Markaziy Osiyo yer yuzidagi eng katta tabiiy o`lka bo`lib Yevrosiyoning o`rta qismini egallaydi. U Shimolida ham Sharqda ham Rossiya davlat geografiyasidan ham o`tadi.
G`arbda, Shimolda, Janubda tog`lar bilan o`ralgan. Markaziy Osiyoning geografik o`rni taxminan quyidagi koordinat bilan belgilangan. 50° bilan 27° shimoliy kenglik va 76°-120° shimoliy orasida joylashgan.
Markaziy Osiyo butun yer yuzining eng baland o`lkasidir. Uning ichki qismi keng yassi tog`liklardan iborat bo`lib ular baland tog` tizmalari bilan o`ralgan.
Baland tog` tizmalarining bunday joylashish natijasida
a) Markaziy Osiyoda katta oqimlar xavzalarining bo`lishiga
b) Markaziy Osiyoning dengiz va okeanlarning ta`siridan uzoqka bo`linishiga sababdir.
O`lkaning yuqoridagi sabablarga ko`ra uzoq vaqtlargacha kam tekshirilishiga sabab bo`lgan.
Markaziy Osiyo rayonlari xaqidagi qadimgi ma`lumotlar Xitoydagi yozuvlarda bor. Eramizdan 2 asr burun Chitonsip degan sayyox Markaziy Osiyoni kesib so`ng Farg`ona vodiysiga kelgan. VII asrda Suanszen Markaziy Osiyoni o`rganganlar.
13 asrda Chan-Chun degan sayyox Markaziy Osiyoni aylanib chiqqan. 19 asrdan 2-yarmidan boshlab Markaziy Osiyoni tabiatini birinchi bo`lib tekshirgan, ulug` rus sayyoxi N.M.Prjevalskiy. So`ngra Gumbold, V.A.Obruchayev va boshqalar o`rganib o`z xissalarini qo`shib juda ko`p ilmiy asarlar yaratganlar.
Markaziy Osiyo tog` yaratilish xarakatlar xozirgi geologik davrlarda ham davom etmokda. Uning yer yuzasi palaxsali tursimon kartalar tuzilishiga ega bir necha bir qayta tiklangan tektonik xarakatlar ana shunday tuzilishni hosil qiladi, territoriyani relyefini umumiy xususiyatlari tektonikaning juda katta rol o`ynaganiga protsesslari kuchsizlanishiga struktura taklanish keskin ifodalagani tekisliklar yuzalari ko`p tarqalganligiga bog`liqdir.
Janubiy Mongoliya va Shimoliy Xitoyda Gobi yassi tog`ligi Ordos yassi tog`ligi, Alshan cho`li Beyshan yassi tog`ligi qirib landshafti cho`l va dashtlardir.
Janubda Tibet tog`ligi, g`arbdan Shimoliy, g`arbiy Xitoy cho`llari o`rab turadi. Territoriyaning platformasining strukturasi Mezozoydagi tektonik xarakatlar natijasida murakkablashgan. Yer usti tuzilishini keng, baland, kristali jinslardan tuzilgan yassi tog`liklar tashkil etadi.
Ularning o`sishini qadimgi dengiz yotqiziqlari yoki mezozoyning kontinental cho`kindi jinslari qoplab yotadi. Yassi tog`larning erosiya parchalab palaxsali tog` tizmalari bilan uyg`unlashgan.
Tog`lar Qoyali, yonbag`irlarida chuqur eroziya ayiqlar bor. Gobi yassi tog`da shamol natijasida botiqlar hosil bo`lgan. Bundan tashqari qum to`plamlari barxanlari gryadalar mavjuddir. Ordos platosi-platforma Sineklizasi bo`lib, Yura va bur davrining qumtoshlari bilan to`lgan. G`arbiy qismi baland 3000 m bo`lib, u Arbiss tog`lari va Alashan tizmasi bilan o`ralgan. Alashan cho`qqisi 3600 m ko`tarilgan. G`arbiy tomonidagi qumli cho`lga tik tushgan Gardan Edzin Gol daryosi vodiysi Alashan cho`lini 2000 m ortik baland joylashgan.
Edzin - Gol daryosi ko`lga quyiladi chegara tog`laridan oqib tushadigan daryolar sugoriga ishlatiladi va qumlarni ichida yuk bo`lib ketadi. O`lkada ko`llar ko`p ammo hammasi tur ko`l vaqti vaqti bilan suvsiz yotadi. Aholiga va o`simliklar uchun grunt suvlari ahamiyatlidir. Shuning uchun quduqlar kavlanadi. Sovuqda quduqlar ham muzlab aholi uchun suv kiyinchiligi ortadi.
Tuprog`i dashtga xos va qumli namli joylarda ba`zilarida daaxtlar uchraydi ulardan saksovul, juzgun shura, Gobida qumartiki uni donidan un tayyorlanadi. Qumli joylarda yovvoyi piyozli o`simliklar o`sadi. SHo`rxoklarda shuvoq, gobi chalovi o`sadi.
Grunt suvi yer yuzasiga yaqin joylashganda terak qamishlar uchraydi, xayvonlardan tuyoqlilar, kemiruvchilar, Antilopalar va ularni turlaridir. Prjevalskiy oti (qirilib ketgan), yovvoyi tuya, yovvoyi eshak, Gobi ayig`i yashaydi kemiruvchilar ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |