O‘simliklarninig generativ a’zolari, ularninig tiplari va morfologiyasi


Siklik gullar (sabzida). 2. Asiklik gullar (magnoliya). 3.Gemosiklik gullar (ayiqtovonlarda)



Download 54 Kb.
bet2/3
Sana04.06.2022
Hajmi54 Kb.
#634964
1   2   3
Bog'liq
O`simliklarninig generativ a`zolari, ularninig tiplari va morfologiyasi

1. Siklik gullar (sabzida). 2. Asiklik gullar (magnoliya). 3.Gemosiklik gullar (ayiqtovonlarda).

Siklik gulda gul a`zolari doira bo`lib joylashadi. Bu xolat o`rik, g`o`za, pomidor, zig`ir, limon, ko`pchilik yopiq urug`li o`simliklar vakillarida ko`rishimiz mumkin. Gulda, gul a`zolari spiral holda joylashsa, bunday gullar asiklik gullar deyiladi. Misol uchun: magnoliya o`simligida. Gemosiklik gullar yarim doiraviy gullar, ularning bir qismi spiral, ikkinchi qismi esa doira shaklida joylashadi. Masalan uchma o`t, ayiqtovon o`simliklarida shunday gullar mavjud. Gul o`rami bir yoki qo`sh o`ramli bo`ladi. Gul o`ramini hosil qilgan bir xil rangli barglar necha qator bo`lib joylashishidan qat`iy nazar bir o`ramli gul deyiladi. Masalan; lavlagi (Beta vulgaris), otquloq (Rumux), izen` (Kochia prostrata) va boshqalarni keltirish mumkin. Gul kosa barglari gulni g`uncha vaqtida tashqi tomonini o`rab turadi gultoji barglari tiniq rangli bo`lib, xashorotlarni o`ziga jalb qiladi. Gulkosa va gultoji barglari o`zaro birikkan yoki birikmagan bo`lishi mumkin. Karamning gulida gul barglari erkin. Pechakni gulida gulkosa va gultoji barglar birikib o`sib qo`ng`iroqsimon gultoji barglarni hosil qilgan. Gul qismlari gul o`rnida joylashishiga ko`ra, gullar aktinamorf (to`g`ri ), zigamorf (noto`g`ri) assimetrik gullarga bo`linadi. Aktinomorf gulda uning yuzasidan bir nechta simmetriya o`tkazish mumkin. Zigomorf gullar yuzasidan faqat bitta simetriya o`tkazish mumkin. Assimetrik gullar yuzasidan birorta simmetriya o`tkazish mumkin emas.


O`zida gul o`rami, changchi va urug`chisi bo`lgan gullar to`liq gullar deyiladi, faqat changchisi yoki urug`chisi bo`lgan gullar yalong`och gullar deyiladi. Guldagi changchilarning to`plami androsey deb ataladi. Changchilar gulda erkin yoki chang ipi bilan birikib o`sadi. Gulning o`rtasida mevabargchalar o`rnashgan bo`lib ular, megasporabargchalar hisoblanadiyoki urug`chi deyiladi. Urug`chilar-ning to`plamiga genesey deb ataladi. Geneseyda urug`chilarning tumshug`i, ustunchasi va tugunchasi mavjud. Tumshuqchasi chang hujayrasini qabul qilib oladi va changlanish jarayoni o`tadi.
Ko`pchilik o`simliklarda gullari to`p-to`p bo`ladi va ular to`pgullar deyiladi. To`pgullar shoxlanishiga ko`ra, monopodial va sipodial to`pgullarga bo`linadi.
Monopodial to`pgullarda gullar to`pgulning birinchi tartibida joylashgan bo`lsa, oddiy monapodial to`pgul, aksincha gullar 2 - 3 tartibli shoxlarda joylashgan bo`lsa murakkab to`pgul deyiladi. Monopodial to`pgulda o`sish nuqtasi cheksiz o`sish xususiyatiga ega bo`lib, yon shoxlarning soni aniq bo`lmaydi. Gullar, to`pgulning asosidan uchiga qarab doimiy ravishda ochilib boradi. Simpodial shoxlanuvchi to`pgullarning o`sishi cheklangan bo`lib, har bir oilaga kiruvchi o`simlik turlaridan farq qiladi. Bunday to`pgullarda guli to`pgulning uchidan asosiga qarab ochilib boradi. Oddiy monopodial to`pgullarga boshoq, zubtrumda, kuchalayong`oqda, so`ta makkajo`xorida, shingil karamdoshlarda, qalqoncha nokda, boshcha sebargada, soyabon ziradoshlarda, savatcha kungaboqarda.
Murakkab monopodial to`pgullar murakkab boshoq bug`doy, arpa, murakkab soyabon sabzi, shivitda, murakkab shingil yoki ro`vak sholida, qo`ng`irboshda. Meva.
Urug`langandan keyin o`sgan va ichida urug`i bo`lgan tugunchaga meva deyiladi, har-xil o`simliklarning mevasi yirik maydaligi tashqi ko`rinishi, rangi va hakozolarga qarab bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun ular bir qancha belgilariga, kelib chiqishi, meva qatining tuzilishi va miqdoriga qarab klassifikasiya qilinadi. Kelib chiqishiga qarab mevalar, haqqiqiy, soxta, oddiy, murakkab va to`p mevalarga bo`linadi. Haqiqiy mevalar faqat, urug`chi tugunchasining o`sishidan, soxta mevalar urug`chi tugunchaning o`zidan emas, balki juda o`sib ketgan gulqo`rg`on va gulkosa ishtirokida xosil bo`ladi. Olcha, o`rik mevalari haqiqiy meva, qulupnay, na`matak, olma mevalari soxta meva hisoblanadi. Agar gulda 1ta urug`chi bo`lib uning tugunchasidan meva hosil bo`lsa, oddiy meva deyiladi (o`rik, olcha, gilosda). Murakkab soxta meva bitta gulning bir necha urug`chisi ishtirokida hosil bo`ladi (malina, maymunjon). To`p meva gullari juda zich joylashgan, keyinchalik mevalar ham qo`shilib o`sgan to`p gullardan hosil bo`ladi. Mevalar qatining tuzilishiga qarab quruq va ho`l mevalarga bo`linadi. Quruq mevalarning meva qati quruq qalin va yog`ochsimon bo`ladi, ba`zan esa po`choqqa o`xshaydi. Ho`l mevalarning meva qati seret sersuv ko`pincha ochiq rangli bo`ladi. Quruq va ho`l mevalarning urug`i har xil miqdorda bo`ladi urug` bir donadan bir necha yuz donagacha bo`lishi mumkin. Shuning uchun mevalarning urug`ini soniga qarab; bir urug`li va ko`p urug`li quruq meva; bir urug`li va ko`p urug`li ho`l mevaga bo`lish mumkin. Bir urug`li quruq mevaga pistacha, don, yong`oq, xakalak, qanotli mevalar kiradi, ko`p urug`li quruq mevalar ko`sak, qo`zoq, qo`zoqcha dukkak va boshqalar. Bir urug`li ho`l mevalar olcha, o`rik, shaftoli. Ko`p urug`li ho`l mevalar umimiy nom bilan rezovor mevalar deb ataladi. Bu mevalarda seret meva qati bo`ladi. Uzum pomidor, qoraqat, qovun, tarvuz, bodring, olma, nok, behi va boshqalar kiradi Partenokarpiya - urug`siz mevalarning hosil bo`lishidir (uzum, anjir, mandarin, limon). Su`niy yo`l bilan urug`chi tumshiqchasi kuydirilsa partenokarp meva hosil bo`ladi.
Urug`. Gulli o`simliklarning hayotiy sikli davomida. urug`ning unib chiqishidan voyaga etgan o`simlikda yangi urug` paydo bo`lguncha barcha asosiy organlar shakllanadi. Urug`dan urug` hosil bo`lguncha o`tgan bu hayotiy sikl - davr ontogenez yoki o`simlik organizmining indivudial rivojlanish davri deb ataladi. Gulli o`simliklar ontogenezning davomiyligi bir birinikidan katta farq qilishiga qaramay, har bir induvudning hayoti urug`ning unib chiqishidan boshlanib, urug` hosil bo`lishi bilan tamomlanadi. Urug`ni unib chiqishi ya`ni murtagi rivojlanishi uchun albatta zahira oziq moddalar bo`lishi shart. Bu moddalarning vazifasi urug`ning rivojlanayotgan murtagini oziqlantirib turishdan iborat. chunki, bu vaqtda murtak hali tashqaridan oziqlana olmaydi, shuning uchun gulli o`simliklarning har bir urug`ida murtakdan tashqari alohida to`qimalarida endosperm yoki peresperimda zahira oziq moddalar to`planadi. Persperm urug` kurtakning nusellusidan hosil bo`ladi. Unda zahira moddalar ko`p peresperm ba`zi bir chinniguldoshlarda uchraydi. Ularning tarkibida odatda kraxmal ko`p, oqsil kam bo`ladi. Zahira oziq moddalar murtakning to`qimalarida va qisman urug` pallalarida hosil bo`ladi. Urug`ning zahira oziq moddalari uglevodlar, lipid, oqsildan iborat. Bulardan tashqari vitaminlar, fermentlar, anorganik moddalar bo`ladi, ba`zi o`simliklarda, masalan: dukkakdoshlar (mosh, loviya, no`xat) urug`ida asosan oqsil, g`alladoshlarda (bug`doy, javdar, sholi) donida uglevodlarning kraxmal shaklidagi hosilalari ko`p bo`ladi. Go`za chigiti, yeryong`oq, kanakunjutda moy ko`p bo`ladi. Shuni aytish kerakki, moylar zahira oziq moddalarning eng ko`p kalloriya beradigani hisoblanadi. Masalan: 1 gr uglevod yonganda 4200 kal, 1 g oqsil yonganda 4400 kal, 1 gr moy yonganda 9500 kal issiqlik chiqadi.
Urug` tiplari quyidagicha bo`ladi: 1)Perspermli urug`, 2)Endospermli urug`.
3) Endospermsiz urug`.
Perspermli urug`lar; urug`larida perisperm yaxshi rivojlangan, zahira moddalar urug` kurtakning nuselluss hujayralarida to`plangan bo`lsa, perspermli urug` deyiladi. Chinniguldoshlar (Caryophlaceae) sho`radoshlar (Chenopodiaceae) oilasining vakillarida uchraydi.
Endosperimsiz urug`lar. Murtak unib chiqishi uchun kerak bo`lgan oziq moddalar murtakning o`zida, ya`ni urug` pallalarida to`plansa, endosperimssiz urug`lar deyiladi, murakkabguldoshlar (Asteraceae), Dukkakdoshlar (Fabaceae), Qovoqdoshlar (Cucurbitaceae) oilalarining vakillarida uchraydi.
Endospermli urug`lar. Urug`da murtak unib chiqishi uchun kerak oziq moddalar maxsus g`amlovchi to`qima - endosperma to`plansa, endospermli urug` deyiladi. Bularga qo`ng`irboshlar, ituzumdoshlar, soyabonguldoshlar oilasining vakillari kiradi.
Adabiyotlar:




  1. Download 54 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish