22-mavzu: Vizildoq qo’ng’izlar oilasi bilan tanishuv
Kerakli jihozlar:
Rasmli jadval
Hasharotlarning ko’rgazmali namunalari
Tarqatma materiallar
Vizildoq (toshqol) qo‘ng‘izlar (Carabidae) oilasi. Vizildoq qo’ng’izlar qattiqqanotlilarining barcha turkumlari orasida tur soni jihatidan oldingi o’rinlardan birini egallaydi va ekosistemalarda zararli hasharotlarni kamaytirib turishda katta ahamiyat kasb etadi. Ular harakatchan, qoramtir tusli, ba’zan tiniq rangli qo’ng’izlardir (30-rasm).
30-rasm. Zanjirbosh vizildoq tillaqo’ng’izga xuruj qilmoqda (V.A. Moiseev, 1989)
Mo’ylablari qilsimon yoki ipsimon, oyoqlari yuguruvchan, hamma barmoqlari 5 bo’g’imli.
Odatda qo’ng’izlar tuproq sirtida yoki uning yuza qavatlarida yashab, tungi hayot kechiradi. Lichinkalari kampodeosimon, tuproqda yashaydi.
Vizildoq qo’ng’izlarining ko’pchilik turlari ham lichinkalik, ham imago fazalarida samarali yirtqich hisoblanadi. Masalan, Sebia va Brachinus avlodlaridan bo’lmish bir muncha turlar lichinkalik fazasida ektoparazitlar hisoblanadi va zararli hasharotlarning qurtlari hamda G’umbaklari sirtida rivojlanadi.
Qo’ng’izlari esa asosan yirtqichlik qilib hayot kechiradi. Ba’zi turlarning lichinkalari O’simliklarning chirigan qoldiqlari bilan oziqlanib, tuproq hosil bo’lishi jarayonida faol ishtirok etadi.
E.S.Sugonyaev va K.Kamalovlarning (1976) ma’lumotlariga qaraganda,
Microlestes plagiatus kuzgi tunlamning birinchi-uchinchi yoshdagi qurtlarini eydi. K.V.Arnoldining (1947) kuzatishlaricha Qashqadaryo viloyatida Carabus fetschehkoi qishlovchi qandalalarga qiron keltirgan. B.P.Adashkevich va
A.Dadamirzaevning (1981) ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistonda Cicindela,
Calosoma, Carabus, Scarites, Broscus, Bembidion, Rterostichus va boshqa avlodlarga mansub vizildoq qo’ng’izlar zararli hasharotlarni yo’qotishda katta ahamiyat kasb etadi.
O’zbekistonning tog’oldi mintaqalarida hammaxo’r yirtqich Cicindela decempustulata uchrab, ko’pchilik bo’g’imoyoqlilar turlari bilan oziqlanadi.
Ammo ayrim turlar ekinlarning jiddiy zararkunandasi ham hisoblanadi.
Calosoma avlodining turlari – gulbadanlar – yirtqichlik qilib yashashi va juda xo’ra bo’lgan i tufayli o„rmondagi jiddiy zararkunandalarning ko’p turlarini yo’qotishda muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa S.sycophanta – Xushbo’y gulbadanning ahamiyatini qayd etish kerak, u respublikaning tog„li rayonlaridagi o’rmon xo’jaligiga katta foyda keltiradi.
Yarim sahro va cho’l mintaqalarida yashovchilardan Scarites bucida alohida e’tiborga sazovordir. Kuzatishlar ko’rsatishicha (Adashkevich, Dadamirzaev, 1981), u son-sanoqsiz bo’g’imoyoqlilarni, ayniqsa qattiqqanotlilar imagolarini, asosan qora tanli qo’ng’izlar, buzoqboshi, chigirtkalarni, shuningdek tunlamlarning qurtlarini qirib hayot kechiradi. U cho’l zonasidagi qum yo’lini to„sadigan va yaylov o’simliklari zararkunandalarining samarali yirtqichi ham hisoblanadi (31rasm).
Notiophilus Pterostichus strenuus Odacantha melanura aquaticus
Do'stlaringiz bilan baham: |