VenturaPublisher
Ventura Publisher esa gazeta- jurnallar matnini terish va chop etishga mo’ljallangan. Uning yordamida matnni sahifalarga bo’lish, matn bo’laklarini zarur joylarga joylashtirish, ya’ni Komponovka va shunga o’xshash ushbu sohada ko’plab ishlatiladigan amallarni tez va qulay amalga oshirishi mumkin. Turli formulali matnlarni Misol uchun: matematika, fizika, ximiya fanlariga oid matnlar tayorlashda TEX va uning keyingi versiyalari bo’lgan LATEX tahrirlovchi dasturlardan keng miqyosda foydalaniladi.
Page Maker
Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli va qulay dasturdir. Uning ishlashi Microsoft Windows operasion sistemasining to’liq versiyasi bo’lishini talab qiladi. Page Maker dasturi fayl va kataloglar bilan ishlaydi. Fayl nomi esa .pub kegaytmasi yordamida yoziladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, nashriyot tizimlarining asosiy vazifasi nashrni tayyorlashda tez takrorlanuvchi amallarni iloji boricha ko’proq darajada avtomatlashtirishdir. Ularning afzalligi esa nashr sahifasi va uning umumiy ko’rinishini tayyorlashdagi qulaylik hamda o’zgartirishlar kiritishning osonligi va vaqt tejalishidir. Nashr sahifasining umumiy ko’rinishini tayyorlashda xususiy kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli, qulay nashriyot sistemasidir. AQSh firmasining Yevropa bo’limi 1989 yil sentyabr oyida Page Maker dasturining ruscha variantini e'lon qildi. Page Maker dasturining ishlashi uchun Microsoft Office dasturining to’liq versiyasi bo’lishi talab qilinadi. Shaxsiy kompyuterning amaliyot tizimi bilan tanish bo‘lgan foydalanuvchi diskni formatlash, fayl nusxasini hosil qilish, faylni o‘chirish, uni bosib chiqarish yoki dasturni ishga tushirish buyruqlarini albatta biladi.
Windows muhiti amaliyot tizimning qobig‘i hisoblanib, foydalanuvchi uchun amaliyot tizimning barcha imkoniyatlarini uning buyruqlarini yoddan bilmasdan turib ishga tushirishga imkon beradi.
Windows muhitida ishlash uchun sichqonchadan foydalanish juda qulaydir. Shu sababdan foydalanuvchi sichqonchadan mohirona foydalana olishi kerak. Sichqoncha yordamida quyidagi 6 ta asosiy harakatni bajarish mumkin:
· (Point) Ko‘rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko‘chirish;
· (Click) Sichqoncha tugmasini bosib darhol qo‘yib yuborish;
· (Double click) Sichqoncha klaviaturasini ikki marta tez bosish;
· (Select) Biror obyektni tanlash;
· tanlab olingan surat, matn qismi yoki dasturning grafik simvolini boshqa joyga ko‘chirish (Drag). Buning uchun tanlab olingan obyekt ustiga ko‘rsatkichni olib borib, sichqoncha tugmasi bosiladi va obyektni kerakli joyga ko‘chiriladi, so‘ngra sichqoncha tugmasi qo‘yib yuboriladi.
· matnni sahifaga joylashtirish (Flow).
Do'stlaringiz bilan baham: |