72
bo‘lishiga, xomush odamni kayfiyatini ko‘tarishiga sabab bo‘ladi. Ko‘pchilik
xushomadlarni qanchalik joyida va mos kelishi haqida o‘ylamay mulozamat qilishga
odatlanib qolishgan.
Ayol kishiga nisbatan tez-tez:
«Bugun juda chiroylisiz?»
yoki
“Bugun juda
ochilib ketibsiz?”
degan xushomadni eshitamiz. Endi tasavvur qiling, xushomadga
javoban takalluf qilishni o‘rniga ayol kishi:
«Kecha mening ko‘rinishim yomonmidi?»
degan tabiiy savolni javob bersa
chi?!
«Bugun juda chiroylisiz?»
degan xushomadni
aslida xushomad qatoriga kiritmasa ham bo‘ladi. Chunki u yuqorida aytganimizdek,
ikki xil ma’noga egadir. Ammo
«Bugun juda yasanibsiz!»
degan so‘zlar
ikki xil
ma’noga ega emas. Xushomadda yorqin ko‘rinuvchi maqtov bo‘lmasligi lozim.
Xushomad qilayotganingizda oshirib yuborishlar hamda ortiqcha hayratdan
o‘zingizni tiying. Xushomadda aql o‘rgatadigan so‘zlardan saqlaning:
«Bu ko‘ylak
sizga yarashibdi, ko‘proq shuni kiying».
Qanday qilib xushomadni ifodalash mumkin? Ishonchli ohangda, jilmayib,
ko‘ngilochiqlik bilan izhor qiling. Imo va ishoralar so‘zlarga mutanosib bo‘lmog‘i
kerak. Xushomadda kinoyaga hatto ishora ham bo‘lmasligi lozim. Yo‘l–yo‘lakay va
ish orasida xushomadni aytib ketmang. Xushomadga tayyorlanar ekansiz, unga
bo‘lgan ta’sirni hisobga olish darkor. Agar siz aytmoqchi bo‘lgan narsada aksil ta’sir
holati bo‘lishi ham mumkinligini bilsangiz, o‘ylagan fikringizdan qayting. Bir ayolga
xushomad
qilar ekansiz, ikkinchisining eshitish imkoni borligini bilsangiz, ehtiyot
bo‘lgan ma’qul. Ba’zi vaziyatlarda bu oxirgi ayolni, ayniqsa u agar yolg‘iz yoki
notanish davrada bo‘lsa kayfiyatini buzib qo‘yishi mumkin. Erkaklarga qilinadigan
o‘zaro xushomad
nafaqat qabul qilinmagan, hatto odobsizlik ham sanaladi, bunday
xushomadgo‘y kulgiga uchraydi. Ayollar, shu bilan bir qatorda yosh qizlar ham
erkaklarga xushomad qilishdan tiyilganlari ma’qul. Aks holda ular noqulay va
kulgilik vaziyatga tushib qolishlari mumkin va o‘zlari,
hamda maqtov egasini ham
obro‘sini tushirib qo‘yishlari mumkin.
Erkak kishidan latif xushomadni eshitgan ayollar hissiyotlariga ishonchli tarzda
sho‘ng‘ib ketmaganlari ma’qul. Barcha turdagi xushomadlarni yaxshi qabul
qilaverishda ehtiyot bo‘lmoq lozim, chunki ba’zi mulozamatlarda ikkiyuzlamachilik
va soxta muhabbat berkingan bo‘lishi mumkin. Tanimagan-bilmagan odamning
xushomadiga qilingan juda «quyuq» javob, nafaqat noo‘rin baho, tasavvurni paydo
qilish mumkin, balki g‘aliz niyatli kishilarning o‘yini
qurboniga ham aylantirib
ko‘yishi mumkin. Qanchalik zamonaviy olamda yashamaylik, insonning ori, nomusi,
izzat-nafsi hamda qadr-qimmati birinchi navbatda turmog‘i lozimligini kishi
unutmasligi joiz.
“Boshqa odamlarning xotinlariga nisbatan iffatli bo‘linglar, shunda sizlarning
xotinlaringizga nisbatan ham iffatli bo‘lurlar”, -
deyiladi sahih hadislarda. Iloji
boricha begona ayolga xushomad qilishdan saqlangan ma’qul.
73
Qanday qilib samimiy maqtovga javob berish lozim? Tashakkurni odatiy
«rahmat»
so‘zi bilan kifoyalanmay chin dildan bildirmoq darkor.
Sizni maqtagan
odamga
«teginish»
dan o‘zini tiygan ma’qul. Muloyim minnatdorchilik bilan
cheklanib, izoh va savollarni o‘zimizda saqlaganimiz yaxshiroq. Xushomadni eshitib,
qarshilik bildirish qadr-qimmatni tushirishi yoki riyokorlikni ko‘rsatib qo‘yishi
mumkin. Agar sizning tashqi ko‘rinishingiz yaxshi ekanligidan shavq bilan
gapirsalar, o‘zingizni noqulay his qilishingiz haqida aytish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: