O`simliklarning jinssiz ko`payishi
Reja:
1. O`simliklar ko`payishining mohiyati.
2. O`simliklarning vegetativ ko`payishi.
3. O`simliklarning jinsiy ko`payishi.
4. O`simliklarning jinssiz ko`payishi.
1. Кo`payish barcha tirik organizmlarning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanib, uning mohiyati o`ziga o`xshash nasl qoldirish. Natijada har bir to`rning saqlanishiga, tiklanishiga va ko`payishiga sabab bo`ladi. Turlarni ko`payishi hayotida ba`zi o`simliklarda bir marta ayrimlarida bir necha marta bo`lishi mumkin.
Ayrim bir hujayrali o`simlilkar bir yilda bir necha marta ko`paysa, ayrimlari ikki yilda, ayrim ko`p yillik o`simliklar - bambuk, agovalar hayotida bir marta ko`payadi. O`simliklarning ko`payishini quyidagi turlari mavjud.
1. Jinssiz ko`payish. 2. Jinsiy ko`payish. 3. Vegetativ ko`payish.
2. Vegetativ ko`payish. Vegetativ ko`payishda yangi organizm vegetativ organlarning va vegetativ hujayraning hisobiga hosil bo`ladi. Vegetativ ko`payish tabiatda keng tarqalgan bo`lib, bir hujayrali organizmlarda hujayraning teng ikkiga bo`linishi, ko`p hujayrali suv o`tlarida tollomini bo`linishdan, zamburug`larda miseylining bo`linishdan hosil bo`ladi.
Кo`p yillik gulli o`simliklarda vegetativ ko`payish kurtakdan, ildizdan, poyadan, bargdan va ularning metamorfozidan vujudga keladi. Tabiatda gulli o`simliklar: itburun, pechak kabi o`simliklar ildizlar vositasida, lola, liliya, chesnok, piyoz kabilar piyozboshlari vositasida qulupnay, ayiqtovon, g`ozpanja kabi o`simlilklar poyalari, kartoshka tuganaklari vositasida ko`payadi.
Vegetativ usulda ko`payuvchi o`simlilkarning ko`pchiligi qishloq xo`jaligi ekinlari orasida begona o`t hisoblanadi.
Payvadlash mevali o`simlilkarni yaxshi navlik xususiyatini saqlab turuvchi asosiy vegetativ ko`paytirish usulidir. Masalan: Olma, nok, shafttoli, gilos kabi o`simliklar payvandlash yo`li bilan ko`payadi.
O`simliklarning yovvoyi turlariga madaniy navlarni payvandlash asosida ularnig sovuqqa va kasallikka chidamliligi orttiriladi. Payvandlash 2 turga bo`linadi: 1. Кurtak payvand. 2.Qalamcha payvand. Кurtak payvandda payvandtak T shaklida kesilib unga kurtak o`tkaziladi. Qalamcha payvandning 100 dan ortiq turi mavjud bo`lib, qalamcha 3-4 ta kurtakka ega bo`lishi kerak. Payvandlashda bir turdagi o`simliklar tezda tutib kyetadi. Masalan: Sibir olmasini, o`rmon olmasi bilan payvandlash.
Har xil oilaga kiruvchi o`simliklarni payvandlashda ham yaxshi natijalar olingan. Masalan: michurin limon va nokni payvandlab uni doimiy yashil rangda bo`lishiga olib keladi. N. V. Sisin akatsiyaning ildiziga no`xotni payvand qilgan. Respublikamizda yantoq ildiziga tarvuz urug`ini ekib undan hosil olish mumkin.
Masalan: Michurin Mentor usulidan foydalanib olmaning gibrid navlarini yaratdi: Belfler - kitayka, kandil - kitayka, antonovka navlari va boshqalar. Payvantlanadigan o`simlik payvandtag, ko`rtagi foydalaniladigan o`simlik payvand dust deb nomlaandi. Payvandlashdagi asosiy xusuisyat payvandtag va payvanddustning kambiysini bir biriga mos joylashtirishdir.
3. Jinsiy ko`payish. Jinsiy ko`payishning mohiyati shundan iboratki, bunda yangi organizm fizioloigk har xil bo`lgan ikkita gometaning qo`shilishi natijasida hosil bo`ladi. Gometalarning qo`shilishidan zigota hosil bo`ladi.
Jinsiy ko`payish tuban va yuksak o`simliklar uchun xos bo`lib, gametalar suv o`tlarida harakatchanligi bilan harakterlanadi. Gametalar shakli va harakatiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi.
1. Izogamiya. 2. Geterogamiya 3. Oogamiya.
Jinsiy ko`payishning izogamiya yo`li bilan ko`payishida bir xil kattalikdagi va bir xil harakatdagi gametalarni qo`shilishi natijasida zugota hosil bo`ladi. Masalan: suv o`tlaridan ulotiriksda va zamburug`larda.
Ayrim suv o`tlarida otalik va onalik gametalari shakli jihatidan bir biridan farq qiladi. Masalan: xlomidomonada o`simligining onalik gametasi shakl jihatidan otalik gametasiga nisbatan yirik bo`lib kam harakat qiladi. Bunday usulda ko`payish geterogamiya deyiladi.
Oogamiya yo`li bilan ko`payish tuxum hujayrasini spermatozid bilan qo`shilishi asosida ro`y beradi. Tuxum hujayrasi hosil bo`ladigan hujayra, oogoniy, spermatozoid hosil bo`ladigan hujayra anteridiy deyiladi. Oogamiya yo`li bilan ko`payish dastlab yashil suv o`tlarida keyin qo`ng`ir suv o`tlarida hosil bo`lgan. Maxsimonlar, poporotniklar oogomiya yo`li bilan ko`payadi.
Jinsiy va jinssiz yo`l bilan ko`payish bir biri bilan uzviy bog`liq bo`lib, jinssiz ko`payishda turlar soni ortsa, jinsiy yo`l bilan ko`payganda to`rning sifati yaxshilanib boradi.
Кo`pchilik o`simliklarda jinsiy va jinssiz usulda ko`payish doimiy ravishda almashinib boradi.
4. Jinssiz ko`payish. Jinssiz yo`l bilan ko`payish sporalar va zoosporalar hosil qilish yo`li bilan amalga oshadi. Ular murtakni o`zida saqlagan bo`lib, turlicha kelib chiqadi. Sporalar quruqlikda o`suvchi o`simliklarga xos bo`lib, sporangiyda hosil bo`ladi. Zoosporalar - zoosporangiyda hosil bo`lib, unda harakatni ta`minlaydigan xivchini mavjudligi bilan sporalardan farq qiladi. Ular zamburug`lar suv o`tlari uchun xosdir. Spora mog`or zamburug`ida sporongiyda hosil bo`lsa, pensilium zamburug`ida konidiya bandida hosil bo`ladi.
Sporani sitoplazmasi zahira oziq moddalarga boy bo`lib, spora po`sti qalin kutin moddasi bilan to`yingan bo`ladi. Spora va zoosporalar qulay sharoitga tushganda jinsiy jarayonsiz yangi organizm hosil bo`ladi.
Jinssiz ko`payishning harakterli xususiyati, bir organizmda minglab spora hosil bo`lib ularni turini oshishiga olib keladi.
Moxsimonlarning jinsiy va jinssiz usulda ko`payishi. Moxsimonlarning jinssiz ko`payishi sporangiyda hosil bo`lgan sporalar vositasida bo`ladi. Sporalar qulay sharoitga tushgach undan yashil rangdagi protonema hosil bo`ladi. Uning pastki qismida rizoidlar hosil bo`lib, ustki qismida bargli poya hosil bo`ladi. Sporalar morfologik jihatdan bir xil bo`lsada fiziologik jihatdan farq qilganidan ayrimlari anteridiyli, boshqalari arxegoniyli o`simliklar hosil qiladi. Arxegoniyda tuxum hujayrasi hosil bo`lsa, anteridida xivchinli spermatozoidlar hosil bo`ladi. Spermatozidning tuxum hujayrasiga tushishi natijasida otalanib zagota hosil bo`ladi. Sporadan zigota hosil bulgungacha bo`lgan davr gametofit nasil deb nomlanadi.
Zigotaning rivojlanishidan jinssiz nasl hosil bo`lishi boshlanadi. Zigotaning o`sishi sporangiyni hosil bo`lishiga sarflanib u quticha, oyoqcha va qopqoqchalardan iborat bo`ladi.Qutichaning ichida ko`p miqdorda sporalar yetilib qulay sharoitga tushsa rivojlana boshlaydi. Bu naslga jinssiz nasil - sporofit deyiladi.
Poporotniklarning jinsiy va jinssiz usulda ko`payishi. Poporotniklarda sporofil nasli ustunlik qiladi. Spora qulay sharoitga tushib, undan 3-5 mm kattalikdagi yashil o`simta hosil bo`ladi. Shakli yuraksimon ko`rinishda bo`lib, rizoid vositasida tuproqqa birikadi. Yashil o`simtada anteridiy va arxegoniy hosil bo`ladi. Suv tomchisi mavjud bo`lganda spermatazoid tuxum hujayrasini otalantirib zigotani hosil qiladi. Zigotani rivojlanishidan sporofit hosil bo`ladi va uning rivojlanishidan ma`lum vaqtga etgandan keyin bargning orqa tomonida soruslar hosil bo`ladi. Soruslar tashqi tomonidan indiziy qatlami bilan o`ralgan bo`lib, uning ichida arxesporali to`qima hosil qiladi. Arxesporada hosil bo`lgan spora rivojlanib, yuraksimon o`simtani hosil qiladi.
Shunday qilib gametofit va sporafit nasl almashinib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |