Birinchisi
- yaxshi, chiroyli xulqlar. Bunga shirinsuxanlik, muloyimlik,
halollik, iffat, diyonat, or-nomus, nafsni tiyish, vijdon, shijoat, sabr, ilmlilik, g‘ayrat,
riyozat, qanoat, sabr, intizom, munislik, haqiqatparvarlik, vatanparvarlik,
insonparvarlik, adolatparvarlik va shu singari ijobiy tuyg‘ular kiradi. Bular o‘z
navbatida insonda xulqiy go‘zallikni namoyon qiladi va insonni axloqiy jihatdan
kamolotga etkazadi.
Ikkinchisi
- yomon, xunuk xulqlar. Unga xudbinlik, hasadgo‘ylik, ta’magirlik,
ikkiyuzlamachilik, firibgarlik, ig‘vogarlik, tuhmatchilik, badnafslik, badniyatlik,
badjaxllik,
bachkanalik,
dilozorlik,
andishasizlik,
bevafolik,
berahmlik,
tovlamachilik, behayolik singari illatlar kiradi. Bular insonni tubanlik sari yetaklaydi
va ma’naviyatini qashshoqlashtiradi. Mazkur illatlarni odat qilgan kishilar umum
tasavvurida jirkanch taassurot qoldiradi. Bu xususda ma’rifatparvar alloma
Abdulla
Avloniy
shunday degan edi: «Bu sanagan yomon xulqlarning fanoliqlarini, yuqorida
sanagan yaxshi xulqlarning go‘zalligini insof muvozanasi ila o‘lchab, vijdon
muhokamasi ila ta’qiqlab, yaxshilarini tinglab amal qilmak, yomonlarini anglab,
hazar qilmak, lozimdur. Zeroki, insonning izzati, dunyoning lazzati yaxshi so‘zlarni
eshitub va ko‘rub hissa olmak, yomon va zararliklarini o‘qub, bilub, o‘zini tiymak,
qo‘ldan kelgancha xalq va millat foydasiga tirtishmak va bu fano dunyodan yaxshilik
otini olub ketmakdadur»
3
.
Sharq odobida «Ulug‘lar huzurida sergak bo‘ling va o‘zingizga loyiq so‘z
so‘zlang» deyilishi bejiz emas. Bu umumiy tilni asrash barobarida o‘z og‘zimiz
orasidagi tilni «ehtiyot» bo‘lib, o‘ylab ishlatish kerak demakdir. Chunki, so‘z
insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini ko‘rsatadigan me’zon bo‘lib, aql
sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qiymatini
so‘zlagan so‘zidan biladilar. Zero, so‘z insonning qiymati qadar qadrlidir. Shirin so‘z
ilonni inidan chiqarganidek, muloyim so‘z vahshiylarni ulfatga aylantiradi. Shuning
uchun do‘stu dushman bilan muomalada ehson yo‘lini tutish lozimki, bunda
do‘stlarning mehru-muhabbati ortadi, dushmanlarning adovati kamayadi.
2
Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. - T. Yangi asr avlodi. 1998. 116-bet.
3
Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2 tomlik. T.2. –Toshkent: Ma’naviyat, 1998. – 71 b.
9
Sharq hikmatlari durdonalarida yaxshi xulqning o‘nta belgisi alohida ko‘rsatib
o‘tiladi.
Bular:
1.
Bo‘lar-bo‘lmasga odamlar bilan janjallashmaslik.
2.
Insoflilik.
3.
Birovning aybini qidirmaslik.
4.
Biror kishidan noloyiq ish sodir bo‘lsa uni yaxshilik yo‘liga solib
yuborishlik.
5.
Agar aybdor o‘z aybini bo‘yniga olsa uni kechirish.
6.
Muhtojlarning hojatini chiqarish.
7.
Boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zish.
8.
O‘z nafsini tiya bilishlik.
9.
Boshqalarga ochiq chehra bilan muomala qilishlik.
10.
Doimo yaxshi so‘zlash.
Ushbu yaxshi xulqlar ichidagi uchta belgi ya’ni, «Bo‘lar-bo‘lmasga odamlar
bilan janjallashmaslik», «Boshqalarga ochiq chehra bilan muomala qilishlik»,
«Doimo yaxshi so‘zlash» insonning hatti-harakati bilan emas, balki chiroyli, shirin
so‘zi natijasida amalga oshadigan axloqiy hodisalardir. Shuningdek, boshqaruvda,
muloqotda so‘zga ayniqsa, shirinso‘zga e’tibor sharq odobining ziynati sanaladi. Bu
borada «Qobusnoma»dagi fikrlar diqqatga sazovordir: «Har so‘zni xaloyiqqa zohir
qilsang, yaxshi yuz bila zohir qil, toki maqbul bo‘lsun va haloyiq sening so‘z bila
baland martabaga egalig‘ingni bilsunlar. Nedinkim kishining martabasini so‘z bila
bilurlar, ammo so‘zning martabasini kishi bila bilmaslar, chunki har kishining ahvoli
o‘z so‘zining ostida pinhondur, ya’ni bir so‘zni bir iborat bila aytsa bo‘lur, eshitg‘on
kishining esa ko‘ngli undin to`la bo‘lg‘ay va yana o‘shal so‘zni bir ibrat bila aytsa
bo‘lurkim, eshitg‘on kishining oni undin rohatda bo‘lg‘ay»
4
. Shuning uchun
odamlarga achchiq va dag‘al so‘zlamaslik lozim. Zero, dag‘allik misli olov,
kuydirguvchi yo‘ldir.
Umuman olganda, sharq xalqlari pandnomalarida, hikmatlarida shirinso‘zlikning
inson hayotidagi o‘rni beqiyos ekanligi mutafakkirlar nazaridan chetda qolgan emas.
Biz ana shu an’analarni davom ettirishimiz, ulardan tegishli xulosalar chiqarishimiz
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Inson ma’naviy madaniyatining asosiy mezoni – axloqiy yetuklik hisoblanadi.
Axloqiy yetuklik esa o‘zida – halollik, insoflilik, vijdoniylik, sahovatpeshalik,
shafqatlilik, mehribonlik singari axloqiy fazilatlarni mujasaam etadi. Shunday ekan,
muomala madaniyatining asosiy mezonini yaxshi xulq va go‘zal fazilat uyg‘unligi
tashkil etadi.
4
Kaykovus. Qobusnoma. –Toshkent:O‘qituvchi. Matbaa ijodiy uyushmasi, 2006. – 98 b.
10
Shuni qayd yetish lozimki, insonni hayvondan farq qiladigan eng muhim
xususiyatlaridan biri, uning o‘zini yashashi, turmush uchun zarur bo‘lgan moddiy va
ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish malakasiga ega ekanligidir. Bu malaka
insonning insonlararo muomala madaniyatida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |