Makrolofusni qo’llash. Makrolofusni ikki usul bilan qo’llash mumkin: birinchidan, profilaktika maqsadida ya’ni 1 m2 maydonga beshta voyaga etgan zotlari, bitta o’simlikka 10-15 lichinka hisobidan taqatiladi; ikkinchidan, o’simlikda zararkunandalar paydo bo’lganda tarqatish me‟yori o’simlik bitlariga qarshi 1:5, oqqanotga qarshi 1:10 yirtqich:o’lja nisbatlariga to’g’ri kelishi kerak (Tverdyukov va b., 1993). Bodringda oqqanotga va o’simlik bitlariga qarshi yirtqich 1 gektarga 400-500 ming voyaga etgan zotlar hisobidan tarqatiladi.
Issiqxona o’simliklarida oqqanot, o’simlik bitlari va o’rgimchakkana bir vaqtda rivojlanganda makrolofusni fitoseyulyus bilan birgalikda qo’llash ma‟qul, tamaki tripsi paydo bo’lganda esa qo’shimcha ravishda ambliseyus makkenzini tarqatish lozim. Makrolofus va enkarziyani birgalikda qo’llash tavsiya etilmaydi.
9-mavzu: Bog’zararkunandalarning entomofaglari va akarifaglari Kerakli jihozlar:
Rasmli jadval
Hasharotlarning ko’rgazmali namunalari
Tarqatma materiallar
REJA:
1.Bargo’rovchilarning entomofaglari.
2.Barg kemiruvchi tangachaqanotlilarning entomofaglari.
Qisqa ixtisoslashgan tur sifatida qonli bitning paraziti afelinusni ko’rsatish mumkin. Afelinus – Aphelinus mali (Hymenoptera turkumi, Aphelinidae oilasi) – o’tgan asrning 20-yillarida Shimoliy Amerikadan dunyoning 40 mamlakatiga introduksiya qilingan (olib kelingan), 1926-1931 yillari va keyinchalik keng sinovlardan o’tkazilib, shu kunga qadar ham qonli bitga qarshi biologik vosita sifatida qo’llanilmoqda.
Markaziy Osiyoda afelinusni ilk bor 1932 yili professor N.A.Telenga qonli bitga qarshi qo’llab, yuqori samara olgan. 1935 yildan boshlab respublika karantin inspeksiyasi O’zbekistonda qonli bit tushgan bog’larga afelinus parazitini ko’plab tarqatishni tashkil qildi va afelinus qo’llanilgan Bog’larda zararkunanda miqdorini 80-98% gacha kamaytirishga erishildi (Yaxontov, 1962). Afelinusning katta yoshdagi lichinkasi zararlangan (mumiyolangan) bit tanasi ichida qishlaydi. Aprelda Xo’jayin tanasidan uchib chiqqan voyaga etgan parazitlarining 80-90% Urg’ochilar bo’ladi . Uchib chiqqan Urg’ochi parazit tezda tuxum qo’yishga kirishadi; u turli o’simliklar gul nektari bilan qo’shimcha oziqlansa, umri 2 kundan 7-8 kunga, qo’yiladigan tuxumlar soni esa 15 dan 60-100 donagacha oshadi.
Urg’ochi parazit o’lja tanasiga 1 dona, ba’zan ko’proq tuxum qo’yadi, ammo bit tanasida faqat bitta parazit lichinkasi rivojlanadi. Afelinus lichinkasi bit tanasida 16-24 kun rivojlanib, o’sha erda g’umbakka aylanadi. Afelinusning arrenotokiya tipida ko’payishi qayd qilingan. Afelinus bilan zararlangan bit bir necha kundan keyin oziqlanishdan to’xtab, tanasi shishadi. Mumsimon parini yo’qotib, qorayadi. Qonli bit o’lgandan so’ng uning ostidan sizib chiqqan suyuqlik bit mumiyosini substratga yopishtiradi va mumiyolangan murda qotgandan so’ng, o’sha erda (daraxt shoxi, novdasi va h.) mahkam yopishib qoladi. Afelinusning faolligi bevosita ob-havo sharoitiga bog’liq. Salqin (15-160S va pastroq) va nam havoda Urg’ochi kamharakat, quyoshli kunlarda esa faol tuxum qo’yadi. Issiq soatlarda bargning orqa tomoniga yashirinadi. Parazit yosh ko’chatlardagi, shoxlari siyraklangan va poya ildiz bo’g’zidagi qonli bitlarni kamroq zararlaydi. Afelinus uchun optimal sharoit 17-300S harorat va 70-80% havo nisbiy namligi hisoblanadi.
Afelinusning bir avlodi to’liq rivojlanishi 18 kundan 1 oygacha cho’ziladi . Markaziy Osiyoda yaydoqchi parazit 8 taga qadar avlod beradi. Qonli bitga qarshi biologik kurash maqsadida kuzda, kech kuzda, sovuq kunlar boshlanguncha, afelinus bilan zararlanib, mumiyolashgan bitlar bilan qoplangan 1-2 yillik daraxt novdalarini 10-20 sm uzunlikda qirqib, qalamchalar tayyorlanadi. Bog’-Bog’ qilib yig’ib qo’yilgan bu novda qalamchalar qish oylarida yomg’ir va qordan himoyalangan, havo yaxshi almashib turadigan, quruq, sovuq xonalarda saqlanadi. Bahorda havo harorati +80S ga ko’tarilganda, afelinus bilan zararlangan bitli novda qalamchalari sovuqroq joylarga, erto’la oralariga ko„chirib, saqlanadi.
Afelinusni qonli bitga qarshi qo’llash uchun bahorda, aprelning quruq va issiq kunlarida, qishda saqlangan qalamchalar Bog’larda bit o’rnashib olgan daraxtlarga, gektariga 15-20 qalamcha (taxminan 1000 dona afelinus) hisobidan ilib qo’yiladi.
Trexnites – Trechnites psyllae (Hymenoptera turkumi, Encyrtidae oilasi) oxirgi yoshdagi lichinkalik fazasida shirabit mumiyosi ichida to’kilgan barglarda qishlaydi. To’rtinchi va beshinchi yoshlardagi mumiyolangan nok bit bitining qanot boshlang’ichlari och-jigarrang va qorni qoramtirroq bo’ladi . V.I.Talitskiy tadqiqotlaridan ma’lum bo’lishicha, shirabit tanasidagi parazit uchib chiqqan teshikning joylanishi va hajmiga qarab parazitizm xususiyatini aniqlash mumkin. Jumladan, birinchi va uchinchi tartibdagi parazitlar shirabit mumiyosining qorin qismidan yirik teshik hosil qilib uchib chiqsa, ikkinchi tartibdagi voyaga etgan parazitlar mumiyoning elka qismidan teshik hosil qilib, uchib chiqadi. Trexnites paraziti voyaga etganlarining uchib chiqishi shirabit qishlab chiqqan tuxumlardan ommaviy ravishda lichinkalar ochib chiqish davriga to’g’ri keladi. Parazit urg’ochilari shirabit ajratgan chiqitqi hisobiga oziqlanib, 5-8 kun yashaydi. SHirabitning parazit bilan zararlangan to’rtinchi yoshdagi lichinkasi mumiyolanadi.
O„ Bargo’rovchilarning entomofaglari. Bargo’rovchilardan mevali daraxtlarning zararkunandalari sifatida olma, olxo’ri va sharq mevaxo„rlarini hamda barglarni zararlovchi ayrim bargo’rovchi turlarni alohida qayd qilish zarur.
Bog’larda bargo’rovchilar hisobiga yirtqichlik va parazitlik qiladigan ko’p tabiiy kushandalar aniqlangan. Yirtqich hasharotlardan olma, olxo’ri va boshqa mevaxo’rlarning tuxum va qurtlari bilan yirtqich qandalalar, ayrim turdagi vizildoq qo’ng’izlar, koksinellidlar, oltinko’zlar oziqlanadi.
Liotrifon –Liotryphon punctulatus (Ephialtos extensor).Olma diapauzasidagi qurtlarining keng tarqalgan tashqi paraziti (ektoparazit), oligofag.
Parazit katta yoshdagi lichinkalik fazasida olma qurti pillasida qishlaydi va kelasi yil fevralida g’umbakka aylanadi. YAydoqchining qishlovchi lichinkalari
250Ssovuqqa ham chidaydi. O’zbekistonda liotrifon g„umbaklaridan, asosanmartoxiri-aprel boshlarida, voyaga etganlari uchib chiqadi. Uchib chiqqan yaydoqchi olma mevaxo’rining qishlayotgan qurtlarini zararlashga ulguradi. YAydoqchi tuxumlarini olma mevaxo’ri qurti ustiga yoki yoniga qo’yadi. Bitta qurtga 7 donagacha tuxum qo’yishi mumkin, ammo ulardan faqat bitta lichinka to’liq rivojlanadi, qolgan lichinkalar es bir-birini shikastlashi tufayli nobud bo’ladi .Qo’yilgan tuxumlar urug’langan yoki urug’lanmagan bo’lishi mumkin.
Urug’langan tuxumlardan urg’ochilar, urug’lanmaganlaridan esa faqat erkak yaydoqchilar rivojlanadi. Mastrus yaydoqchisidan farqli o„laroq, liotrifon G’umbaklardan jinsiy voyaga etmagan holda uchib chiqadi. Bunda g’umbaklardan dastlab parazitning erkaklari, keyin esa urg’ochilari chiqadi. Urg’ochilar gul nektari va xo’jayin gemolimfasibilan oziqlanganidan keyin,tuxumlari etiladi va 56 kunlari ular tuxum qo’yishga kirishadi (16-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |