubiy va janubiy sharqiy Osiyo ustida hukmronlik qiladi, Pokiston va Rajastxanda Arabiston hamda Erondan kontinental havoning depressiyaga tortilishi natijasida qurg’oqchil iqlim tarkib topadi.Markaziy Osiyo ustida ham yozda past bosim vujudga keladi,lekin u Hind va Tinch okeanlaridan baland tog’lari (Pomir, Himolay, Tibet, Sichuan, Alpi tog’lari) bilan to’silib turganligida janubiy va janubiy sharqiy okean mussonlari yetib kela olmaydi.Sharqiy Osiyoga yoz vaqtida Gavayi antisikloni katta ta’sir ko’rsatadi.Gavayi antisiklonining g’arbiy chekkasida Sharqiy Osiyoga dengiz tropik havosi kirib keladi.Nihoyat, Kichik Osiyo hamda Levant( Suriya, Livan, Isroil) sohillarini Azor antisikloni tarmog’I egallab oladi, bu tarmoq O’rta Dengiz havzasi ustida joylashib,ob-havoning quruq va issiq kelishiga sabab bo’ladi.Shunday qilib Osiyo territoriyasi ustida yil davomida Arktika mo’tadil va tropik havo massalari o’rin almashadi, Osiyoning markaziy qismlari uchun mo’tadil havo(qutb zonasi) eng katta ahamiyatga ega.Mo’tadil havo qishda sovuq, yozda isigan, lekin hamma vaqt ham quruq bo’ladi.Kontinental tropik havo materikning janubi-g’arbiy va g’arbiy chekkalarida hamda shimoliy Sahroi Kabir bilan qo’shni o’lkada yil davomida hukmronlik qiladi. O’zgarib ekvatorial havoga aylangan dengiz tropik havosi yozda janubiy va janubi-sharqiy Osiyoga kirib keladi, materikning sharqiy chekkasida esa har yarim yilda dengiz tropik havosi kontinental mo’tadil havo bilan almashinib turadi.Osiyo iqlimining qaror topishida cho’llar iqlimining xususan baland tog’ tizmalari va berk tog’liklar iqlimning shakllanishida relyef juda katta rol o’ynaydi. Yuqorida qayd qilib o’tilganidek, Markaziy Osiyo iqlimining arid iqlim (qurg’oqchilik) ekanligiga ko’p jihatdan uning okeanlardan uzoqligi va orografik jihatdan berk havza ekanligi sabab bo’lgan. Tibet va Armaniston tog’liklaridagi mahalliy balandlik antisiklonlari bu tog’liklarining yuksakligi bilan bog’liqdir. Pastga tushadigan sovuq havo oqimlari quruq bo’ladi. Tog’ tizmalarining qishda iqlimiy sharoit balandlikka qarab o’zgarib boradi.Bu o’zgarish garchi asta-sekin ro’y bersa ham yuqoriga chiqqan sari mintaqalarning asosan temperaturaning o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan farqlarni osongina sezish mumkin.Yonbag’irlar ekspozitsiyasi ham nam yog’inlarga ancha ta’sir ko’rsatadi. Himolay tog’lari janubiy okeanga qaragan yonbag’ir bilan Tibetga qaragan yonbag’irda yog’inning notekis yog’ishiga yaqqol misol bo’la oladi. Umuman balandlik iqlim mintaqalari geografik kenglik bo’ylab yo’nalgan iqlim zonalarini ancha murakkablashtiradi, buning ustiga Osiyoda tog’ relyefi maydoniga ko’ra pastlik va tekislik relyefi maydonidan kattadir. Okean oqimlaridan materikning sharqiy qirg’oqlari bo’ylab oquvchi Kurosiyo oqimi ancha kata ahamiyatga ega.Bu oqim ta’sirida materikning sharqida iqlim mintaqalari biroz shimolda joylashgan. Shimoliy Amerika qirg’oqlari yaqinidagi Golfstrim oqimi kabi Kurosiyo oqimi ham 35-36o shimoliy kenglikka yetgandan keyin shimoli-sharqqa qarab buriladi. Sovuq kuril oqimi ko’proq Rossiyaning shimoli-sharqiy rayonlarida ta’sir ko’rsatadi.


Iqlimiy rayonlashtirish garchi meteorologik sharoitning hududiy o‘zgarishi (taqsimlanishi) ga asoslansada, unda butun tabiat kompleksi yoki ba’zan bu kompleksning biror elementi hisobga olingan holda o‘tkaziladi. Ko‘pchilik meteorologlar yaqin vaqtlargacha o‘simlik qoplamining xarakterini iqlim turining ko‘rsatgichi (ifodasi) deb keldilar. Endilikda iqlimiy sharoitning hududiy birliklari (iqlim rayonlari, oblastlari, zonalari) hamma vaqt ham geobotanik birliklarga to‘g‘ri kelavermasligi ma’lum bo‘ldi. Chunonchi, Hindiston chakalakzorlari ekvatorial o‘rmonlarga ancha o‘xshab ketadi, biroq bu yerning iqlimi ekvatorial iqlimdan boshqacha, ya’ni musson iqlimidir. Yer shari iqlimini tasniflash bilan Grizebax (1872), A.I.Voeykov (1884), V.P.Kyoppen (1900, 1918), L.S.Berg (1925), B.RAlisov (1936) kabi olimlar shug‘ullangan. Yer shari iqlimlarining ilmiy tasnifini dastlab 1872-yil Rossiyada botanik Grizebax tuzgan. U o‘z tasnifida o‘simlik zonalarini asos qilib olgan. A.I.Voeykov 1884-yil daryolar rejimini iqlimlar ko‘rsatgichi deb olib, iqlimlami rayonlashtirgan. 1900 va 1918-yillar V.RKyoppenning, 1925-yilda esa L.S.Bergning iqlimlar tasnifi bosilib chiqqan. Nemis botanik va iqlimshunos olimi V.P.Kyoppen tasnifi hozirda ham keng tarqalgan bo‘lib, unda yog‘in va haroratlaming mutlaq qiymatlari hamda yil davomida o‘zgarishi, bu qiymatlaming o‘zaro nisbati hamda o‘simlik qoplamiga bo’lgan ta’siri asos qilib olingan. Bu nisbat va bog‘lanishlaming yillik va mavsumiy qiymatlari tajribaga asoslangan raqamlar bilan ifodalangan. Kyoppen tasnifida iqlim chegaralari geobotanik chegaralarga mos keladi, shuning uchun ham bu tasnif ko‘pgina mamlakatlarda keng qo‘llaniladi. Iqlim tasnifi iqlimiy jarayonlarga qarab emas atmosfera (ob-havo) elementlariga ko‘ra amalga oshiriladi. Bu turdagi tasniflash empirik tasniflash hisoblanadi. Atmosfera jarayonlarining kelib chiqishiga yoki iqlimiy o‘zgarishlarga ko‘ra amalga oshiriladigan tasniflash genetik tasniflash hisoblanadi. Quruqyaik maydonining kengligi, togʻ toʻsiqlari va berk botikdarning koʻpligi, quyosh radiatsiyasi, atmosferadagi harakatlar iqlimning xilma-xil boʻlishiga imkon bergan. Osiyoda barcha iqlim zonalari — tundra iqdimi zonasidan ekvatorial va janubiy tropik iqlim zonalarigacha uchraydi. Osiyo koʻp qismining iklimi kontinental. Atlantika havosi Osiyoga yetganda kontinental havoga aylanadi. Tinch okeanning dengiz havosi Osiyoning sharqiy chekkasiga taʼsir etadi. Shimolidan Orolga Arktika havosi bemalol kirib keladi. Orol janubida tropik va ekvatorial havo massalari hukmron. Yozda suv yuzasiga nisbatan qurukdikning tezroq isishi va qishda kuchliroq sovishi atmosfera harakatlarida mavsumiy oʻzgarishlarga olib keladi. Qurukdikning qishda sovib ketishi Shimoliy va Markaziy Osiyoda koʻp oylar davomida ayozli antitsiklon turishiga sabab boʻladi. Eng past temperatura Shimoliy yarim sharning sovuqlik qutbi joylashgan Shimoli-sharqdadir (Verxoyansk, Oymyakon), bu yerda ayrim hollarda sovuq —70° ga yetadi, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —50° dan ham past. Yezda Gʻarbiy, Oʻrta va Markaziy Osiyoda jazirama va quruq kontinental tropik havo tarkib topadi. Yezda butun Osiyo ustida, xususan, janubiy qismida bosim past boʻladi. Osiyo depressiyasi (past bosim) markazi Hindiston yarim orolning gʻarbiy qismidadir. Depressiyaning janubiy chetlari boʻylab, Osiyoga yozgi musson kirib kelib, Hindiston yarim orol, Himolay janubiy va Hindixitoy yarim orolda koʻplab yomgʻir yogʻishiga sabab boʻladi. Sharqiy Osiyo yozda Tinch okean qutb fron-ti taʼsirida turadi. Yozgi musson koʻplab yogin olib keladi. Kuzda sharqiy Osiyo qir-gʻoklari yaqinida qattiq dovul — tropik siklon (tayfun) turib, jala yogʻadi. Sibirning koʻpgina qismida yanvarning oʻrtacha temperaturasi —20°, Verxoyanskda —50°, Tinch okeanning Shimoliy Osiyo qirgʻoqlari yaqinida esa —15°, —5°. Osiyo yanvar izotermasi Samarqand, Nankin va Tokiodan oʻtadi. Tropiklarda qishda temperatura 20°—25°. Iyulda Gʻarbiy Osiyo va Oʻrta Osiyo (oʻrtacha temperatura 30° va undan baland), Taklamakon va Tar choʻllari ayniqsa isib ketadi. 20° izoterma 55—60° shahrik. gacha yetib boradi. Shimoliy Osiyoda doimiy toʻng yer koʻp. Ekvatorial mintakada yiliga 2000 mm, Janubiy va Sharqiy Osiyoning dengiz sohilidagi shamolga roʻpara yon bagʻirlarda 2000 — 3000 mm (baʼzi joylarda 8000-12000 mm) yogʻin yogʻadi. 1861-yil Che-rapunjida 22900 mm yogʻin yoqqan. Shar-qiy Sibirda 350 mm dan kam, Oʻrta, Markaziy va Gʻarbiy Osiyo choʻllarida 150- 200 mm, baʼzi joylarda 100 mm dan kam yogʻin yog



Download 101,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish