O’quv dasturining umumiy talablari
Dastur nomi
|
XOR DIRIJORLIGI
|
Ajratilgan soat
|
60
|
Mavzular soni
|
30
|
Dasturning maqsadi
|
Dirijorlik darsi o`quvchilarga maktabgacha ta'lim muassasalar va musiqa to'garaklarida faoliyat olib borishlari uchun katta yordam vazifasini o'taydi. Shu bilan birga bo'lajak maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini musiqaga muhabbat, musiqiy savodini va qobiliyatini uyg`otishga yo'l ochib beradi.
“Xor dirijorligi" fan dasturining asosiy maqsadi- bolalar xor jamoalarini tuzish, boshqarish, ta`lim muassasalarida ishni tashkil etish va rejalashtirish, dirijorlik qilishning asosiy qonidalari, turli yoshdagi bolalar qo'shiqlarini bola yoshiga qarab tanlay olish, qo'shiqlarni dirijorlik qilib bolalarga o'rgatish haqidagi tushunchalarni berishdan iboratdir.
|
O’zlashtirish (o’qitish) natijalari
|
-Dirijorlikning asosiy qoidalari haqida tushuncha berish;
-Dirijorlik sxemalarini o'rgatish;
-Oddiy va murakkab o'lchovlari sxemasini dirijorlik qilish;
-Turli yoshdagi bolalar qo'shiqlarini dirijorlik qilish;
-Akapella ijrosini o'rganish
|
Bilimlar
|
-Ta`limni moderenezatsiyalash sharoitida turli yoshidagi bolalarning musiqiy tushunchalarini rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlarini;
-Dirijorlik apparatini to'g`ri qo'yishni;
-Dirijorlik sxemalarini;
-Oddiy o'lchovlariga dirijorlik qilishni;
-Murakkab o'lchovlarda dirijorlik qilishni;
-Auf taktni ko'rsatishni;
-Asar avjini ko'rsatishni;
-Asarni tugallanishini ko'rsatishni;
-Dirijyorlik vaqtida dinamik belgilarni ifodalashni;
-To'liqsiz taktni ko'rsatishni;
-Konsertmeystr bilan ishlashni;
-Akapellalarni ijro etishni.
|
Ko’nikmalar
|
- Mashg’ulot davomida bolalarni qiziqtirish va faollashtirish usullari;
-Mashg`ulotlarni tashkil etishda turli metodlar va ilg`or ped texnologiyalardan foydalanish;
-Oddiy va murakkab o`lchovlarni dirijyorlik qilish.
- Musiqani turli usul sur`atlarida ijro etish, qo`l harakatida ko`rsata olish (triol, sinkopa kabilarni);
- Asar ijrosi ddavomida dirijyorlik tehnikasini, tempini, pulsasiyani, dinamik bo`yoqlarni qo`l harakatlarida ko`rsatish;
- So`zdagi va musiqiy jumlalardagi ohangni ritmik usulda ko`rsatish;
- Xor jamoasi va fortepianoni bir vaqtda boshqara olish;
- Auftaktni, xor partiyalari boshlanishini, avjni, asarni tugatishni qo`l xarakatida ko`rsatish;
- Akapellalarni ijro etish;
-Ko`p ovozli asarlarni tahlil qilish, dirijyorlik tehnikasida dinamik bo`yoqlardan foydalana olish kerak.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |