Oshirishning muhim omili



Download 331,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana13.07.2022
Hajmi331,34 Kb.
#789306
  1   2   3   4   5
Bog'liq
700-Article Text-1583-1-10-20201108



INTERFAOL METODLAR – O‘QUVCHILAR KREATIVLIGINI 
OSHIRISHNING MUHIM OMILI
 
O‘lmas Raxmatovich Saidov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Annotatsiya:
Maqolada ta'lim tizimini rivojlantirish hamda maktab ona tili 
ta'limida o'quvchilar faolligini oshirishga doir ta'lim texnologiyalari xususida so'z 
boradi. Ta’lim sohasini rivojlantirishda kreativlikni oshirish, o‘quvchiarning 
zerikmasligi va o‘z fikrini to‘laqonli bayon eta olishini kuchaytirish, bunda esa 
interfaol ta'lim usullaridan foydalanishning samarasi haqida so‘z yuritilgan. Dars 
jaroyonida o‘quvchining faoligini oshirish uchun har xil o‘yinlar tashkil etish kabi 
ustuvor g‘oyalar ilgari surilgan. 
Kalit so‘zlar:
Ta'lim samaradorligi, Assesment texnologiyasi, Blits so'rov, Esse, 
motivatsiya, metod, kommunikativ, kompetentsiyalar, interfaol, texnologiya, klaster, 
idrok xarita, FSMU, aqliy hujum, rolli o‘yinlar, refleksiya, metaplan karta, assotsiativ 
fikr va boshqalar. 
INTERACTIVE METHODS – AN IMPORTANT FACTOR TO INCREASE 
STUDENT CREATIVITY 
 
Ulmas Rakhmatovich Saidov
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region
Abstract:
The article discusses educational technologies for the development of 
the education system and increasing the participation of students in school mother 
tongue education. In the development of education, there is talk of increasing 
creativity, boosting students' ability to express themselves fully, and the effectiveness 
of using interactive teaching methods. Priority ideas were put forward during the 
lesson, such as organizing various games to increase student activity. 
Keywords:
Learning Effectiveness, Assessment Technology, Blitz Survey
Essay, Motivation, Method, Communicative, Competencies, Interactive, Technology, 
Cluster, Cognitive Map, FSMU, Brainstorming, Role Playing, Reflection, Metaplan 
Card, Associative Thinking and others. 
Hozirgi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodlardan yuqori malakali kadrlar 
tayorlash uchun avvalo, ta'lim muassasalarida o'qiyotgan o‘quvchilarning 
kreativligini (ijodiy faolligini) oshirishga e'tiborni kuchaytirish zarur. Bunga ta’lim 
sohasida to‘siq bo‘luvchi bir qancha masalalar mavjud. Masalan, o‘quvchilar qiziqarli 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Special Issue 3
www.openscience.uz
181


va ajoyib g‘oyalarga ega bo‘lsalarda o‘qituvchi o‘zi kreativ tarzda yondashmaganlgi 
tufayli ularni ifodalashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilishi va dars jarayonida 
qo‘llanilayotgan metodlar o‘quvchilarda erkin mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini 
shakillantirishga xizmat qilmasligi bilan belgilanadi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasining “Ta’lim va fan sohasini rivojlanttirish” bandida uzluksiz ta’lim 
tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish
mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash 
siyosatini davom ettirish alohida ta’kidlangan. Bunday ulkan vazifani amalga oshirish 
esa yosh avloddan ijodiy faollikni talab qiladi. 
Xo‘sh, ijodiy faollik tushunchasi nima? Kreativlik (ijodiylik) (lot. creation – 
yaratuvchanlik, ijodkorlik) – qandaydir yangi, betakror narsa yarata olish layoqati, 
badiiy shakl yaratish, fikrlash, g‘oya va yechimga olib keluvchi aqliy jarayon; 
shaxsning yangi g‘oyalarni yaratish va qabul qilishga tayyorligini tavsiflovchi ijodiy 
qobiliyati. Kreativlik o‘quvchi faoliyatida mustahkamlanib, samarali natijalarga 
erishish, yangiliklar yaratish, o‘z faoliyatining ijodiy yo‘nalishlarini aniqlashga 
imkoniyat beradi. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyat va layoqatlarini rivojlantirishda 
bir qanch interfaol metod va texnologiyalar mavjud. Jumladan, “Klaster” “Idrok 
xarita”, “Zinama-zina”, “FSMU” texnologiyalari va “Aqliy hujum”, “Rolli o‘yinlar”, 
“Kichik guruhlarda ishlash”, “Esse”, “Assesment texnologiyasi”, “Blits so'rov”, 
“Refleksiya” va “Metaplan karta” metodlarini aytib o‘tish mumkin. O‘quv jarayonida 
ushbu metodlarni darsning maqsadi va mazmunidan kelib chiqib, loyihalashtirib 
qo‘llash quyidagi natijalarga olib keladi: 
* o‘rganuvchilarning o‘qishga qiziqishlari va motivatsiyasi kuchayadi
* o‘rganuvchilarning darsda zerikishi va charchashining oldi olinadi; 
* o‘rganuvchida ijodiy ishlash ko‘nikmalari va faol fikr rivojlanadi; 
* mavzu bo‘yicha yangi assotsiativ fikr va tasavvurni erkin va ochiq jalb 
qilishga yordam beradi. 
Shu o'rinda maktab ona tili darslarida ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi 
bir nechta interfaol metodlarning qo'llanilishi xususida namunalar berib 
o'tmoqchimiz. 
“FSMU” metodi 

Download 331,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish