Qishki-kuzgi faslda boshqa ob-havo sharoitlarining chidamlilikga ta’siri.
Qishda o‘simliklarga
nafaqat manfiy harorat balki, qalin qor qoplami va muz qobiqlari hamda boshqa omillar ta’sir qiladi.
Shuning bilan birgalikda qish fasli davomida qisqa muddatli yoki keng nisbatan uzoq davrli havoning
isishi ham kuzatilishi, qor buronlarining bo‘lishi, qorsiz qishda esa achchiq izg‘irin bo‘lishi mumkin.
Bularning barchasi o‘simlikning kuchsizlanishiga, oxir oqibatda esa uning o‘limiga olib kelishi mumkin.
Bunda faqatgina kuzgi ekinlar halok bo‘lib qolmasdan, balki, ko‘p yillik o‘tlar va daraxtlar ham nobud
bo‘lishi mumkin. Noqulay omillarning barchasi qishki va bahorgi vaqtlarda turli hodisalarni yani
dimiqish ho‘llanish, ivish o‘simliklarni qishki-bahorgi “kuyish”ga olib kelishi mumkin. Shuning uchun
ham qishga chidamlilik tushunchasi yuzaga kelgan.
O‘simliklarning “qishga chidamliligi”, bu o‘simliklarning faqatgina sovuqqa emas balki, ularning
qishlashi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha noqulay omillar majmuasiga nisbatan chidamliligidir.
Dimiqish.
Ushbu hol qish unchalik sovuq bo‘lmagan davrda qalin qor ostida ro‘y beradi.
O‘simliklarda qalin qor tagida, harorat 0
0
C atrofida bo‘lganda nafas olish jadallashadi. Buning natijasida
kuz fasli davomida sovuqqa chiniqish davrida yig‘ilgan zahira qand moddalarining parchalanishi ro‘y
beradi. Shuni aytib o‘tish lozimki, o‘simliklarda qandlarning miqdori 20-25% atrofida bo‘ladi. Dimiqish
natijasida esa qandlarning miqdori 5-10 marotaba kamayib ketadi, yani 2-4% ko‘rsatkichga tushib qoladi.
Bu esa o‘simliklarning chidamsizligiga olib keladi va qorlar erigandan so‘ng ro‘y beradigan bahorgi
sovuqda nobud bo‘ladi. Bundan tashqari holsizlangan o‘simliklar zamburug‘li kasalliklarga ham tez
chalinadi.
Dimiqish hodisasiga pastki musbat haroratlarda nafas olish jadalligi past bo‘lgan va o‘z
to‘qimalarida katta miqdorda qandlarni zahiralovchi o‘simliklar nisbatan chidamli bo‘ladi.
Ivish.
Ayrim yillarda bahor faslida havoning uzoq muddatli isishi ro‘y beradi. Agar ushbu davrda
yer hali muzlagan holatda bo‘lsa qorlarning erishidan hosil bo‘lgan suv yerga singimaydi. Buning
natijasida o‘simliklarni suv qoplaydi. Bunday holda o‘simliklarga kislorod yetishmasligi natijasida
gipoksiya
holati ro‘y beradi va ular uladi. Chunki gipoksiya holatida aerob nafas olish to‘xtaydi va
anaerob nafas olish kuchayadi. Biz malumki, anaerob nafas olish jarayonida hujayralarda ATF
moddasining sintezi kamayadi va to‘qimalarda spirtlar hamda kislotalar yig‘ila boshlaydi. Spirtlar va
kislotalar ta’sirida membranalar o‘tkazuvchanligi ortadi va hujayra atrof muhitga turli suvda eruvchi
moddalarni ajrata boshlaydi.
Gipoksiya
sharoitida bir gramm molekula glyukozaning oksidlanishidan hosil bo‘lgan ATF
miqdori aerob sharoitga nisbatan 19 marotaba kam bo‘ladi. Shuning uchun ho‘llanish sharoitida
o‘simliklar o‘z hayotiy jarayonlarini saqlab qolish uchun zahira moddalarni ayniqsa qandlarni ko‘p
sarflaydi. Buning natijasida ushbu moddalarning miqdori tezda kamayib ketadi.
Suv bosgan o‘simliklar 7
0
C haroratda 5-7 kun, 20
0
C esa 1 kun yashashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |