O`simliklarning nafas olishiga CO2 ning ta`siri O‘simlik hujayralarida oxirgi mahsulot sifatida CO2 miqdorining ko‘payib ketishi nafas olish jadalligini pasaytiradi. Chunki hujayralarda CO2 miqdorining ko‘payib ketishi dekarboksillanish jarayoni to‘xtaydi, NOK kamayadi va CO2 gazining ajralishi kamayadi.
CO2
CO2
CO2
CO2
CO2
CO2
CO2
CO2
CO2
CO2
O`simliklarning nafas olishiga temperatura ning ta`siri Nafas olish jadalligida haroratning uch chegarasi mavjud: Minimal, maksimal, optimal
Minimum chegara archada
-250 C
Minimum chegara issiqsevar g`o`zada
00 C
Har bir tur o‘simlik uchun haroratning yuqori pastki chegaralari mavjud. Masalan, sovuq iqlim o‘simliklari (ignalilar,yel, qarag‘ay) uchun ushbu ko‘rsatkichning pastki chegarasi -25°C. Haroratning yuqori chegarasi fotosintez jarayoniga nisbatan 5-10°C yuqori boʻladi va ko‘pchilik hollarda 45-55°C atrofida boʻladi. Umuman ko‘pchilik o‘simliklar uchun nafas olish jadalligi uchun muqobil maksimal harorat, 45-55°C atrofida boʻladi. Bu ulaming oqsillarining xususiyatlariga bogʻliqdir. Haroratning ushbu darajasi deyarli barcha biokimyoviy reaksiyalar va fermentlaming eng yuqori faolligi uchun qulaydir.
O`simliklarning nafas olishiga yorug`likning ta`siri Yorug‘likning yashil barglar nafas olish jadalligiga ta’siri kam o‘rganilgandir. Chunki yorug‘likda nafas olish bilan birgalikda fotosintez jarayoni ham ketadi. Yorugʻlik nafas olish jarayoniga fiziologik jarayonlar orqali ta’sir etadi. Yashil boʻlmagan o‘simliklarda yorugʻlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etishi kuzatilgan. O`simliklarning nafas olishiga suv rejimining ta`siri O‘simlik to‘qimalarida suv balansining o‘zgarishi nafas olish jadalligiga ta'sir qiluvchi asosiy omillardan biridir. O‘simliklaming birlamchi suv tanqisligida to‘qimalarda nafas olish tezlashadi, keyinchalik esa pasayadi. To‘qimalardagi suv miqdorining nafas olish jadalligiga ta’sirini urugʻlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Quruq urugʻlarning (10-11% H2O) nafas olishi deyarli sezilarli emas. - Quruq urugʻlarning (10-11% H2O) nafas olishi deyarli sezilarli emas.
- Pishmagan urugʻlarda suv ko‘p boʻlishligi sababli nafas olish kuchli boʻladi.
- Pishgan urugʻlarda suv miqdori 10% boʻladi. Shuning uchun ham ushbu sharoitda nafas olish jadalligi past.
- Ivitilgan urugʻlarda esa aksincha nafas olish jadalligi oshadi
va unish boshlanadi.
Xulosa Umuman o‘simliklarning nafas olishi muhim fiziologik jarayon bo‘lib, u qorong’ilik yoki yorug’likdan qat’iy nazar tirik hujayralarda doimiy xaraktеrga ega. Hatto omborlarda saqlanadigan urug’larda, o‘sish va rivojlanishi to‘xtab tinch holga o‘tgan daraxtlarda (qish faslida) , tinch holdagi ildiz va ildizmеvalarda, boshqa tirik hujayra va to‘qimalarda nafas olish to‘xtamaydi. Faqat uning jadalligi past bo‘lishi mumkin. Nafas olishning to‘xtab qolishi organizmning nobud bo‘lishi bilan yakunlanadi. Nafas olishda organik moddalarning kislorod yordamida anorganik moddalarga parchalanishi mazkur jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari borligini ko‘rsatadi. O‘simliklarning nafas olish jarayoni,ulardagi modda almashuvining muhim qismini tashkil etib, o‘sish, rivojlanish va hosildorlikning asosini tashkil etganidеk, yеtishtirilgan maxsulotlarni uzoq muddatga va sifatli saqlash ham nafas olish tеzligini boshqarishga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |