2. O'rmon resurslari ularning qisqarishining salbiy oqibatlari. O'simliklarning, xususan o'rmonlar maydonining qisqarishi va holatini yomonlashuvi kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan bog'liqdir. Ibtidoiy jamiyatda kishilar o'zi uchun zarur bo'lgan narsalarning bir qismini o'simliklardan olib, uning qisman bo'lsa-da, o'zgarishiga sababchi bo'lgan. Feodalizm va kapitalistik davrlarda Yer sharidagi o'rmolar shafqatsizlarcha kesildi, undan yoqilg'i sifatida, qurilishda va kema ishlashda keng ko'lamda foydalanishi tufayli uning maydoni keskin qisqardi. Ayniqsa Yer sharining aholi zich yashaydigan joylarida o'rmonlarning 2/3 qismi yo'q qilindi. Natijada 500 mln. ga erdagi o'rmonlar maydoni qisqarib, dasht biyobonga aylantirildi.
O'rmonlar ayniqsa aholi zich, kesish va tashish qulay bo'lgan joylarda va daryo vodiylarida ko'plab kesilgan. Chunki ularni suvda oqizish oson bo'lib, tashish arzonga tushgan. Bunga Oka daryosini misol qilib ko'rsatish etarlidir. Agar Okaning yuqori oqimida XVIII asrda o'rmon bilan qoplanganlik darajsi 15,8%, XIX asrda kelganda uning miqdori 3,6% tushib qolgan.
O'rmonlarni rejasiz, tartibsiz kesilishi o'z navbatida tabiatdagi muvozanatni buzilishiga sabab bo'ldi va insonnig xo'jalik faoliyati uchun qo'yidagi salbiy oqibatlarning vujudga kelish jarayonini tezlatirdi: tuproq eroziyasi tezlashdi, daryo va ko'llarning rejimi o'zgarib, suvi kamaya boshladi, suv toshqinlari, sel tez-tez bo'ladigan bo'lib qoldi, mikroiqlimga ta'sir etdi, cho'llarda ko'chma qumlar maydoni kengaydi va hokazo.
Tog'li rayonlarda suvning toshishiga, selga qarshi kurashda o'rmonlarning ahamiyati juda katta. Chunki o'rmonlar tog' yon bag'riga yoqqan yog'ining 90%ini ushlab qolsa, aksincha o'rmon yonbag'irlarida yog'inning 90%i oqimga aylanib selni vujudga keltiradi. Shu sabali Yer sharidagi qaysi tog'li joylarda o'rmonlar betartib kesilgan bo'lsa, o'sha erlarda tez-tez xavfli suv toshqinlari va sel bo'lib turadi.
O'rmonlar sayyoramiz havosini tozalab turishda juda katta ahamiyatga ega. Chunki 1 ga o'rmon 18 mln. m3 havoni tozalab turadi. Binobarin, o'rmonli erlardaga havo shahar havosidan 200 marta tozadir. Chunki 1 ga erdagi archa o'rmonlari katta bir shahar havosini tozalb tura oladi. Bulardan tashqari o'rmonlar tabiatni yanada go'zal, shifobaxsh qiladi va u orqali kishiga madaniy-estetik zavq beradi.
O'zbekiston tog'laridagi asosiy o'rmonlar Ugom, Piskom, Chotqol, Hisor, Turkiston, Zarfshon kabi tog' tizmalarida joylashgan.
Kishilar o'zlarining faoliyatida o'simliklardan haddan tashqari ko'p va betartib foydalanishlari oqibatida sayyoramizning o'simlik qoplamida jiddiy, salbiy o'zgarishlar sodir bo'lmoqda, juda qup o'simliklar turlari kamayib, noyob turga aylanib bormoqda. Shu sababli hozirgi kunda Yer sharining yashil boyliklarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, qayta boyitib borish muhim masalaga aylanib qoldi.
1948 yilda BMT qoshidagi Tabiatni muhofaza qilish bo'yicha ishlarni boshqaruvchi va konsultasiya beruvchi organ – Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro ittifoqi tuzildi. Bunga 100 dan ortiq mamlakatlarning 450 davlatlar va jamoat tashkilotlari birlashtirildi. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi ilmiy jamoatchilikka murojaat qilib barcha mamlakatlardagi nodir va yo'qolib borayotgan xayvonlarning holatini har tomonlama o'rganishda yordam berish, ularni muhofaza qilish choralarini topishga chaqirdi. Noyob va kamayib borayotgan hamda yo'qolish xavfi ostida turgan barcha turlarni o'rganiuvchi diomiy komissiya tuzdi. Bu komissiya bir necha yillar (1949-1966) mobaynida nodir va kamayib borayotgan hamda yo'qolshi xavfi ostida turgan barcha turlar haqida material to'plab, maxsus “Qizil kitob” (The Red Data Book) va hozirgi foydalanish joyi, soni, biologik xususiyatlari, dunyo hayvonot bog'laridagi miqdori va har xil mamlakatlarda ximoya qilish uchun qabul qilingan chora-tadbirlar haqida ma'lumotlar keltiriladi.
Xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvon turlari 5 ta toifaga bo'lingan:
Yo'qolib borayotgan turlar;
Kamayib borayotgan turlar;
Noyob-nodir turlar;
Noaniq turlar;
Tegishli chora-tadbirlar
Sobiq ittifoqda 1974 yilda “Qizil kitob” ta'sis etilgan bo'lib, 1978 yilda “Qizil kitob” chop etildi. Unga 63 tur va kenja tur sut emizuvchilar, 63 ta qush, 8 ta amfibiy, 21 ta sudralib yuruvchi mavjudotlar kiritilgan edi. “Qizil kitob” ning O'zbekistonga ta'luqli joylari ko'pgina olimlar tomonidan ishlab chiqildi.
O'zbekiston respublikasining turli mintaqalarida 650 dan ortiq umurtqali hayvonlari, shu jumladan, 79 dan ortiq qushlar, 99 ta sutemizuvchilar turlari va tur vakillari uchraydi. Faqat Sirdaryo va Amudaryo vohasida joylashgan suv omborlari va ko'llarda baliqlarning 60 turi, ambfibiyalarning 3 turi uchraydi. Respublikamizda sudralib yuruvchilarning 57 turi, suvemizuvchilarning 91 turi va qushlarning 410dan turi uchraydi. O`simlik dunyosini huquqiy holati uning tabiat va jamiyatdagi ana shu o`rni hamda ahamiyatini e'tiborga olgan holda belgilanadi. Tabiat obyektlari ichida o`simlik dunyosi muhim ekologik funksiyani bajarishi bilan xarakterlanadi. U tabiiy atrof muhit muvozanatini saqlab turib, undagi tirik mavjudodni yashashi uchun muhim bo`lgan kislorod yetkazib beradi. Shuningdek, o`simlik dunyosi yerni suv va shamol eroziyasidan, quyosh nuridan saqlashda, suvni muhofaza etishda muhim rol o`ynaydi.
O`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va undan foydalanish bo`yicha huquiy holatni belgilashda O`zbekiston Respublikasining "O`rmon to`g`risida"gi va "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunlari alohida o`rinni egallaydi. Bu qonunlarda o`simlik dunyosi obyektlari, ushbu obyektlardan foydalanish turlari, muddatlari, normativlari, foydalanuvchilarning huquq va majburiyatyalari, o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishni cheklash, to`xtatish va man etish, o`simlik dunyosi obyektlarining monitoringi, davlat kadastri kabi masalalar tartibga solingan.
O`simlik dunyosining huquqiy holatini belgilashda harakatdagi qonunchilik uning obyektlarini aniqlashga alohida e'tibor bergan. Chunonchi O`zbekiston Respublikasining "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 5-moddasiga ko`ra, o`simlik dunyosi obyektlarini, birinchidan, yovvoyi organizmlar, ya'ni daraxt, buta va o`tsimon urug`laydigan o`simliklar, qirqquloqsimonlar, mohsimonlar, suv o`tlari, lishayniklar va zamburug`lar o`zining butun xilma-xil turlari bilan; ikkinchidan, yovvoyi organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o`simliklar jamoalari yoki ularning har qanday majmui; uchinchidan, kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostida turgan o`simlik turlari; to`rtinchidan, yovvoyi o`simliklarning mevalari, urug`lari va boshqa qismlari yoki ular hayot faoliyatining mahsullari tashkil etadi.
"O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonun o`simlik dunyosidan foydalanish muddatlari, shakllari, turlari, normativlari, bekor qilish asoslarini o`rnatishga katta ahamiyat bergan. Bu normalarda o`simlik dunyosidan foydalanishning huquqiy holati, tartiblari o`rnatilgan. Chunonchi, qonunning 6-moddasida o`rnatilishicha, o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus bo`lishi mumkin. O`simlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun bepul amalga oshiriladi. O`simlik dunyosi obyektlari maxsus foydalanishga ishlab chiqarish faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun haq evaziga yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnomalar asosida beriladi. O`simlik dunyosi obyektlari doimiy yoki vaqtincha (uzoq muddatli va qisqa muddatli) foydalanishga beriladi.
O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini bekor qilish tartibi va asoslari qonunda batafsil belgilab berilgan. O`zbekiston Respublikasining "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunining 19-moddasiga binoan o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqi shunday huquqdan voz kechilganda; muddat tugaganda; foydalanuvchi yuridik shaxs tugatilganda; o`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni takror ko`paytirish qoidalari, normativlari buzilganda; haq belgilangan muddatda to`lanmaganda; foydalanish ta'sirida tabiiy o`simliklar jamoalarida asliga qaytarib bo`lmas o`zgarishlar xavfi yuzaga kelganda; yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo`yilganda bekor qilinadi. Ayrim turdagi yovvoyi o`simliklarning, masalan, zaharli, giyohvand moddasi bor, karantinli o`simliklar, begona o`tlar hamda shudgorlar, pichanzorlar va yaylovlarning o`z-o`zidan o`t bosib ketishga ko`maklashadigan boshqa o`simliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish boshqa o`simliklarga va o`zga tabiat obyektlariga zarar yetkazilishiga yo`l qo`yilmaydigan hamda tabiiy o`simliklar jamoalarining va ular o`sadigan muhitning saqlanishini ta'minlaydigan usullar bilan amalga oshiriladi. Tarqalishi va miqdori tartibga solinishi lozim bo`lgan yovvoyi o`simliklarning turlari maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining xulosalari asosida belgilab beriladi.
O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va O`zbekiston Respublikasi Davlat o`rmon qo`mitasi o`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari hisoblanadilar. O`lar zimmasiga o`simlik dunyosi obyektlaridan qonunda belgilangan tartib va asoslarda samarali va maqsadga muvofiq foydalanishni boshqarish vazifasi yuklatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |