O‘rta Osiyo xalqlari hayotidagi uyg‘onish davrining bosqichlari va omillari.
Dunyo madaniyatini yaxlit olib o‘rgangan olimlarning ishlari shuni ko‘rsatdiki, Osiyo markazida joylashgan Movarounnahr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (IX – XII asrlar) ulkan madaniy ko‘tarilish yuz bergan, ilm – fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilg‘or insonparvarlik g‘oyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida «Musulmon Renessansi» (A. Mets) yoki «Sharq Uyg‘onishi» (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq Uyg‘onish davrida yevropa Uyg‘onish davrining asosiy belgilari mujassam: jo‘shqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq Uyg‘onish davri ham ulug‘ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi.
VIII asrda Arab xalifaligi hozirda O‘rta Osiyo deb atalmish hududni fath etib bo‘lgan, bosib olingan yerlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy – iqtisodiy va ma'naviy hayot Arab xalifaligi tartib – qoidalariga butunlay bo‘ysundirilgan edi. Xalifalik tarkibiga kiritilgan o‘lkalarda faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki, arab tili xalifalikning davlat tili bo‘lsa, islom dini uning mafkurasi edi. Shu sababli bu mamlakatlarda arab tilini o‘zlashtirishga intilish kuchli bo‘lgan. Islomni qabul qilgan aholining arab tili bilan muloqoti, ibodat vaqtlarida qur'on suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma'murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z siyosiy mavqelarini tiklab uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movarounnahrda xatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvi o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ldi. Chegaralari borgan sari kengayib, ulkanlashib boryotgan xalifalik uchun ilm ahli suv va havodek zarur bo‘lib qoldi.
Davlatni boshqarishda xalifalik ma'muriyati bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo‘lgan bilimdonlar ham oz bo‘lib, borlari ham zaif edi. Bu hol o‘z navbatida arab tili va yozuvini Movarounnahrda keng yoyilishiga imkoniyat yaratib berdi
Arab tili va islom dini bo‘yicha mukammal bilim va malakaga ega bo‘lganlar arab xalifaligining markaziy shaharlariga borib o‘qishni odat tusiga, an'anaga aylantirdilar. Damashq, Qohira, Bog‘dod, Kufa, Basra va boshqa shuning singari katta shaharlarda Movarounnahr va Xorazmdan borib fan, madaniyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan ajdodlarimiz soni borgan sayin ko‘payib bordi. Xususan, bu borada Bog‘dod shahri Sharqning ilm – ma'rifat markazi sifatida katta ahamiyat kasb etdi. IX asrda bu shaharda xalifa Horun ar – Rashid hukmronligi davri (786 – 809)da «Bayt ul – hikmat» («Hikmat xonasi»)ga asos solinib, xalifa Ma'mun hukmronligi davri (813 – 833)da «Bayt ul – hikmat»ning faoliyati yanada rivoj topgan, uning rasadxonasi va katta kutubxonasi bo‘lgan (buyuk matematik Muso Xorazmiy va astronom Ahmad Farg‘oniy shu yerda ishlagan). Sharqning fanlar akademiyasi hisoblangan «Bayt – ul – Hikma» – o‘zbekcha asarlarda «Bilimdonlar uyi» yoki «Donishmandlar uyi» deb yuritiladi. Xuddi shunga monand X asr oxirlarida Xorazmda ham podsho Ma'mun ibn Ma'mun davri (995 – 997)da «Donishmandlar uyi» tashkil etildi. 1010 yilda Urganchda tashkil etilgan bu «Bayt – ul – Hikma» – «Ma'mun akademiyasi» (Xorazm akademiyasi) deb nomlanadi. Abu Rayhon Beruniy shu akademiyaning rahbari bo‘lgan (bu akademiya doirasida Abu Ali ibn Sino, faylasuf Abu Saxl Masihiy, tabib Abul – Hasan Hammor va boshqalar ish olib borishgan).
Ammo VIII asr oxiri IX asr boshlarida bo‘ysundirilgan xalqlarni mutloq itoatda saqlab turish nafaqat xalifalik markazi ma'murlariga, balki o‘lkalarga tayinlangan noib uchun ham tobora qiyinlasha boshladi. Bu davrda xalifalikni larzaga keltirgan og‘ir siyosiy vaziyat abbosiylarning Movarounnahr va Xurosonda olib borayotgan siyosatini o‘zgartirishiga majbur etdi. Birin – ketin O‘rta Osiyoda Toxiriylar, Safforiylar, Somoniylar davlatlari tashkil topdi. Mamlakatda sodir bo‘lgan bunday siyosiy o‘zgarishlardan so‘ng Movarounnahr Xurosondan ajralib o‘z mustaqilligini tiklab olish imkoniga ega bo‘ldi. IX asrda Somoniylar davlatining tashkil topganidan so‘ng XII asrga qadar asta – sekin Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlati vujudga keldi. IX – XII asrlarda O‘rta Osiyoda ushbu mustaqil markazlashgan davlatlarning vujudga kelishi ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy taraqqiyotni ta'minladi.
Xalqaro maydonda katta e'tibor va nufuzga ega bo‘lgan bu davlatlar Axmad Nasr, Ismoil Somoniylar, Alptakin, Mahmud G‘aznaviy, Tug‘rulbek, Sulton Sanjar Anushtegin, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko‘ra oladigan davlat arboblari davrida har tomonlama rivojlanib, madaniy taraqqiyotda yuksak darajaga ko‘tarildi. Chunki bu hukmdorlar davrida mamlakatda davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik- osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldi. Natijada moddiy ishlab chiqarish rivoj topdi, hunarmandchilik va savdo taraqqiy etdi, madaniyat gurkirab o‘sdi.
IX – XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma'naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish yillari bo‘ldi. Bu davrda Movarounnahrda ilm – fan yuksaldi, hozirgi zamon fanining ko‘plab tarmoqlari va yo‘nalishlariga chinakam poydevor yaratildi. Xususan, matematika, algebra, astronomiya, tibbiyot, geologiya, geodeziya, geografiya, falsafa singari dunyoviy fanlarning tamal toshi tom ma'noda shu davrda qo‘yildi.
Movarounnahr va Xorazmda IX—XII asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda yuz bеrgan ijobiy yutuqlar va muvaffaqiyatlar haqida gap kеtganda, ana shu yutuk va muvaffaqiyatlarning asosiy omili va sababchisi bo’lgan markazlashgan mustaqil davlatlarning vujudga kеlganligini e'tibordan qochirmasligimiz kеrak albatta.
O’z mavqеi va tutgan o’rni jihatidan xalqaro maydonda katta e'tibor va nufuzga ega bo’lgan O’rta Osiyodagi somoniylar, qoraxoniylar, g’aznaviylar, saljuqiylar va xorazmliklar davlatlari Axmad Nasr, Ismoil Somoniylar, Alptakin, Mahmud G`aznaviy, Tug’rulbеq Sulton Sanjar Anushtеgin, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko’ra oladigan davlat arboblari davrida har tomonlama rivojlanib, madaniy taraqqiyotda yuksak muvaffaqiyatlarga erishdilar. Chunki bu hukmdorlar davrida mamlakatda davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik osoyishtalik va barqarorlik vujudga kеldi. Natijada moddiy ishlab chiqarish rivoj topdi, hunarmandchilik va savdo taraqqiy etdi, madaniyat gurkirab o’sdi. Bu davrda «Buyuk ipak yo’li»ning o’rni va ahamiyati oshdi, hunarmandchilik va savdo-sotiqlar rivoj topgan obod va ko’rkam shaharlar vujudga kеldi. Buni shundan ham bilish mumkinki, al-Muqaddasiyning yozishicha (985 yilda yozgan) 850-933 yillarda Xorazmda 13 shahar mavjud bo’lgan bo’lsa, yarim yildan so’ng shaharlar soni 33 taga yеtgan. Bular: Kos, Gardmon, Oyxon, Orzaxiva, No’qfog’, Qardor, Mizdakxon, Jashira, Sadvor, Zarduh Boratеgin, Madminiya (Jayxun daryosining o’ng sohilida), Jurjoniya, Raxushmisan, Madamisan, Xiva, Kardaranxos, Xazorasp, Jigarband, Joz, Darg’on, Jit, Kichik Jurjoniya, ikkinchi Jit, Safdor, Nuzvor, Zamahshar, Ruzun, Vazirmand, Vaskaxankas Andarosgondir.
Muqaddasiyning so’zlariga qaraganda, Xorazm aholisi aql-zakovatli, fikh ilmini egallagan ma'rifatli kishilar bo’lganlar. Xalifalik shaharlarida fikh, adabiyot, Qur'onni urranish sohasida shogirdi bo’lmagan xorazmlik imom (bu yerda yirik olim ma'nosida) kamdan-kam uchraydi. Xorazmning bu davrdagi taraqqiyoti xususida yirik olim S. P. Tolstovning arxеologiyaga oid quyidagi xulosalari ham g’oyatda ibratlidir: «Bu davrlardagi Xorazmning iqtisodiy parvozini nazardan o’tkazar ekansiz, bir vaqtlar fеodal monarxiya bo’lgan bu davlat qiyofasining qoldiqlari ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi. Bizning nigohimizda yuz minglab gеktarlab yеrlarga obi - hayot bеrgan ulkan sugorish inshootlari, Xuroson, Movarounnahr va Qipchoq dashtlariga tutashib kеtgan stratеgik va savdo yo’llari istеhkomlari, shaxarlarning qaynoq hayoti, hunarmandchilik ravnaq topgan savdo-sotiq hamda O’rta Osiyo, Eron va Volga bo’yining badiiy madaniyatining kеyingi butun tarixiga kuchli ta'sir ko’rsatgan Xorazm uyg’onish davrining bor ulug’vorligi va boy ravnaqi gavdalanganday bo’ladi». IX—XII asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy va madaniy sohadagi taraqqiyot o’lkamizning Xorazm vohasidan tashqari boshqa hududlariga ham xosdir. Buxoro, Samarqand, Kеsh, Naqshob, G’azna, Panjikеnt, Binokеnt, Shosh, Tеrmiz, Quva, Kobadiyon, Boykеnt va boshqa shaharlar savdo-tijorat, hunarmandchilik va madaniyat markazlari sifatida dong taratganlar. Somoniylar poytaxti Buxoro dunyoda ikkinchi Makka hisoblangan. Bu yеrga savdo-sotiq, tijorat ishlari bilan, kasb-hunar o’rganish, islom nuri va madaniyatidan bahramand bo’lishdеk ezgu niyatda odamlar dunyoning turli burchaklaridan oqib kеla boshlaganlar.
Tarixchi Abu Mansur as-Saolobiy ta'kidlaganday, (961-1038) Buxoro somoniylar davridan boshlab «...shon-shuhrat makoni, saltanat ka'basi va zamonasining ilg’or kishilari jamlangan, yеr yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda o’z davrining fozillari yig’ilgan (joy) edi». Arablar istilosidan so’ng IX—XII asrlarda mahalliy hukmdorlar boshchiligida vujudga kеlgan markazlashgan davlatlar davrida mamlakatda vujudga kеlgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-madaniy qulay vaziyat shunday muhitni yaratdiki, natijada bu mintaqadan o’z qobiliyatlari, yorqin va bеtakror ijrolari, ulkan madaniy-ma'rifiy durdonalari bilan jahon madaniyati sivilizatsiyasi xazinasiga bеbaho hissa qo’shgan ajoyib allomalar, fan va madaniyat sohiblari, olimu - donishmandlar, mumtoz adabiyot daholari kamolotga yеtdilar. Bularning hammasi bizning milliy iftihorimiz, g’ururimiz va fahrimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |