O`rta Osiyoning qadimgi va o`rta asrlar tarix doc


O`rta Osiyoning eneolit va ilk bronza davri protoshahar sivilizatsiyasi



Download 395,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana24.05.2023
Hajmi395,72 Kb.
#943125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O`rta Osiyoning qadimgi va o`rta asrlar tarixi1 (A. Erqo\'ziyev)

O`rta Osiyoning eneolit va ilk bronza davri protoshahar sivilizatsiyasi 
ildizlari 
Reja: 
1.
O`rta Osiyoning dastlabki protoshahar madaniyati qoldiqlari 
2.
Bronza davri manzilgohlarining rayonlashtirish muammosi 
Ilk shaharlarning paydo bo`lishida ko`plab ijtimoiy-madaniy xususiyatdagi omillar sabab 
bo`lishiga qaramay turli sharoitlarda u yoki bu guruh sabablar nisbatan ustunlik qiladi. Undan 
tashqari ilk shahar tsivilizatsiyasining muhim ko`rinishlaridan biri turli shakldagi aholi 
punktlarining paydo bo`lishi va ularning o`zaro munosabatlari hisoblanadi. Aynan turli shart-
sharoitaar, turli shakldagi aholi punktlari, ko`chmanchi aholi yashash hududlari, o`troq aholi 
bilan ular o`rtasidagi chegaraviy hududlar-bularning barchasi aholi hududiy rayonlashuvining 
(ma`lum hududlarda ma`lum turmush tarzi yuritgan aholi joylashuvi) asosi hisoblanadi. 
SHuningdek, aholining ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan (dehqonchilik, hunarmandchilik va 
boshq.) faoliyati ham rayonlashuvni belgilab beradi. 
Tadkiqotlar natijalarini ilmiy-qiyosiy tahlil qilish natijasida O`rta Osiyodagi dastlabki 
shahar markazlari va o`choqlar rayonlashuvini quyidagi davrlarga ajratish mumkin: 
I
davr - mil. avv. SH-I ming yillik birinchi yarmi -Janubiy Turkmaniston (Oltintepa, 
Namozgoh), YUqori Zarafshon (Sarazm), Janubiy O`zbekiston (Sopollitepa); 
II
davr - mil. avv. II ming yillikning o`rtalari -Janubiy Turkmaniston (Gonur), Janubiy 
O`zbekiston (Jarqo`ton); 
III davr - mil. avv. II ming yillik oxiri - I ming yillikning o`rtalari - Surxondaryo, 
Qashqadaryo, 
Xorazm, 
Farg`ona 
vodiysi va Toshkent vohasi. So`nggi yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalariga 
qaraganda, mil. avv. III ming yillikning o`rtalariga kelib O`rta Osiyoning Qizilqum, Qoraqum 
cho`llarining ichkarilari, Pomir hamda Oloy tog`larining etaklari aholi tomonidan o`zlashtirilib 
boriladi. Bu davrda O`rta Osiyoning ogamoli hamda shimoli-sharqida yashagan aholi asosan 


chorvachilik xo`jaligi yuritganlar. Bu hududlardan topib tadqiq etilgan Andronov, Tozabog`yob, 
Zamonbobo, Qayroqqum kabi yodgorliklar bronza davri o`ziga xos jarayonlaridan dalolat beradi. 
O`rta Osiyoning janubiy qismida yashagan aholi o`troq turmush tarziga o`tib asosan 
dehqonchilik bilan shug`ullanishgan. Bu hududlarda aholining Namozgoh, Sopolli, Dashli, 
Oltindepa, Gonur (7-jadval) kabi o`troq dehqonchilik madaniyatlari shakllanib taraqqiy etadi. 
Undan tashqari aynan janubiy hududlarda qadimda Baqtryya, So`g`diyona, Girkaniya, Parfiya, 
Ariya va Marg`iyona kaby tarixiy-madaniy viloyatlar shakllanadi. Bu o`rinda shuni ta`kidlash 
joizki, o`troq dehqonchilik xo`jaliklari yuritgan aholi bronza davridayoq voha-voha bo`lib 
yashaganlar. Aholining bunday joylashuv tartibi tabiiy-sharoitlar bilan bog`liq bo`lgan (misol 
uchun, suv resurslari birmuncha chegaralangan) Urta va YAqin SHarq qadimgi hududlari uchun 
xosdir. 
So`nggi bronza va ilk temir asri O`rta Osiyo tarixida keskin ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
o`zgarishlar davri bo`ldi. Bu davr jamiyat hayotida ibtidoiy munosabatlar inqirozga uchrab yangi 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojlana boshlaydi. Aynan mana shu davrdan boshlab 
jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar bilan bogliq bo`lgan ilk shaharlarning shakllanish 
jarayoni nihoyasiga etib rivojlanish bosqichiga o`tadi. Ko`pchilik tadqiqotchilar e`tirof etgan 
dastlabki tsivilizatsiyalar, ilk shaharsozlik madaniyati, davlatlar paydo bo`lishi jarayonlari 
o`rtasida dialektik bog`liqlikni dastlabki shahar markazlari o`choqlarining rayonlashuvi 
jarayonlarini tahlil etganimizda ham kuzatishimiz mumkin. 
O`rta Osiyoning eng qadimgi o`troq dehqonchilik madaniyati mintaqaning janubi-g`arbida, 
Kopetdog`ning shimoliy tog` oldi tekisligida paydo bo`ladi. Bu jarayonga ikkita muhim omil-
kichik vohalarda dehqonchilik rivojlanishi uchun qulay sharoit hamda dunyo tarixida dastlabki 
dehqonchilik o`choglari bo`lgan Old Osiyo va eron bilan qadimiy uzviy aloqalar asos bo`ldi. 
O`tgan asrning 60-yillarida olib borilgan tadqiqotlar Kopetdog` tog` oldi tekisliklarida Qadimgi 
SHarq ko`rinishidagi tsivilizatsiya rivojlanganligi haqida masala ko`tarilishiga sabab bo`ldi. 
O`rta Osiyoning janubida keng miqyosda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar, Murg`ob vohasida 
ochilgan mil. avv. II ming yillik madaniyati va Amudaryoning o`rta oqimi madaniyatlari ushbu 
markazlarning uzviy bog`liqligini ko`rsatadi. 
Bu tadqiqotlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, O`rta Osiyoning janubiy hududlari 
kadimgi SHarq ko`rinishidagi yuqori darajali madaniyat sohiblari bo`lgan o`troq jamoalar 
tomonidan ancha ilgari o`zlashtirilgan. Aniqlanishicha, dastlabki dehqonlar Kopetdog` tog oldi 
tekisligi hududlari bilan chegaralanib qolmasdan eng yuqori rivojlanish darajasi jarayonida 
Murg`obning qadimgi havzasi hududlarini o`zlashtirib, . Zaraf-shonning yukori oqimi 
hududlarigacha boradilar. Bu hududlardan Janubiy Turkmaniston so`nggi eneolit davri 


madaniyatiga xos Sarazm manzilgohi o`rganilgan. Ushbu ko`p sonli va turli-tuman ma`lumotlar 
O`rta Osiyo, hech bo`lmaganda uning janubiy viloyatlari boshqa mintaqalarda bo`lgani kabi ilk 
dehqonchilikdan dastlabki tsivilizatsiyagacha rivojlanish qonuniy jarayoni bo`lib o`tgan qadimgi 
madaniyat o`chog`i degan fikrlarni yana bir marta isbotlaydi. 
Mil. avv. II ming yillikning boshlariga kelib qadimgi Baqtriya hududlaridagi dehqonchilik 
aholisi kichik daryolar vohalarini, Boysuntog` va Ko`hitang tog`larigacha bo`lgan tog` oldi 
hududlarini o`zlashtiradilar. Ko`pchilik tadqiqotchilar bronza davri uchun - Sopolli, Beshkent, 
Vaxsh va turli xududlarda mavjud bo`lgan bronza davri Dasht madaniyatlarini ajratadilar. 
Mahalliy chorvadorlar madaniyati bo`lgan Beshkent va Vaxsh madaniyatlari Kuyi Kofirnihon va 
Vaxsh vohalaridan topilgan qabristonlar orqali ifodalanadi. O`troq dehqonchilik madaniyati 
yoyilgan hududlar asosan O`zbekistonning janubidagi Ko`hitang va Boysuntog` tog` oldi 
hududlari va qisman Tojikistonning janubiy hududlarini qamrab oladi. 
Bu hududlarda asoslari yanada qadimgiroq davrlarga borib taqaladigan dastlabki o`troq 
dehqonchilik manzilgohlari mil.avv. II ming yillikning boshlarida unchalik katta bo`lmagan tog` 
soylari bo`ylarida paydo bo`lib guruhlasha boshlaydi. e.V. Rtveladzening fikricha, aynan mana 
shu davrdan boshlab ilk temir asrining boshlarigacha ma`lum chegaralangan hududlarda 
joylashgan unchalik katta bo`lmagan vohalar tizimi SHimoliy Baqtriya aholi joylashuvining 
asosiy hududlariga aylanadi. Tadqiqotchi A.Asqarov shunga o`xshash bronza davriga oid uchta -
SHerobod, Bandixon va SHo`rchi vohalarini ajratsa, A.Sagdullaev ularni to`rtta-Ulonbuloqsoy 
(Muzrabot), SHerobod, Halqajar (Mirshodi) va Bandixon vohalari mavjud bo`lganligini 
ta`kidlaydi. e.Rtveladze zsa, bu tadqiqotchilarning fikrlariga qisman qo`shilsada, vohalarni 
quyidagicha guruhlaydi: Ulonbuloqsoy (Muzrabod), SHerobod, Halqajar (Mirshodi) va Hisor. 
Uning fikricha markazlarning rayonlashuvi- voha dastavval, Qo`hitangdan boshlanib qadimda 
Amudaryoga quyiluvchi uncha katta bo`lmagan Ulonbuloqsoy paydo bo`ladi. Tadqiqotlar 
natijalarini solishtirib shunday xulosaga kelish mumkinki, bronza davri shimoliy Baqtriyada 
dastlab Ulonbuloqsoy va SHerobod, keyinroq esa, Halqajar va Bandixon vohalari o`zlashtiriladi. 
Ko`plab arxeologik ma`lumotlar natijalarini qiyosiy solishtirgan A.S.Sagdullaev 
Baqtriyadagi ahmoniylargacha bo`lgan davr quyidagi manzilgoxlar guruhini ajratadi: 
1. Mustahkam mudofaa inshootlari va qal`alari bo`lgan Qiziltepa, Oltindilyor ko`rinishidagi 
shakllanayotgan yirik markazlar. 
2.Bandixon 2 singari mustahkam qal`asi bo`lgan va bir erda zich joylashgan yirik 
manzilgohlar. 
Z.Talashkantepa 1 ko`rinishidagi burjlari va shinaklari bo`lgan alohida qal`alar. 
4. Bo`yrachitepa 2 ko`rinishidagi alohida uylardan iborat manzilgoh - massivlar. 


5.Qizilchatepa 1,2,6 ko`rinishidagi markaziy va tashqi hovlilari devor bilan o`rab olingan 
uy-qo`rg`onlar. 
b.Kuchuktepa ko`rinishidagi doimiy qurylishlari bo`lgan, ammo keng markaziy va ichki 
hovlilari bo`lmagan mustahkamlaigan uy-qo`rg`onlar. 
Turli vohalarning o`zlashtirib borilishi aholining o`troqlashuvi va o`troq manzilgohlarning 
yanada taraqqiy etishi uchun muhim ahamiyatga ega bo`ldi. SHuni alohida ta`kidlash joizki, ilk 
bronza davrida mahalliy jamoalarning ishlab chiqarish salohiyati unchalik kuchli emas edi. 
Undan tashqari, aholining soni ham ko`p mehnat sarflanadigan yirik daryolar vohalarini 
o`zlashtirish darajasida ko`p emas edi. SHuning uchun ham, aholi dastlab o`zlashtirilishi oson 
bo`lgan tog` oldi xududlari va kichik daryo vohalarini tanlaganlar. 
O`trok aholi tomonidan qosildor vohalarning jadallik bilan o`zlashtirilishi natijasida so`nggi 
bronza davriga kelib dehqonchilik vohalari yanada kengayib boradi. So`nggi yillarda olib 
borilgan tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqargan SH.B.SHaydullaevning fikricha, so`shti 
bronza davriga kelib SHimoliy Baqtriyaning dehqonchylik vohalariga bo`linishi kuyidagicha: 
SHerobod vohasi (Ulonbuloqsoy va SHerobod dehqonchilik tumanlarini o`z ichiga oladi, 
vohaning markazi Jondavlattepa), Boysun vohasi (Bandixon, Mirshodi, Sangardak-
To`palang dehqonchilik rayonlarini o`z ichiga oladi, vohaning markazi Qiziltepa ko`hna shahri). 
Surxon vohasi (O`rta. Surxon va Termiz atroflari dehqonchilik rayonlarini o`z ichiga oladi, 
vohaning markazi Hayitobodtepa ko`hna shahri), Kofirnihon vohasi (o`ng qirg`oq Kofirnihon, 
o`rta Kofirnihon, Vaxsh dehqonchilik rayonlarini o`z ichiga oladi, vohaning markazi Qalai Mir 
ko`hna shahri). Panj vohasi (vohaning markazi Boytudasht ko`hna shahri). 
O`rta Osiyoning shimoli-sharqiy xududlari, xususan, Farg`ona vodiysida bronza davri 
boshqa hududlarga nisbatan tarixiy taraqqiyot nuqtai nazaridan o`ziga xos bo`lib, unda arxaik 
zlementlar uzoq davr mobaynida saqlanib qolgan. Vodiydagi bronza davriga oid bo`lib CHust 
madaniyati nomi bilan ma`lum va mashhur bo`lgan dehqonchilik madaniyatini tadqiqotchilar 
turli yillarda goh bronza, goh ilk temir davri bilan sanalab keldilar. 
SHohimardonsoy-Marg`ilonsoy hamda Kosonsoy havzalarida olib borilgan keyingi 
yillardagi arxeologik-paleografik izlanishlar Farg`ona vodiysining sug`orma dehqonchiligi 
tarixiga birmuncha aniqliklar kiritish imkoniyatini berdi. Misol uchun, tadqiqotlar natijalariga 
ko`ra, Kosonsoyning quyi oqimida Axsikent vohasining asosiy qismi mil. avv. X-1X asrlarda 
o`zlashtirilgan bo`lib, eski Axsi yodgorligi hududida dexqonchilik manzilgohi bo`lganligi 
aniqlandi. Tadqiqotchilarning fikricha, Farg`ona vodiysidagi aynan shunga o`xshash ko`plab 
manzilgohlarning (ma`lum hududlardagi) markazi Dalvarzin bo`lgan bo`lishi kerak. Dalvarzin 


ilk shahar sifatida Farg`ona vodiysidagi dastlabki davlatning poytaxti bo`lgan bo`lishi ham 
mumkin. 
Bugunga kadar olib borilgan arxeologik ma`lumotlarni solishtirib va tahlil qilib xulosa 
chiqaradigan bo`lsak, Farg`ona vodiysida qadimgi dehqonchilik madaniyati mil. avv. II ming
yillikning so`nggi choragidan boshlanadi. Asosan dehqonchilik bilan shug`ullangan
CHust madaniyatiga oid manzilgohlardan dehqonchilik bilan bog`liq ko`plab ashyolar 
topilgan. Bu madaniyat. aholisi bronza davrida asosan dehqonchilik uchun qulay erlarni 
o`zlashtiradilar. Farg`ona vodiysida bu davrdagi axolining suv bo`yidagi unumdor 
hududlarni o`zlashtirganliklariga qarab quyidagi voha-rayonlarga ajratiladi: G`ovasoy 
vohasi va Ko`ksaraksoy bo`ylari. Kosonsoy vohasi. Qoradaryoning chap qirg`og`i. Xo`jaobod va 
uning yaqin atrofidagi hudud. Aravonsoy vohasi. Oqburasoy vohasi. Toldiqsoy va uning 
irmoqlari bo`ylari. Qoradaryo va YAssi oralig`idagi voha. Aravonsoyning yuqori oqimi va 
Qirg`iz-Otasoy bo`ylari. 
Mil. avv. I ming yillikning boshlariga kelib O`rta Osiyo qadimgi xo`jaliklarida sezilarli 
o`zgarishlar bo`lib o`tadi. Temirning hayotga jadallik bilan kirib kelishi va keng tarqalishi 
natijasida alohida jamoalarning ishlab chiqaruvchilik salohiyati jadallashadi. Qator hududlarda 
madaniy rivojlanishning o`ziga xos xususiyatlarini belgilab beruvchi hamda tarixan bir-biri bilan 
bog`liq bo`lgan xo`jalik yuritish usullari shakllanadi. Bu davrdagi dehqonchilik va chorvador 
qabilalarning joylashuvi avvalo, tabiiy sharoitning o`ziga xos xususiyatlari bilan bog`liq edi. 
Dastavval, aholi joylashuv hududlari yaqqol ko`rinadigan O`rta Osiyoning janubiy 
hududlariga nazar tashlaydigan bo`lsak, ilk temir davriga kelib bu hudud aholisi aniq tarixiy-
madaniy joylashuvga ega edi. Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko`ra, bu davrda 
Murg`obning quyi oqimlarida, Balxobda, Surxondaryo va Qashqadaryo vohalari hamda ularga 
qo`shni bo`lgan hududlarda aholi joylashuvining o`troq shakli kuzatiladi. Arxeologik. tadqiqotlar 
ma`lumotlariga tayangan A.Sagdullaev 

ilk temir davri O`rta Osiyoning janubidagi aholi 
joylashuvi rayonlarini kuyidagi guruhlarga ajratadi: 
Daryo-soylar sohillarida markazlashgan tog` oldi rayonlarining ko`p sonli manzilgohlari. 
Soy (yoki kanal) yoki bevosita yirik daryo irmog`i bo`yida joylashgan tog` oldi hududlari 
rayonlarining bshta-ikkita manzilgohlari. 
Murg`ob, Zarafshon, Balxob daryolari etaklari va irmoqlari havzalaridagi manzilgohlarning zich 
joylashuv rayonlari. O`rta Zarafshon va Qashqadaryoning o`rta oqimi hududlaridagi geografik 
jihatdan qulay bo`lgan. (baland adirlar, qum barxanlari bo`lmagan) daryo tekisliklari 
rayonlari. 


Hozirgi kunga kelib SHimoliy va shimoli-sharqiy Afg`oniston, Janubiy va Janubi-G`arbiy 
Turkmaniston, Janubiy Tojikiston va Janubiy O`zbekiston hududlarida ilk temir davriga oid ko`n 
sonli o`troq aholi manzilgohlari aniqlangan. Ushbu manzilgohlar o`ziga xos aholi joylashuv 
rayonlarini tashkil etib, ularning ayrimlari dastlabqi shahar markazlari edi. Ularning atroflarida 
o`zlashtirilgan maydonlar va sug`orish tartibidan tashqari turar-joylar va manzilgohlar, 
o`zlashtirilmagan erlar va yaylovlar mavjud bo`lib, eng muhimi bu erlarda yashagan aholi 
yaratuvchanlik faoliyati olib borgan. Ushbu joylashuv rayonlarini belgilovchi belgilar birinchi 
navbatda, tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillar bilan bog`liq edi. 
Bu omillarni jamiyat taraqqiyotiga qay darajada ta`sir etishini tahlil etish shuni ko`rsatadiki, 
tabiiy-geografik nuqtai nazardan aholi markazlashgan rayon-hudud doimo aholi joylashuvi 
hamda odamlar jamoalari yashashi uchun moddiy shart-sharoitlar yaratilgan geografik kenglik 
sifatida shakllanadi. Ushbu geografik kenglikda inson turmush tarzi uchun o`ta zarur bo`lgan 
shart-sharoitlar-suv manbalari, yaylovlar, qurilish xom ashyosi, qurilish uchun qulay joylar 
kabilar mavjud bo`ladi. Bir hududda uzoq yashash natijasida odamlar o`zlari uchun moddiy va 
ma`naviy sharoit yaratish bilan birga hududlarga ta`sir o`tkazib uning tabiiy-geografik 
sharoitlarini mumkin qadar o`zlariga moslab oladilar. Geografik muhit odamlarning turmush 
tarzi, madaniyati hamda ishlab chiqarish faoliyatiga kuchli ta`sir ko`rsatsada, ijtimoiy-siyosiy 
taraqqiyotga deyarli ta`sir ko`rsatmaydi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan aholi rayonlashuvi jarayonlari shunda kuzatiladiki, bu 
jarayonda markaz-rayon hududi mehnat va ishlab chiqarish ob`ekti, ishlab chiqarish kuchlari va 
ishlab chiqarish mahsulotlari markazlashgan joy, xo`jalik, madaniy hamda boshqa ijtimoiy 
munosabatlar markazi hisoblanadi. 
Rayon-markazlashuvning madaniy omillari nuqtai nazaridan tahlil etsak, bu jarayonda har 
bir o`ziga xos rayon shu hududda mavjud bo`lgan manzilgohlar va turli ko`rinishdagi turar-
joylar, diniy va hunarmandchilik inshootlari, ishlab chiqarish va turmushda ishlatiladigan 
buyumlar-mehnat qurollari, jangovar qurollar, taqinchoqlar, sopol idishlar mavjudligi hamda 
turmush tarzining yuqori darajasi va mafkuraviy tasavvurlarning rivojlanganligi bilan izohlanadi. 
Olib borilgan tadqiqotlar tahlilidan xulosa chiqaradigan bo`lsak, «rayonlashuv», 
«markazlashuv», «rayon-voha», «rayon-markaz» atamalari fikrimizcha, qadimgi o`troq aholi 
joylashuvi tartibini u yoki bu darajada nisbatan to`liqroq o`zida aks zttiradi. Bu o`rinda albatta, 
aholining bir hududda zich yoki tarqoq joylashuvi tartibini ham hisobga olish zarur. Aholi bir 
hududda nisbatan zich joylashgan hududlar uchun «rayon-markaz», nisbatan tarqoq joylashuv 
hududlari uchun «rayon-voha» atamasini qo`llash maqsadga muvofikdir. 


Tadqiqotlar tahlili shuni ko`rsatadiki, o`rganilayotgan davrda aholi joylashuvi rayon-
vohalarning ma`lum ma`nodagi ham ichki, ham tashqi chegaralari mavjud edi. Ichki chegaralar 
asosan mavjud aholi manzilgohlarining o`ziga xos xususiyatlari bilan (hududlari, rejaviy 
tuzilishi, turar-joylarning joylashishi) bog`liq bo`lsa, tashqi chegaralar hududlar oralig`ida 
joylashgan o`zlashtirilmagan erlar orqali belgilangan. Bunday erlarga ma`lum jamoalar egalik 
qilishga ulgurmagan yoki bu erlarni o`zlashtirilishi qiyin bo`lgan (adir, dasht va boshq). 
Fikrimizcha, atrof muhit haqida turli ma`lumotlar to`plash, aholi sonining doimiy o`sib borishi 
va nihoyat, yangi erlarni o`zlashtirishga bo`lgan intilishlar aholi yashash hududlari dastlabki 
chegaralarining kengayishi va o`zgarib turishi uchun jiddiy asos bo`lib xizmat qilgan. 
SHunday qilib, aholi joylashuvining hududiy rayonlashuvi dastlabki shahar markazlarning 
keyingi 
taraqqiyoti 
uchun 
katta 
ahamiyatga ega bo`ldi. Qadim davrlardayoq ayrim qabilalar yoki qabila guruhlarining o`ziga xos 
uslubda 
bir 
erda 
o`troq 
markazlashuvi natijasida hududiy birlik yuzaga kelib ilk shaharlar ushbu. hududiy birlikning 
markazlari 
sifatida 
taraqqiy etadi. SHaharlar taraqqiyoti natijasida aholi joylashuvining geografik chegaralari 
yaqqolroq 
ko`rina 
boshlaydi. Undan tashqari hududiy birlik-madaniy, etnik va til birligi uchun ham katta 
ahamiyatga 
ega 
bo`ldi. 
SHuningdek, 
hududiy birlik ko`rinishidagi aholi joylashuvining rayonlashuvi ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy-siyosiy munosabatlarning keng miqyosda taraqqiy etishi uchun 
ham jiddiy ahamiyatga ega bo`ldiki, ushbu jarayon dastlabki shahar-markazlaridagi o`ziga xos 
madaniyatni belgilab beruvchi taraqqiyot bosqichlari uchun asos bo`lib xizmat qildi. 
Tadqiqotlar qiyosiy tahdillaridan xulosa chiqarilib, Urta Osiyo o`troq aholi joylashuvi 
rayonlarining o`ziga xosligi va taraqqiyot xususiyatlariga qarab quyidagi guruhlar va davrlarga 
ajratish taklif etiladi: 
Janubiy Turkmaniston neolit-eneolit davri aholisining Kopetdog` etaklari va Murg`ob daryosi 
vohalarida markazlashuvi (mil. avv. U1-SH ming yillik boshlari). 
Surxon va O`rta Amudaryo vohalarida hamda Zarafshon vohasi bronza davri aholi joylashuv 
hududlari (mil. avv. SH-N ming yilliklar). 
Xorazm, Buxoro vohasi(mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi). 
Farg`ona vodiysi so`nggi bronza va ilk temir davri aholi joylashuv rayonlari (mil. avv. II ming 
yillik so`nggi choragi - I ming yillik boshlari). 


So`nggi bronza va ilk gsmir davri Surxon, Balxob, Kofirnihon, Panj, Zarafshon, 
Qashqadaryo vohalari aholi joylashuv rayon-markazlari hamda ularda ilk shaharlarning taraqqiy 
etishi (mil. avv. II ming yillik o`rtalaridan I ming yillik o`rtalarigacha). 
4-mavzu: 

Download 395,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish