Осиёнинг табиий географик ўлкалари



Download 78,5 Kb.
bet1/4
Sana08.07.2022
Hajmi78,5 Kb.
#758684
  1   2   3   4
Bog'liq
Osiyoning tabiiy geografik o`lkalari


Osiyoning tabiiy geografik o`lkalari


R e j a :




1. Osiyoning tabiiy geografik o`lkalari.
2. G`arbiy Sibir.
3. Uzoq Sharq.
4. Sharqiy Osiyo.
5. Janubiy Osiyo.
6. Janubi-sharqiy Osiyo.
7. Janubi-g`arbiy Osiyo.
8. Old Osiyo.


Sharqiy Osiyo yoki Uzoq Sharq tarkibiga Sharqiy Xitoy, Shimoliy-Sharqiy Xitoy va Koreya yarim oroli hamda Yapon orollari kiradi. Bu tabiiy o`lkalar bir-biridan anchagina farq qilishiga qaramay, umumiy belgilariga ham egadirlar: bu umumiy belgilar ularning geografik o`rni, materikning sharqiy chekka qismida Tinch okean bilan keng masofada tutashib turgan sharoitda tarkib topishi va rivojlanishi birligi tufayli mavjuddir. Musson sirkulyatsiyasining ta`siri Markaziy Osiyo bilan bo`lgan chegaradagi tog`lar-Sichuan Alpi, Sinlin va Katta Xingangacha boradi. Yog`in sochinning mavsumiy tafovuti ham musson sirkulyatsiyasiga bog`liq. Yetarli miqdordagi issiqlik va nam uchlamchi davrdan buyon o`rmonlarning rivojlanishi uchun qulaylik tug`dirib kelmokda.
O`rmonlar tarixiy davrdan ilgariyoq tog`larnigina emas, balki tekisliklarni ham qoplab olgan. Xozirgi o`rmonsiz tekisliklar juda zich yashaydigan aholining ko`p asrlik dehqonchilik faoliyati natijasidir. Muzlik ta`sirini totmay, pana joylarda tarkib topgan flora bilan fauna juda qadimiy bo`lib xilma-xil turlarga ega. Bu yerda fauna va floraning tropikda yashovchi vakillari bilan birga mo`tadil mintaqa vakillari, xatto to`rtlamchi davr muzlanishi davrida materikning shimoliy va shimoliy-sharqiy tomonlaidan kelib, maxalliy sharoitga o`rganib qolgan Arktikaga xos vakillari ham yonma-yon yashaydi.
Sharqiy Osiyoda tabiiy sharoitning qulayligi, chunonchi hosildor tuproqlar va nam iqlimning, ko`pdan-ko`p daryo va ko`llarning uyg`un kelishi, xududning dengiz bo`yida joylashganligi-bularning hammasi aholining qadimdan zich joylashganligiga va bu yerda butun maydonning 20% dan kam qismini tashkil etgan tekisliklarnigina emas, balki tog`li rayonlarni ham xo`jalikda tezda o`zlashtirilishiga yordam berdi. Aholining ko`p yillik faoliyati natijasida tabiiy landshaftlar ancha o`zgarib, ular o`rnida madaniy landshaftlarga aylantirilgan Sharqiy Osiyoning antropogen landshaftlari juda o`ziga xosdir, ular G`arbiy Yevropaning sanoatlashgan landshaftlaridan farq qilib, so`nggi vaqtlargacha asosan qishloq xo`jaligi landshaftlari bo`lib qolmoqda.
Sharqiy Xitoy relyefining yirik tektonik shakllari orasida Shimoliy Xitoy pasttekisligi, Sichuan kotlovinasi, shuningdek kichikroq kotlovinalardan Duntinxu, Poyanxu ko`llari joylashgan kotlovinalar ko`tarilgan relyef shakllarida Sinlin tizma tog`i, Janubiy Xitoy tog`lari, Guychjou platosi, Yunnan tog`liklari ajralib turadi.
Sharqiy Xitoy daryolari rejimi musson sirkulyatsiyasiga bog`liq, ular yozda to`lib oqib, qishda sayozlanib koladi. Chunonchi, Yanszi daryosi suv satxi Sichuan kotlovinasidan oqib chiqishda, Ichana shaxari yaqinida xar yili yomg`irgarchilik davrida 20-23 m ko`tariladi. Xatto kuyi oqimda ham, toshqin suvlari Duntinxu va Poyanxu ko`llariga yigilishiga qaramay, yog`ingarchilik mavmsumi oxirida daryodagi maksimal suv sarfi yillik o`rtacha mikdordan 2 xissa ortib bo`ladi.
Sharqiy Xitoyning musson iqlimi Yaponiya iqlimidan farq qilib ancha sovuq va qish quruq kelishi sababli hamma fasllarda kontinentalrokdir. Yanvarda nol gradusli izoterma Gibraltar bugozi bilan bir kenglikda joylashgan Sindao shaxri orqali o`tadi.
Pasttekisliklar orasida Shimoliy Xitoy pasttekiligi (Buyuk Xitoy tekisligi) aloxida ajralib turadi. Uning Sariq dengiz tomonga ko`z ilg`amas darajada nishab bo`lgan yassi yuzasi Xuanxe, Xuayxe va qisman Yanszi daryolari suvninig uzoq vaqt davomida lyoss, qum va gilni yuvib kelib yotkizishi natijasida vujudga kelgan.
Pastekislikda daraxtlar deyarli yo`q. Hamma yer xaydalib, juda diqqat bilan ishlangan. Dengiz bo`yidagi daryolarning "haqiqiy" quruqlikka aylanib ulgurmagan yosh keltirma jinslari tarqalgan keng yerlar bundan mustasnodir: botqoqlik va shurxoklar 30% ga yaqin maydonni ishg`ol qiladi. Pasttekislikda makkajo`xori, gaolyan, tariq, kartoshka, soya, yeryongok, nasha, paxta yetishtiriladi. Keyingi yillarda mamlakat tabiatini o`zgaritirish planiga muvofiq pasttekislikka daraxtlar o`tqazilmokda.
Pasttekislikda ko`plab kanallar o`tli tomonga yunalgan bo`lib, bu kanallardan kema qatnovida, yerlarni sug`orishda, baliq ovlashda va toshqin vaqtida, ko`llar kabi, suv omborlari sifatida foydalaniladi. Yanszi daryosi kuyi oqimining qirg`oqlari bir necha qator ko`tarmalar bilan tusilgan: ko`tarmalar pasttekislikni dengiz tomondan ham to`sib turadi, daryo etagining aholisi dengizdan keng polderlar polosasini ajratib olgan.
Yanszidan janubrokda Janubiy Xitoy tog`lari joylashgan. Janubiy Xitoy tog`lari notektonik xarakatlar bosqichida yoshargan: tog`lar gumbaz shaklida ko`tarilgan, natijada yuvilish jarayoni kuchaygan.
Yanszinning o`rta oqimida tog`lar bilan o`ralgan Sichuan kotlovinasi, ya`ni qizil xavza joylashgan, uning katta amfiteatr shaklida bo`lishiga sabab Xitoy platformasi shu qismining uzoq vakt davomida cho`kkanligidir. Kotlovinani to`ldirgan qizil rangli qatlamlar silur davridan buyon vujudga kelgan. Markaziy qism eng ko`p cho`kkan.
Qizil xavzadan shimolrokda Sinlin tog` tizmasi geografik kenglik bo`ylab cho`zilgan. Uning morfologik xususiyati yon bag`irlarning tik va keskin assimetrik ekanligi hamda o`rtacha balandliklarning kattaligidan (2500 m ga yaqin) iboratdir.
Janubiy Xitoyda joylashgan Sitszyan daryosi xavzasi, Janubiy Xitoy dengiz soxillari va Xaynan oroli nam tropik landshaftlari bilan xarakterlanadi. Bu yerda qishda havo xarorati 15°S atrofida, yozda esa 28°S bo`ladi. Yillik yog`in miqdori 1300 mm dan 2000 mm gacha boradi. O`simliklar yilning hamma fasllarida o`sa beradi, dalalardan yiliga uch martadan hosil olinadi. Dehqonchilik uchun salgina bo`lsada, yarokli bo`lgan barcha yerlar ishlanib, sholi, choy, sitrus o`simliklari, shakarqamish va boshqa xil tropik o`simliklari yetishtiriladi.
"Tosh o`rmonlar" yer ostida hosil bo`lgan va ular ustidagi suv o`tkazuvchi qumtosh qatlamlari yemirilib, olib ketilgandan keyin ajoyib karst hosilalari yer yuzasiga chiqib qolgan, deb taxmin qiladilar.
Tayvan oroli - Xitoyning eng katta (maydoni 35834 km.kv) orolidir. Relyefga ko`ra Tayvanning ikki qismga: tog`lar ko`pchilikni tashkil etgan sharqiy va tekislikdan iborat g`arbiy qismlarga bo`lish mumkin. Tog`larning juda balandligi (3950 m gacha) burmalangan haminni baland ko`tarib yuborgan yosh gumbazsimon ko`tarilishlar bilan bog`liq. Orol relyefining tarkib topishida gumbazsimon ko`tarilish bilan birga chuqurdagi yorilishlar, vulqonlar faoliyati va muz bosishi
ham qator rol uynagan. Orolda subekvatorial namgarchil iqlim sharoitida o`simliklar bark urib rivojlanadi.
Shimoliy-Sharqiy Xitoy yoki Dunbey landshaftlari ba`zi joyda sertepa, ba`zi joyda yassi va botqoq bosgan tekisliklardan hamda ularni taka shaklida o`rab olgan tog`lardan iborat. Ikki joyda tog` yo`lagi bor: biri So`ngari vodiysi bo`ylab shimoli-sharqka Amurga chikadi, ikkinchisi esa Lyaoxe vodiysi orqali janubga Lyaodun qo`ltig`iga chiqadi. Tog`lar o`rmonlar bilan qoplangan, bu o`rmonlar qiya esa etaklarida keng o`rmon-dasht polosasi bilan almashinadi, undan esa tekisliklardagi preriya va dashtlarga o`tiladi.
Janubiy Manjuriya tekisligi Lyaoxe daryosi buylab joylashgan bo`lib, aholi ancha zich joylashgan. Daryo vodiylarigina emas, balki suvayirgichlardagi yerlar ham yoppasiga xaydalib, sholi, dukkakli ekinlar ekiladi, boglar barpo kilingan, poliz ekinlari yetishtiriladi. Bu tekislikni shimoldan janubga tomon kesib o`tilsa, faqat qishloq xujaligi landshaftlarini emas, balki turli xil sanoat landshaftlarini ham kuzatish mumkin. Temir va ko`mir qazib chiqaradigan markazlar Fushun, Fusin, Anshan va boshqka yirik sanoat shaxarlari mavjud. Markaziy Manjuriya tekisligi - yomg`ir keltiradigan havo oqimlaridan panada joylashgan, bu yerga qish vaqtida Sibir va Markaziy Osiyodan tez-tez sovuq havo kelib turadi. Sovuq qishda, Janubiy Manjuriyadagi kabi, kunlar deyarli xech ilimaydi. Yanvarning o`rtacha xarorati Xarbinda - 20°S. Yog`in sochin yiliga shimolda 550 mm, janubda 665 mm tushadi. Yillik yog`in mikdorining 75% gacha qismini tashkil etgan yozgi yomg`irlar davrida daryolar keng toshib, atrofdagi joylarni bosib ketadi va vodiylardagi botqoq hamda ko`llarni to`yintiradi G`arbdagi katta Xingan tog`lari, shimoldagi Kichik Xingan va janubdagi Manjuriya-Koreya tog`lari landshaftlari bir-biridan farq qiladi. Bu tog`lar yozda ko`p esadigan okean havo massalari yunalishiga, qishda esa quruq va sovuq havo oqimlari yo`nalishiga nisbatan turli xil joylashganligidan ular turli darajada namgarchildir. Tog`larda qalin o`rmonlar yaxshi saqlanib qolgan: bu o`rmonlarda Koyeya kedrlari bilan birga dublar, lipa, qayinlar, yassi bargli va Dauriya qayinlari ham o`sadi.
Katta Xingan assimetrik tuzilgan g`arbiy yon bag`ri qiya, sharqiy bag`ri tik, tog` tepalari (1750 m gacha) yassi, daryo vodiylari tog`larni ko`ndalang kesib o`tgan. Katta Xingan tog`lari janubiy qismining Markaziy Osiyoga yaqinligi va havoning quruqligi tufayli bu joydagi o`rmonlarda, o`rmon-dasht va dashtalrda kserofit o`simliklar ustun bo`lgan Mongoliya florasi vakillari ko`pdir.
Koreya yarim oroli. Tabiiy sharoitiga ko`ra Koreya yarim orolining shimoliy qismi Shimoliy-Sharqiy Xitoyga, janubiy qismi esa Yapon orollariga o`xshaydi. Yarim orol orollar yoki undan ajralib qolgunga kadar mo`atadil va subtropik kengliklar fauna hamda floralari bir-biriga aralashib turgan o`ziga xos ko`prik vazifasini o`tagan. Yarim orolaning bir vaqtlar Osiyoning orollari bilan qo`shilib turganini uning janubiy qismi geologik tuzilishi ko`rsatadi.
Kamfora lavri va apelsin daraxti uchun Koreya yarim oroli orollaridan faqat eng janubdagisi Chechjudo orolida sharoit ko`laydir. Tarkibida doimiy yashil o`simliklar salmog`i anchagina bo`lgan subtropik o`rmonlarning kuyi tog` mitaqasi yarim orolning o`rta qismida tugaydi va o`rmonlarning quyi tog` mitaqasi yarim orolning o`rta qismida tugaydi va o`rmonlarda barg to`kuvchi keng yaproqli daraxtlar ko`pchilikni tashkil eta boshlaydi.
Yapon orollari - zanjiri ikkita orollar yoyidan tashkil topgan. Shimoliy yoyga to`rtta katta orol - Xaqkaydo, Xonsyu (Xondo), Kyusyu va Sikoku orollari, shuningdek, ko`pgina mayda orollar kiradi. Janubiy Ryukyu yoyiga faqat mayda orollar qaraydi. Yapon orollari Tinch okean tomonidan chuqur cho`kimalar bilan, materik tomondan esa shelf (sayoz) dengizlari bilan o`ralgan. Xonsyu orolining markaziy qismidan idzusitito-Bonin orollari yoyi ajrab chikib, Tinch okeanda uzoq davom etadi.

Download 78,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish