1. Oldini oluvchi(himoyalovchi) fungitsidlar patogenlarni reproduktiv organlariga, organizmga o‘tgunga qadar ta’sir etadi.
2. Davolovchi fungitsidlar - patogenlarning vegetativ, reproduktiv hamda qishlab koluvchi davrlariga ta’sir etadi. Qo‘llash muddatlari, patogen rivojlanish davrlariga qarab samaradorligi ham turlicha bo‘ladi. Qancha tez va o‘z vaqtida bajarilsa, shuncha samarasi yuqori bo‘ladi va aksincha, fungitsidlarning bu guruhi bir paytning o‘zida bir xil quvvatda ham oldini oluvchi ham davolovchi bo‘lishi mumkin. Organizmga tarqalishiga qarab fungitsidlar: Kontakt fungitsidlar- o‘simlik shirasiga so‘rilib kasallik infeksiyasiga tegib ta’sir etadi, misning, oltingugurtning anorganik birikmalari, ditiokarbomin kislota mahsulotlari misolida ko‘rish mumkin. Ularning ta’sir muddatlari o‘simlik ustida yopishib turishi, meteorologik sharoitlarga bog‘liq.
Sistemali (ichki) fungitsidlar- o‘simlikka so‘rilib, (ildiz, barg, ildiz-barg; keksa-yosh barg siljishi) o‘simlikka ma’lum quvvatda ta’sir etmasdan, organizmdagi infeksiyaga ta’sir etadi (benlat, vitavaks, ridomil, bayleton va boshqalar). Ta’sir etish vaqti, muddati, samaradorligi meteorologik sharoitga uncha bog‘liq emas, balki, metabolizm (parchalanish) xarakteri va tezligiga bog‘liq.
Ta’rif: O‘simliklarni vigetatsiya davrida qo‘llaydigan fungitsidlar. Bu guruhga kiruvchi fungitsidlar o‘z navbatida kontakt va sistemalilarga bo‘linadi.
Kontakt fungitsidlarni qo‘llash bir necha bor takrorlanadi (2-6 va undan ko‘proq) chunki, ta’sir etish muddatlari qisqa 5-25 kun. Fungitsidlarni qo‘llash muddatlarini to‘g‘ri aniqlash katta ahamiyatga ega, fungitsidlarning samaradorligi yuzaga to‘g‘ri, tekis taqsimlanishiga, barglar ustki, ostki tomonidan bir tekisda ishlanganligiga, tez oqib ketmasligiga bog‘liq.
Soxta un shudring va boshqa kasalliklarga kontakt ta’sir etuvchi fungitsidlar. (tokning mildyu, kartoshkaning fitoftora, piyozning perenosporoz, tamakining perenosporoz, lavlagining perenosporoz va boshqa kasalliklar) mevali daraxtlarning dog‘, qo‘tir kabi kasalliklari
1.Mis guruhi. Bordo suyuqligi, xlorokis medi, ayniqsa mildyu, fitoftoroz, perenosporoz, olmaning qo‘tir va boshqa dog‘ kasalliklariga yaxshi ta’sir etadi, chunki bu zamburug‘larining mitseliyalari, tanalari to‘qimalari ichida hujayralarda rivojlanganligi tufayli kontakt fungitsidlar bilan o‘ldirish qiyin, shuning uchun ham qarshi kurashda oldini olish katta ahamiyatga ega.
Mis preparatlari rivojlanish oldidan berilganda samarasi yuqori bo‘ladi (rezerv, ko‘k purkash iborasi shundan kelib chiqqan). Bordo suyuqligi 10-20 kun ta’sir etishi mumkin, lekin kamchiligi- fitotoksik - ya’ni o‘simlikka salbiy ta’sir etadi (ayniqsa yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lganda, ta’siri yanada kuchayadi).
Gullash va vegetatsiya davrida misli fungitsidlarni qo‘llashni cheklash lozim.
Mevalarni pishish oldidan xlorokis med qo‘llansa yaxshi chunki, Bordo suyuqligidan ko‘ra fitotoksikligi kam. Mis birikmalari turg‘un, ular tashqi muhitda aylanib (sirkulyatsiya) o‘simlik, tuproq, suv havzalarida yig‘ilishi mumkin. Suv havzalarida organik moddalarning mineralizatsiya jarayonlariga salbiy ta’sir etadi chunki zamburug‘, bakteriyalarga fungitsidlik, bakteritsidlik ta’sir etadi. 0,2-0,5 g quvvatda organizmda qayt (qusish) ni olib keladi, 1-2 g esa o‘limga olib kelishi mumkin. Mis- odam organizmi, hayvonlar uchun zaharlidir. Oshqozon ichak sistemasini kuchli yallig‘lantiradi, yuqori nafas yullarini, terini tekkan joylarini yaralaydi, qo‘tir, temiratkiga olib keladi.
1. Bordo suyuqligi- ohak va mis kuporosidan tayyorlanadi. Ishqorli reaksiyada yaxshi. 1-4 % i 400-1200 l/ga normada tavsiya etilgan. Quvvati mis kuporosiga nisbatan belgilanadi. 100l 1% bordo suyuqligi tayyorlash uchun 1kg mis kuporosi 50 l suvda va 1 kg ohak 50 l suvda eritilib tayyorlanadi. Nordon reayatsiyali bordo suyuqligi ohak bilan neytrallanadi. BJ fosfororganik birikmalar bilan aralashtirib qo‘llanilmaydi. Fungitsidlik ta’siri -gidromuda havodagi ko‘mir kislotasi bilan (o‘simlik va zamburug‘ chiqargan) mis sulfat tuzi parchalanib mis sulfat ajratadi.
CuSO4*3Cu(OH)2+H2o+3CO2=CuSO4+3CuSO3+4H2O
Bu jarayon yog‘ingarchilikda tezroq o‘tadi va ta’sir muddati pasayadi, hamda o‘simlik ko‘yishi mumkin.
Bordo suyuqligi o‘simlik kasallanishi boshlanishi oldidan yuqori samarali chunki, kontakt ta’sir etuvchi preparat (ko‘rtak chiqarish oldidan) bu ishni 3-4% BJ bilan bajarilishi tavsiya etiladi. (qo‘tir, meva chirish, klyasterosporioz, olxo‘rining qizil dog‘lanishi va hokazo).
Yozgi purkashda 1% quvvatda 6-20kg/ga normada har 7-15 kunda qaytarilmog‘i zarur. Un shudring kasalliklari, tamaki va moxarkaning pereposporoz kasalliklariga samarasi kam. Oxirgi ishlov berish muddati 15 kun, polizda-5 kun; pomidorda- 8 kun, iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish tavsiya etiladi.
Bordo suyuqligi yopishqoqligi bilan birinchi o‘rinda tursada, mis kuporosi sarfining ko‘pligi, tayyorlashning murakkabligi, o‘simlikka salbiy ta’sir etishi (ko‘ydirish) uning qo‘llanilishini cheklaydi va o‘rniga xlorokis medi preparatini tavsiya etadi. Odamlarga kam ta’sir etuvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |