O’SIMLIKLARNING O’SISHI. O’sish- o’simlik hayotining faollik darajasini ko’rsatuvchi eng muhim jarayonlardan biridir. Chunki bu jarayon o’simlik tanasidagi barcha fiziologik va bioximik reaksiyalar natijasida sodir bo’lib, yangidan-yangi hujayralarning, organlarning hosil bo’lishi va ularning umumiy quruq massasining ortib borishi bilan xarakterlanadi.
O’simliklarning o’sishi hayvonlardan farqli ravishda butun ontogenezida davom qiladi va yangidan-yangi organlar hosil bo’ladi. Shuning uchun yuz yillik va ming yillik daraxtlarda ham yosh, bir necha kunlik organlarning borligini ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |