35
Oila a’zolarini tanitganda ularning ismlari aytilmaydi. Masalan,
«turmush
o‘rtog‘im», «opam», «singlim»
yoki
«ukam»
deyiladi.
Uy bekasi mehmonlarni kutib olar ekan, ularni bir-birlari bilan tanishtiradi, uy
bekasi o‘rniga uning sohibi tanishtirsa ham bo‘ladi. Kechroq kelgan mehmonlarni
vaqtliroq kelganlarga tanishtiradilar. Agar mehmonlar ketma-ket kirib kelishsa-yu,
siz ularni tanishtirishga ulgurmasangiz, unda yordamchi sifatida yaqinroq
qarindoshingiz yoki do‘stingizni chaqiring. Mehmonni uyga taklif qilgach, avval u
yerda o‘tirganlarga kelgan mehmonning ismini tanishtiriladi, so‘ng bir chekkadan
boshqalarning ismlarini aytib tanishtirib chiqiladi. Mehmonlar unchalik ko‘p
bo‘lmagan taqdirda, alohida tanishtiriladi. Erkaklar o‘rinlaridan turib tanishadilar.
Ayollar joylarida o‘tiraveradilar, ammo katta mavqega ega bo‘lgan yoki yoshi
kattalarni tanishtirishsa, o‘rinlaridan turishlari mumkin. Agar turli yoshdagi ikki ayol
tanishayotgan bo‘lsalar, yoshi katta ayolga:
«Ruxsatingiz bilan sizga falonchini
tanishtirsam»
– deb yoshroq ayolni ismi-sharifini aytib, keyin yoshi kattaroq ayolni
tanishtirish mumkin. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, ayni paytda yosh va mavqe
muhim ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu tarzda ayol kishiga erkak kishini, xodimni
rahbarga tanishtiradilar. Agar ham mavqe jihatdan, ham yosh jihatdan o‘zaro teng
bo‘lgan odamlarni tanishtirganingizda, birinchi bo‘lib, ulardan o‘zingizga yaqinroq
bo‘lgan kishini tanishtirasiz. Agar mashhur odamni bir paytni o‘zida ko‘pchilikka
tanishtiradigan bo‘lsangiz, uning ismi-sharifini keltirib o‘tmasa ham bo‘ladi.
Yaqinlaringiz, tanishingiz yoki do‘stingizni tanishtirayotganda ismiga qo‘shib,
ma’lumotlarni aniqlashtirishingiz ham mumkin:
«Do‘stim Akmal – xirurg, bu esa
Begzod – kursdoshim».
Tanishtirayotganda ularning ismlarini aniq va tushunarli
tarzda ayting.
«bu kishi Valijon – mashhur akter Mahkamning akasi»
degan
aniqliklarning umuman keragi yo‘q. Odamlarning ismlarini yaxshi yodda tuta
olishiga ishonchi bo‘lmagan tanishtiruvchilar
«Tanishing, marhamat janob ...»
bunda
siz ismni egasiga aytishiga qo‘yib berasiz. Bunday usulni qo‘llash mumkin. Agar
endigina yig‘ilgan jamoatga yangi odam qo‘shilsa, uning ismini baralla ovozda aytib
tanishtirsa ham bo‘ladi, qolganlar o‘zlarini tanishtiradilar.
Jamoat transportida yonidia sherik bilan ketayotgan vaqtda transportga
tanishingiz chiqib qolsa, agarda bir-ikkita so‘z aytib uzoqlashsa, tanishtirish shart
emas, ammo agar suhbat umumiy xususiyat kasb eta boshlasa, uni do‘stingiz bilan
tanishtirganingiz ma’qul.
Oila a’zolaringizdan biri ishxonangizga ishga kirdi. Hamkasabalarga uni
tanishtirasizmi? Agar sizda u bilan sof kasbiy munosabatlar bo‘ladigan bo‘lsa, shart
emas.
Do'stlaringiz bilan baham: