Qiyoqgullilar tartibi - Cyperales. - Qiyoqgullilar oilasi – Cyperaceae
- Bu oilaga 120 taga yaqin avlod va 5600 taga yaqin tur kiradi. O‘zbekiston florasida 16 avlod 90 turi uchraydi. Yer yuzining hamma xududlarida, asosan botqoqliklarda o‘simlik qoplamini hosil qiladi. Bu oilaga kiradigan o‘simliklarning ko‘pchiligi ko‘p yillik, ildizpoyali, poyasining uzunligi 4 m gacha yetish mumkin. Ularning poyalari 3 qirrali, silindrsimon.
- Barglari ko‘pchiligi 3 qator bo‘lib joylashgan, ularning ko‘pi poyaning pastidan chiqadi. Barglari poyani mahkam o‘rab olgan va ko‘pincha chetlari qo‘shilib o‘sadigan qin va ingichka plastinkaga bo‘linadi. Barg qini barg plastinkasiga aylangan joyida poyani o‘rab turadigan tilcha bo‘ladi. Gullari mayda, ko‘rimsiz, ikki jinsli yoki bir jinsli yoki bir jinsli bo‘lib, shamol yordamida changlanadi. Ular boshoqsimon simoz to‘pgullar hosil qiladi. To‘pgullar o‘z navbatida boshchasimon, soyabonsimon, supirgisimon murakkab to‘pgullar bo‘lib bir biriga qo‘shiladi. Gullarning gulqo‘rg‘oni 6 ta pardacha yoki tangacha ko‘rinishida yoki 1-6 ta yoki bir talay qilchalar ko‘rinishida bo‘ladi. Yo bo‘lmasa butunlay reduksiyalanib ketadi, bu hollarda gullari yalang‘och bo‘lib qoladi. Changdonlar asosi bilan otaliklar ipiga birlashgan. Onaligi 1 ta, unda bir uyali ustki tuguncha va 2 ta yoki 1 ta ustunchalari hamda tumshuqchalari bor, tugunchasi 3 ta gaho 2 ta meva bargchadan yuzaga keladi.
- Urug‘kurtagi 1 ta anatrop mevasi - yong‘oqcha hamda urug‘idagi embrioni unsimon endosperm bilan o‘ralgan.
- Qiyoqlarning amaliy ahamiyatlari juda kam. Ular xashak bo‘ladigan o‘tlar sifatida ko‘pchiligi dag‘al bemaza xashak beradi, tarkibida fosfor va kalsiy kam bo‘ladi.
- Qiyoqgullilarning eng ko‘p tarqalgan avlodlari quyidagilardir:
- Rang avlodi (Carex) - bu avlodga 2000 ga yaqin tur kiradi. O‘zbekistonda 43 turi uchraydi. Bu avlod vakillari ildizpoyali ko‘p yillik bo‘lib, nam va botqoq yerda, soy va ariq bo‘ylarida, cho‘l hamda baland tog‘larda o‘sib, qalin o‘tzorlar hosil qiladi. Qum rangi (C. arenaria) - ko‘chma qumlar harakatini to‘xtatish va yem - xashak uchun ekiladi.
- Salomalaykum avlodi (Cyperus) Bu avlodning 14 turi O‘rta Osiyoda, 8 turi O‘zbekistonda uchraydi. Ular sernam va botqoq yerlarda o‘sadi. Tugunakli salomalaykum (C. rotundus) havfli begona o‘t hisoblanadi, dalada juda tez ko‘payadi, ko‘p yillik o‘t o‘simlik, ildizpoyasi 2 xil
- 1) pastga qarab o‘sgan ildizpoyasi, uning uchiga qo‘ng‘ir rangdagi tugunakchasi va 2) gorizontal o‘sgan ildizpoyalari bor.
- Qiyoq avlodi (Scirpus) O‘rta Osiyda bu avlodning 19, O‘zbekistonda 11 turi uchraydi. Zax va botqoq joylarda, ko‘l va soy qirg‘oqlarida qo‘l qiyog‘i (S. fcustris), qirg‘oq qiyog‘i (S.littarales) turlari o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |