* * *
Abu Said Xurosonni o‘ziga itoat ettirgandan keyin Ozarbayjonni qo‘lga kiritishga bel bog‘ladi va G‘arbiy Erondagi bir jangda halok bo‘ldi. Poytaxti Hirot esa, paytdan foydalanib Xurosonga bostirib kirgan Xusayn Boyqaro tomonidan ishg‘ol qilindi. Abu Said tomonidan Samarqandga surgun qilingan Navoiy Hirotga qaytib keldi va davlat ishlariga qatnashib, mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatishda Husayn Boyqaroga yordam berdi.
Bir kun shoir saroyga kelganda soqchilik qilib turgan navkarlardan biri unga yaqin kelib salom berdi. Navoiy bu qora soqol novcha odamni allaqayerda ko‘rgandek edi.
Tonimadingizmu? Ajab! Abu Said zamonida meni va bir do‘stimni o‘limdan qutqorg‘on erdingiz.
Navoiy uni darhol tanidi.
Sizni yana sog‘-salomat ko‘rib behad quvondim.
Do‘stingiz qayda, boshi omonmi?
Boshi omon. O‘shal kuni mendin ayrilib, o‘z qishlog‘i Fayziobodg‘a ketdi, men o‘z cheriklarimizga borib qo‘shildim.
Borakallo. Mirzoga sodiq ekansiz. Omon bo‘ling.
Navoiy u bilan xayrlashib, devonxonaga kirib ketdi. O‘sha kuni xayoli buzilib, yoshlik davri, Abu Said vaqtida ko‘rgan-kechirganlari, Mirzobek va uning otasi esiga tushib ketdi. Keyingi vaqtda Sulton Hasanbekning dushmanlari ig‘vo qilib, uning payini qirqmoqchi edilar. Navoiy uni dushmanlardan himoya qilish lozimligini xayolidan o‘tkazdi. Vaqtni qo‘ldan bermay darhol bu ishga kirishish kerak edi. Ertasiga u podshoh huzuriga kirganda shu to‘g‘rida gap ochdi.
Sulton Hasan jang rusumin yaxshi biladurgan sarkarda, – dedi keyingi vaqtlarda yuzi to‘lishib ketgan Husayn Boyqaro qiyiq ko‘zlarini chaqnatib.
Abu Said zamonida mening Xurosong‘a yiborgan cheriklarimga ko‘p talafot yetkazgan. Qandog‘ qilib aning gunohidin o‘tay.
Abu Saidga kimlar xizmat qilmadi? Axir mamlakatda osoyishtaliq o‘rnatamen degan podshoh- g‘a hamma ham xizmat qiladur-da. Sizga maslahatim shulki, Abu Saidning barcha salohiyatli beklarin va navkarlarin o‘z xizmatingizga olsangiz va alarning avvalg‘i gunohlaridin o‘tsangiz. Sulton Hasanbek- ning kaminaga ko‘b yaxshiligi tekkan. Boshimg‘a falokat tushgan kezlarda menga yordam ilkini uzatgan. Aning o‘g‘li asir tushgan ikki navkarin- gizni qo‘yib yiborgan erdi...
Eshitganmen, dedi mirzo Husayn hovridan tushib. – Abu Alini bir sherigi bila alar o‘ltirmay qo‘yib yiborgan ekanlar. Mayli... Sizning so‘zingiz o‘lmasin. Shul kichik savob ishlari uchun ota-
bolaning gunohidin o‘tdim. Borib ayting, qo‘rqmay o‘z xonalarida yashayversinlar. Navoiy xursand bo‘lib o‘rnidan turdi va ta’zim qilib chiqib ketdi. Sulton Hasanbek va Mirzobek Hirotda rohat- farog‘atda umr kechirib, o‘z ajallari bilan o‘ldilar1.
Do'stlaringiz bilan baham: |