O‘simliklar ekologiyasining 3 xil qonuni mavjud.
1. Minimum qonuni.
2. Bir omil o‘rnini boshqa omil bosa olmaslik qonuni
3. Omillarning hamkorligi qonuni.
Ekologik omillarning miqdori va o‘simlikka ta’siri turlichadir. Ularni ta’sir etish miqdoriga qarab
3 guruhga bo‘linadi.
1. Omilning minimal miqdori, ya’ni bundan kam bo‘lsa organizmni halokatga olib keladi
. 2. Omilning optimal miqdori ya’ni o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit.
3. Omilning maksimal miqdori, ya’ni bundan ortiq bo‘lsa halokatga olib keladi.
Masalan: ko‘pchilik o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishi 20-25 ga ko‘parilishi o‘sish jarayonini susaytirsa, 0 dan pastga tushishi o‘simlikni halokatga olib
keladi. Harorati omillarining o‘simlikka ta’sirini Markaziy Osiyoda o‘sadigan saksovul va g‘o‘za mi-solida kuzatsak, saksovul – 30 dan past haroratiga chidasa, g‘o‘za -2 -3 da halok bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi amaliyotida barcha agronomlar, o‘rmon xodimlari ekologik bilimlarga ega
bo‘lishi zarur. Chunki barcha agrotexnik tadbirlar (tuproqqa ishlov berish, o‘g‘it solish, hosilni yig‘ib olish, sug‘orish ishlari) ma’lum ekologik omillarga bog‘liqdir.
Savollar:
1. O‘simliklar ekologiyasi nimani o‘rganadi?
2. Autekologiya nima?
3. Sinekologiya nimani o‘rganadi?
4. Tashqi muhit deganda nimani tushunasiz?
5. Ekologik omillar deganda nimani tushunasiz?
6. Ekologiyaning qonuniyatlari nimalardan iborat?
IQLIM OMILLARI: YORUG‘LIК, HARORAT, HAVO VA SUVGA NISBATAN
O‘SIMLIКLARNING EКOLOGIК TIPLARI
Iqlim omillari yer yuzida o‘simliklarning geografik taqsimlanishida muhim rol o‘ynaydi. Bunga
asosiy sabab quyosh radiatsiyasining yer yuzi bo‘ylab turlicha taqsimlanishidir. Natijada ekvatordan
shimolga borgan sari o‘ziga xos tabiat zonalarining hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Materiklarning
dengiz bilan o‘ralganligi va ularning turli masofada joylanishi ham ularda o‘ziga xos iqlimni hosil
bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Iqlim omillariga yorug‘lik, issiqlik, suv va havo kiradi.
2. Yorug‘lik omili. Barcha yashil o‘simliklar rivojlanishi uchun yorug‘lik zarurdir. Yorug‘lik avva-
lo fotosintez jarayoni uchun zarurdir. Bu jarayonning jadalligi suv bug‘latish, oziqlanish, nafas olish
jarayonini muntazam amalga oshishini ta’minlaydi.
Yorug‘lik o‘simlikning ichki va tashqi tuzilishiga ta’sir qiladi. Yorug‘lik kuchsiz bo‘lgan joyda
o‘suvchi o‘simliklarning tanasi ingichka, bo‘g‘im oraliqlari uzun, sarg‘ish yoki och yashil rangda
bo‘ladi, barg va poyada maxanik to‘qimalar yaxshi rivojlanmaydi. Yorug‘likka bo‘lgan munosabatiga
ko‘ra o‘simliklar ikki guruhga bo‘linadi.
1. Yorug‘sevar o‘simliklar. 2. Soyasevar o‘simliklar.
O‘rmon zonasidagi keng bargli daraxtlarga va ninabargli qarag‘ayga qancha yorug‘lik ko‘p tushsa
ularda hayot jarayoni shuncha tez amalga oshadi. Bu daraxtlar orasida o‘suvchi paporotniklar va gru-
jankalar yorug‘likni juda kam talab qiladi hatto yorug‘lik ko‘payib ketsa ular qurib qoladi.
Yorug‘likning ta’sirchanlik doirasi yer yo‘zining turli nuqtasida turlichadir. Masalan: ekvatorda kun va
tun 2 marta teng bo‘lsa, qutublarda kunlar oylab davom yetadi. Yuqoridagi xususiyatlarni hisobga olib ‘simliklar 2 guruhga bo‘linadi.
1. Uzun kunli o‘simlilkar. 2.Qisqa kunli o‘simliklar.
Qisqa kunli o‘simliklarga tropik, subtropik va cho‘l zonasi o‘simliklari kiradi. Masalan soya, sholi,
tamaki, g‘o‘za, makkajo‘xori, tariq, bodiring, qovoq kabilar.
Uzun kunli o‘simliklar arpa, suli, zig‘ir javdar kabilardir. Uzun kunli o‘simliklar janubga, qisqa
kunli o‘simliklar shimolga olib borib o‘stirilsa gullamaydi va meva hosil qilmaydi. Shimoliy hududlar-
da issiqxonalarda sabzavot ekinlari yetishtirilmoqda.
3. Harorat omillari. Yer sharining quyosh radiatsiyasini turli miqdorda qabul qilishi ekvatordan
qutblarga borgan sari o‘simlik qoplamini o‘zgarib borishiga sabab bo‘ladi. Bunnig asosiy sababi ekva-
tordan shimolga borgan sari har 100 km masofada havo haroratini 0,5
ga pasayib borishidir.
Natijada yer sharida quyidagi 6 ta iqlim zonasini hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |