O‘simlik kasalliklarining klassifikatsiyasi. O‘simlik kasal holda sog‘lom o‘simlikdan tashqi belgilari bilan farq qiladi, bu belgilar har – xil bo‘ladi: so‘lish, chirish, dog‘lanish, g‘uborlar, yostiqchalar, shishlar, shakl o‘zgarishi va h.q.
O‘simlik kasalliklarining ko‘pgina klassifikatsiyalari tavsiya etilgan, ular turli belgilarga asoslangan holda tuzilgan:
Tashqi ko‘rinishiga qarab klassifikatsiyalash.
Kasalliklarni qayerda poydo bo‘lganiga qarab klassifikatsiyalash (mahalliy) diffuzniy.
Kasallikning davom etishiga qarab klassifikatsiyalash (urug‘, chigit kasalligi).
O‘simlik organlari bo‘yicha klassifikatsiyalash.
Zararlangan o‘simliklar bo‘yicha klassifikatsiyalash.
Etiologik –kasalliklarni kelib chiqishiga qarab klassifikatsiyalash.
Kasallikning kelib chiqishiga qarab, bir guruhga parazitsiz yoki yuqumsiz kasalliklar birlashtirilgan, ikkinchi guruhga esa yuqumli yoki parazit kasalliklar birlashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |