Ustoz.
O’sha paytlar 6-sinf edim chamasi. Bizga fizika fanidan Husan Bozorov ismli ustoz dars o’tardi. Men u kishini juda qattiq hurmat qilardim. Bilmadimku, ular har doim hammadan ham ko’ra menga ko’proq yon bosgandek bo’lardi nazarimda. Bir kuni fizika darsida ustozimiz bizga 3ta masalani yechishga berdi. Hamma desam yolg’on boladi, faqatgina qiziqqanlar masalani yechishga kirishdi. Men birinchi bo’lib bitta masalani yechib olib bordim. Ustozim masala to’g’ri ekanligini ta’kidlab,
qolgan iktasini ham bajarib kelishimni aytdi. Bilmadim erkaligim tutdimi yoki beo’rin bo’lgan qaysarliggimmi ustozdan bitta masalam uchun 5 baho qo’yib berishni talab qila boshladim. Ustozimiz mening har qancha o’jarligimni ko’targan holda yuzimga qarab kulib:-“Qolgan iktasini ham bajarib kelsang 5 baho qo’yaman “ – desalarda, men ko’nmasdan baho qo’yishlarini talab qilardim. Ustozim sekingina menga qarab kuldilarda qo’limdan daftarni olib baho qo’ydilar. Hursand bo’lib daftarni
qo’limga olib ne ko’z bilan qarayki daftarimda kattakon 3 bahosi turibdi. Ustozimga xuddiki qasdi bor odamdek qaradim. Ular esa sekingina jilmayib ,”Qolganlarini ham bajarib kelsang 5 baho qo’yib beraman”-dedilar. Ularning bu gaplarini xuddiki ustimdan kulib aytilgandek his qilib yubordim. O’zimcha jahil bilan daftarimni partamning ustiga otib yubordim va joyimga kelib o’tirdim. Ustozga qarasam hali ham boyagi ohangda kulib turardilar, bu esa meni battarroq tutoqtirib yubordi. (Men ustozga huddiki hali ko’rasiz degan nigoh bilan qarardim.) Avvalasiga 3 bahoni ustidan daftarim teshilgunga qadar
ruchka bilan boyadim. Keyin shu betni yirtib mayda-mayda bo’laklarga bo’lib musurga tashladim. Ustozim bundab jahillari chiqadi deb o’ylagandim. Lekin aksincha ular battarroq kuldilar. Juda hayron bo’ldim. So’ng sumkamdan badiiy kitobimni olib o’qiy boshladim. Ustoz qo’limdan kitobni olib o’qituvchi partasining ustiga olib borib qo’ydi. Men borib kitobimni oldimda joyimga kelib yana o’qiy boshladim. Ustoz bu safar e’tibor ham qaratmadi. Birozdan so’ng 2 varoq oldimda bir narsani qoyillatadigandek ustozimizning ustidan shikoyat qilib direktorga tilxat yoza boshladim. Keyin yana boshqa varoqqa ustozimizga xat yoza boshladim.Go’yoki o’zimni zo’r bilib varoqqa miyyamdagi bor gaplarni yozaverdim.Lekin nima deb yozganimni aytolmayman. Chunki hozir eslasam ba’zan uyalib ketaman. O’sha paytda hayolimga kelgan narsani yozaverganman. Dars tugagach hammadan keyin chiqdim va ustozning partasiga boyagi varoqni qo’ydim. Eshikdan chiqqach sekingina ustozimiz nima qilarkan deb poyladim. Ular varoqni olib ichki cho’ntagiga soldi. Men sinfga keldim , direktorga deb yozgan varoqimni direktorga bermadim. Hayolimda bu ishim bilan uztozimizning aybini yashirgan bo’ldim.
Shu voqeadan so’ng ancha vaqt ustozimning yuziga qara olmay yurdim. Lekin vaqt hamma narsaga davo deyishganlari rost ekan. Mana oradan 3 yil o’tdi chamamda. Hozir ustozim bilan avvalgidanda yaqinmiz. Ular avvalgidek hozir ham mening barcha erkaliklarimni-yu o’jarliklarimni ko’taradi. (Hatto mening fe’limni ba’zan oila a’zolarim ham ko’tara olmaydi,dadamdan boshqa. Shuning uchun bu insonni dadamni qanchalik yaxshi ko’rsam shu darajada yaxshi ko’raman).
Kimdir menga hayotda kimga o’xshashni hoxlaysan desa HUSAN ustozga degan javobni hech ikkilanmasdan aytolaman.
Hurumatli ustozim agarda siz mana shu matnni oqib turgan bolsangiz bilingki men sizni juda yaxshi ko’raman. Bilib- bilmay dilingizni og’ritgan bo’lsam meni kechiring. To’liq bolmasada PYTHON dasturini o’rganishga vada beruvchi Qizingiz ANORBOYEVA DILBAR.