1.Bakteriali mikrobiopreparatlarni aytib bering?
2.Zamburug’ li mikrobiopreparatlarni aytib bering?
3.Virusli mikrobiopreparatlarni aytib bering?
2-mavzu: G’o’zaning so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarining entomofaglari Kerakli jihozlar:
Rasmli jadval
Hasharotlarning ko’rgazmali namunalari
Tarqatma materiallar
REJA:
Tunlamlarning tabiiy kushandalari.
Apanteles (Apanteles telengai (A. congestus). bioekologiyasi
Mikroplitis (Microplitis spectabilis) bioekologiyasi.
4.Oddiy O’rgimchakkananing akarifaglari.
5.G’o’za bitlari va boshqa so’ruvchi zararkunandalarning tabiiy kushandalari.
Tunlamlarning tabiiy kushandalari. Kuzgi tunlamning asosiy tabiiy kushandalaridan parazitlar trixogramma, apanteles, rogas, mikroplitis, makrotsentrus, barilipa, banxus, ambliteles va boshqa pardasimonqanotlilar, ikkiqanotlilardan taxin pashshalari hamda tuproqda yashovchi vizildoq qo’ng’izlar va boshqa yirtqichlar qayd qilingan.
Apanteles (Apanteles telengai (A. congestus).Uning o’lchami 2-2,5 mm, rangi qora, oyoqlari qora, keyingi panjalari jigarrang tusli. Boshi ko„ndalang joylashgan, yaltiroq, silliq, faqat old va yon tomonlaridan bilinar-bilinmas chiziqchalar o’tgan. Jag’paypaslagichlari kalta, keyingi ikki bo’g’imi deyarli bir xil uzunlikda, oldingi ikkitasidan ancha kalta bo’ladi . Mo’ylablari tanasidan uzunroq. Erkaklarining mo’ylablari urg’ochilarinikidan uzunroq. Qorin qismining uzunligi ko’kragining uzunligiga teng. Qornining ostki qismi qora yoki ochjigarrang. Urg’ochisining qorin qismi erkaknikidan yirikroq. Urg’ochisining kalta tuxum qo’ygichi mavjud. Qanotlari tiniq-tutunsimon rangli, oldingi qanotlari qora, qanot tomirlari jigarrang.
Tuxumi och tusli, deyarli tiniq rangli, cho’zinchoq old qismi toraygan. Orqa tomoni do„mboq. Tuxumlari mayda, 0,186- 0,222 mm keladi. Tuxum qo’yilgandan keyin ikki–uch kun o’tgach, tuxum ichida hosil bo’lgan lichinka ko’zga tashlanadi, to’rtinchi kuni esa tuxum ichida lichinka qimirlay boshlaydi. Lichinka uch yoshni o’tadi. Lichinkaning tanasi silindr shaklida, bosh tomoniga torayib boradi. Lichinka tanasining oxirida pufaksimon, tiniq tusli ortig’i bo’ladi . Tuxumdan ochib chiqqan lichinkalarning terisi tiniq rangli. Uchinchi kuni uning uzunligi 0,9 mm, eni 0,19 mm. Bosh qismida ikkita ilmoqchali yuqorigi jag’lari bor. Og’iz a’zolari yaxshi rivojlangan. Qurt tanasining ichiga joylashib olgan parazit lichinkasi dastlab faqat gemolimfa, keyin tananing boshqa a’zolari bilan oziqlanadi, oqibatda qurtlar sust egiladigan bo’lib qoladi. Lichinkaning qorin qismidagi pufakcha nafas olish markazi vazifasini o’taydi, lekin tananing butun sirti ham bu jarayonda ishtirok etadi.
Urg’ochi parazitning 500 tagacha tuxum qo’yishi kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |