Dastur nomi
|
JAMOA QO'SHIQCHILIGI VA AMALIYOTI
|
Ajratilgan soat
|
120
|
Mavzular soni
|
50
|
Dasturning maqsadi
|
“Jamoa qo’shiqchiligi va amaliyoti’’ fani bo’lajak musiqa mutaxassislarini jamoa bilan kuylashga o’rgatish orqali ularga hamjihat bo’lib faoliyat yuritish malakalarini singdirish, milliy ong va tafakkurni rivojlantirish, boy musiqiy qadriyatlar, kuylash an’analari bilan tanishtirish orqali zamon talabiga javob bera oladigan har tomonlama raqobatbardosh mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirishdan iborat.
|
O’zlashtirish (o’qitish) natijalari
|
-Tadbirlarda bolalarning alohida extiyoji va qiziqishini qondirish.
O'quvchilarda mustaqil ishlash va ijodiy ishlarni olib borish ko'nikmalarini rivojlantirish
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” da bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi talablarini o’rganadi;
MTT o’quv dasturida musiqiy rivojlanish qobiliyatlari;
kasbga doir musiqiy ko’nikmalarni egallaydi;
o’zlashtirilgan bilimlar bo’yicha tajribalar o’tkaza oladi;
bolalarni mustaqil ijodiy fikrlashga o’rgatadi.
|
Bilimlar
|
-Jamoa qo'shiqchiligi va amaliyoti fanining maqsad va vazifalarini;
-Jamoa qo'shiqchiligi va amaliyoti fanining umumiy asoslarini;
-Asarlarning badiiy ijrosi ustida ishlashni;
-Xor jamoasini ovozlarga ajratishni;
-Ovoz sozlash mashqlarini;
-Xor jamoasini kuylashga tayyorlashni;
-O'quvchilarni turli milliy va evropa asarlari orqali musiqiy o'quvini o'stirishni;
-O'zbek va jaxon kompozitorlari hayoti va ijod namunalari va asarlarini;
-Dirijyorlik harakatini;
-Kuylash jarayonida artikulyastiya apparatini to'g’ri yo'lga qo'yishni;
-Berilayotgan asarlarning diktsiyasi ustida ishlashni;
-Asarlarni o'rganish jarayonida rifmaga solib o'rgatishni;
-Tovushning sofligiga erishishni;
-Nafasni to'g’ri olish va uni tejab ishlatishni;
-Ovozlarni bir-biridan farqlay olishni:
-Dirijyorlik harakatidan foydalanishni;
-Asarlarni musiqiy va badiiy tahlil qilishni;
-Partitura va partiyalarning yozilish tartibini
|
Ko’nikmalar
|
-Asarlarning badiiy ijrosi ustida ishlash;
-Xor jamoasini ovozlarga ajrata olish;
-Ovoz sozlash mashqlarini kuylash;
-Xor jamoasini kuylashga tayyorlash;
-O'zbek va jahon kompozitorlari asarlaridan namunalar kuylash;
-Dirijyorlik harakatini o'rgatish;
-Kuylash jarayonida artikulyastiya apparatini to'g’ri yulga qo'yish;
-Sof tovush hosil qilish;
-To'g'ri nafas ustida ishlatish;
-Ovozlarni bir-biridan farqlab kuylash;
-Dirijyorlik harakati va o'lchov sxemalari mukammal o'rganish;
-Asarlarni musiqiy va badiiy tahlil qilish;
-Partitura va partiyalarning yozilish tartibini bilish
|
|