O‘simlik moylari, ularning assortimenti va sifat ko‘rsatkichlari


O‘simlik moylarining hosil qilinishi



Download 22,77 Kb.
bet2/4
Sana13.01.2022
Hajmi22,77 Kb.
#356139
1   2   3   4
Bog'liq
O‘simlik moylari, ularning assortimenti va sifat ko‘rsatkichlari (1)

O‘simlik moylarining hosil qilinishi. O‘simlik moylari presslash va ekstraktsiya qilish usuli bilan hosil qilinadi. Birinchi usul moyni xom ashyodan yuqori bosim ostida mexanikaviy ravishda siqib chiqarishga asoslangan, ikkinchisi - ba’zi moddalar (benzin, dixloretan) yordamida yog‘ni eritib, shu yo‘l bi­lan ularni urug‘dan chiqarib olishga asoslangan. shuningdek, tarkibida yog‘ bo‘lgan xom ashyoga kompleks (kombinatsiyalashti­rilgan) ishlov berish (kunjarani presslagandan so‘ng ekstrak­tsiya qilish) usuli ham qo‘llaniladi.

Presslash yoki ekstraktsiya qilish yo‘li bilan olingan moylarda turli mexanikaviy aralashmalar, oqsilli moddalar, fosfatidlar, erkin yog‘ kislotalari, pigmentlar bo‘ladi. Oziq-ovqat maqsadlarida ishlatiladigan o‘simlik moylari hech qanday aralashmasiz bo‘lishi, yoqimsiz ta’m va hid bo‘lmasligi lozim. shu maqsadda ular aralashmalardan to‘la yoki qisman tozalanadi (rafinatsiya qilinadi): mexanikaviy tozalanadi, gid­ratatsiya qilinadi, neytralizatsiyalanadi, oqlanadi va dezodo­ratsiya qilinadi.



Mexanikaviy tozalash filtrli presslarda o‘tkaziladi, bunda moy begona va nisbatan yirik aralashmalardan tozala­nadi.

Gidratatsiya qilish - bunda moyga 70°C gacha isitilgan suv bilan ishlov beriladi. Buning natijasida oqsilli shilliq moddalar, fosfatidlar shishib o‘raladi va massaning ostiga cho‘kadi. Cho‘kish vaqtida ular juda mayda mexanikaviy aralashmalarni ham o‘zlariga oladi. Moy tindirilgandan so‘ng cho‘kma olib tashlanadi.

Neytralizatsiyalash ishqor eritmasi yordamida o‘tkaziladi. Bunda erkin yog‘ kislotalari moyda erimaydigan sovunlarga aylanadi.

Oqlash moydagi turli bo‘yoq moddalarni yo‘qotish maqsadida o‘tkaziladi. Oqlash oqlovchi tuproqlar yordamida amalga oshiriladi. Bu tuproqlar bo‘yovchi moddalarni o‘ziga yig‘ib oladi.

Dezodoratsiya tabiiy yoki saqlash va ishlab chiqarish vaqtida hosil bo‘lgan yoqimsiz ta’m va hidni yo‘qotish maqsadida o‘tkaziladi. Buning uchun 170-230°C gacha qizdirilgan yog‘ massasi orqali tagidan quruq, o‘tkir, issiq bug‘ o‘tkaziladi.

Savdoga keladigan moylar tozalanish darajasiga ko‘ra, standartga muvofiq tozalanmagan (rafinatsiya qilinmagan), gidratatsiya qilingan va tozalangan (rafinatsiya qilingan) moylarga bo‘linadi.

Yog‘ kislotalarining tarkibiga qarab, barcha moylar qotadigan (zig‘ir, kanop, yong‘oq moyi), chala qotadigan (kungaboqar, paxta, zaytun, soya, gorchitsa, kunjut moyi va boshqalar) va qotmaydigan (kastora moyi va boshqalar) moylarga bo‘linadi.


Download 22,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish