O’rta Osiyo xalqlari arablar istilosi va hukmronligi davrida



Download 183,33 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.01.2022
Hajmi183,33 Kb.
#399438
Bog'liq
узбек тарих 1 мавзу



O’rta Osiyo xalqlari arablar istilosi va hukmronligi davrida. 

  

Reja: 1. O‘rta Osiyoga arablar istilosining boshlanishi 2.Xalifalik davrida iqtisodiy va madaniy 



o`zgarish 3.Xalifalikka qarshi xalq qo`zg`alonlari  

 

Tayanch tushunchalar:

 

Abruy qo’zg’aloni, Arab xalifaligi, Ummaviylar, Abbosiylar, Qur’on, arablar 

istilosi, Movarounnahr, soliq siyosati, Muqanna, islom dini.   

  

Arablar istilosi va hukmronligi davrida O’rta Osiyo. VI asrning oxiri va VII asr boshlarida (ya’ni islom 



dinining vujudga kelishi arafasida) Arabiston yarim orolida Somiy (semit) qavmiga mansub arab 

qabilalari tarqoq holda yashadilar. Ular o’rtasidagi mavjud ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot 

darajasi bir xil emas edi. Arablar asosan ko’chmanchi, Chorvachilik bilan hayot kechirgan. 

Ko’chmanchilar badaviylar deb yuritilgan. Vohalardagi aholi dehqonchilik bilan shug’ullangan. Dengiz 

bo’ylari, vohalarda, xususan, yarim orolning Qizil dengizga tutash Hijoz vohasi va janubiy Yamanda 

ahvol birmuncha boshqacharoq bo’lib, bu hududlarda arab qabilalari asosan o’troq hayot kechirgan, 

savdo-sotiq, hunarmandchilik ham ancha rivoj topgan edi. Ayniqsa Hijozning bosh shahri-Makka xalqaro 

karvon savdosining muhim markazi hisoblangan. Muhammad alayhissalom 570-yil 27 avgustda Makka 

shahrida Quraysh qabilasining Hoshimiylar xonadonida dunyoga keldi. Uning bobosi Abumutallib 

Makkadagi Ka’ba ibodatxonasi kalitining nigohboni (saqlovchisi) bo’lgan. Muhammad (sav) 

go’dakligidayoq yetim qolgan. Tug’ilmasidan avval otasi-Abdulloh, 6 yoshligida esa-onasi Omina vafot 

etgan. U dastlab bobolari, so’ng amakilari Abu Tolib qo’lida tarbiya oladilar. Muhammad (sav) 

amakilarining maslahatiga ko’ra badavlat savdogar ayol Xadicha binti Xuvaylidning savdo ishlariga 

boshchilik qiladi va 25 yoshlarida unga uylanadi, Xadicha bu davrda 40 yoshda edilar. Muhammad ibn 

Abdullohislom dini va birinchi musulmonlar jamoasi asoschisi sifatida 40 yoshida, ya’ni 610 yilda 

payg’ambarlik faoliyatini boshlab, islom dini dastlab o’ziga yaqin bo’lgan kishilarga so’ngra aholi orasida 

targ’ib qila boshladi. Bu ta’limot aholining barcha qatlamlari manfaatlariga mos bo’lib, tez orada birinchi 

navbatda shahar ahli ichida tarqala boshlaydi. Lekin yangi din tarafdorlarining ahvoli ularning 

e’tiqodlariga ko’ra og’irlashib borgandan so’ng bir qism musulmon aholi Habashistonga, ba’zilari 

Shimolga qarab ketishga majbur bo’ldilar. Muhammad ham o’ziga qarshi turgan quraysh qabilasi 

a’zolarining ta’qibi kuchayib ketgach 622 yil 16 iyulda (ba’zi adabiyotlarda 15 iyul deyiladi) o’zining eng 

yaqin do’sti va safdoshi Abu Bakr bilan Makkadan Madinaga ko’chishga majbur bo’ladi. Bu arab tilida 

«hijrat» deb atalib, shu kundan boshlab musulmon olamida qabul qilingan hijriy yil boshlanadi. Hijriy yil 

hisobi 2 xil bo’ladi: hijriy-qamariy, ya’ni oy hisobi bo’yicha va hijriyshamsiy, quyosh hisobi bo’yicha 

belgilanadi. Madinada Muhammad o’z ta’limotini davom ettiradi. Muhammad binni Abdulloh hayotining 

oxirlariga kelib 630 yilda ko’p sonli arab qabilalarining islom bayrog’i ostida birlashuvi negizida yagona 

davlatga asos soldi. Mazkur davlat Yamandan Sino yarimoroligacha, Qizil dengiz sohillaridan Markaziy 

Qum sahrosigacha cho’zilgan yerlarni o’z ichiga olar edi. Bu davrdanboshlab Makka islim dini 

markaziga, Ka’ba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylandi. 632 yil 25 yanvarda Makkayi 

Mukarramaga so’nggi hajga safar qilgan Muhammad alayhissalom haj safaridan so’ng qattiq betob bo’lib 

qoladilar. U kishi betobligida Ka’ba masjidiga imomlikni o’tashni qaynotalari Abu Bakrga topshiradilar 

(622 yilda Xadicha vafotidan so’ng Abu Bakrning qizi Oyshaga uylangan edi). Muhammad alayhissalom 

nasroniy yil hisobida 632 yil (hijriy yil hisobida 10 yili) 25 mayda o’z uylarida vafot etadi. 

Payg’ambarimiz vafotidan so’ng u kishining ishonchli noiblari yoki o’rinbosarlari (arabcha xalifalar) 

davlatni boshqarganlar. Ana shu tariqa tarixda «Arab xalifaligi» (632-1258) paydo bo’lgan. Islom 

musulmonlarida asosan ilk to’rt xalifa alohida ahamiyatga ega. Bular – Abu Bakr Siddiq (632-634), 

Hazrati Umar (634-644), Hazrati Usmon (644-656) va Hazrati Ali (656-661). Ular «alXulafo arroshidun» 

(to’g’ri yo’ldan boruvchi xalifalar) degan nom oldilar1. Narshaxiyning yozishicha, 673 yilning kuzida 

xalifa Muoviya I (661-680)ning farmoni bilan Xuroson noibi Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib 

o’tib Buxoro viloyatiga bosib kiradi, Poykand va Romitonni egallab, Buxoro shahrini qamal qiladi. Bu 

jangda arablar g’olib keladilar. Arablar o’z foydasiga sulh tuzib, yuz ming (bir lak) dirham hajmida boj 

undirib, katta o’lja bilan orqaga qaytishgan. 676 yili Xurosonning yangi noibi Said ibn Usmon boshliq 




arablar Buxoro va Samarqandga yurish qiladi. Buxoro malikasi Xo’takxotun o’z qo’shini bilan arablarga 

qarshi chiqdi. Bu jangga So’g’d, Kesh, Nasafdan harbiy qo’shin yordamga kelgan. Ammo so’g’dliklar 

jang maydonini tashlab chiqib ketganlaridan so’ng malika kattagina boj to’laydi. Said ibn Usmonning 

Samarqandga qilgan yurishida Muhammad payg’ambarning jiyani Qusam ibn Abbos ibn Abdul - 

Mutallib ishtirok etadi. Lekin u Samarqand Namozgohida halok bo’ladi. U keyinchalik Shohizinda 

(«Tirik shoh») nomini olgan qabristonga dafn etiladi. Samarqand 1 oy davomida qamal qilinadi. 

So’g’dliklar jasorat bilan qarshilik ko’rsatadilar. Said ibn Usmon so’g’dliklar bilan sulh tuzishga majbur 

bo’ladi. U Samarqanddan 30000 kishini asirga olib, orqaga qaytadi va yo’l - yo’lakay Termiz shahrini 

ham istilo etadi.  680 yilda xalifalik taxtini egallagan Yazid I 683 yilda vafot etdi. Bundan so’ng toju - 

taxt uchun kurash boshlanib ketadi. Bunday vaziyatda arablar yana Movarounnahrga hujum qilishdan 

deyarli to’xtab, o’z ichki nizolari bilan band bo’lib qoladilar. Xalifa Abdulmalik ibn Marvon (685-705) 

davrida ichki nizolarga chek qo’yildi. Arablar yana o’z e’tiborini Movaraunnahrga qaratdilar. 704 yili 

xalifa Qutayba ibn Muslimni Xurosonning yangi noibi etib tayinladi va uning zimmasiga butun O’rta 

Osiyo hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasini yukladi. 705 yildan bu hududni xalifalikka butunlay 

qo’shib olish va zabt etishning ikkinchi davri boshlandi. Bu paytda O’rta Osiyodagi siyosiy parokandalik 

va kichik davlatlar o’rtasida tez-tez nizolarning bo’lib turishidan Qutayba unumli foydalandi2. O’z harbiy 

yurishlarini Qutayba 705 yil Balx viloyatini bosib olish bilan boshladi. Balxdan tashqari u                                                            

Chag’oniyon, Shuman va O’rta Osiyoning janubidagi kichik viloyatlarni o’ziga bo’ysundiradi. 

Chag’oniyon hokimi Tish arablar tomoniga o’tib ketadi. Qutayba jo’nab ketishi oldidan shaharda o’z 

ukasi Abdurahmon ibn Muslim boshliq yaxshi saralangan qo’shinni qoldirib ketadi. Ammo Sug’d 

aholisining qarshiligi bu bilan tugamaydi. Al-Yaqubiyning yozishicha, 712 yil kuzida Samarqandda arab 

noibiga qarshi qo’zg’olon ko’tariladi. Ularga turklar yordam beradi. Faqatgina 713 yil bahorida 

Qutaybaning yetib kelishi bilan shahardagi qo’zg’olon bostiriladi. Mug’ tog’idan topilgan hujjatga ko’ra 

Qutayba o’zining keyingi yurishlarida Shosh, Farg’ona va Turkiy hoqonlik qo’shinlaridan iborat yana bir 

harbiy ittifoqning qarshiligiga duch keladi. Sug’d, Choch, Farg’ona ittifoqiga Panjikent hokimi 

Devashtich ham qo’shiladi. Shunday bo’lsa-da, Qutayba 713 yilda Choch vohasini, 715 yilning boshida 

esa Farg’ona vodiysini uzil-kesil bosib oldi. Xullas, 713-715 yillarda Qutayba ibn Muslim Qashg’argacha 

bo’lgan yerlarni egallaydi. Ana shu tariqa u O’rta Osiyo yerlarini zabt etib, Xitoy hududigacha cho’zilgan 

o’lkada yashayotgan xalqlarni islom diniga kiritadi. U hamma viloyatlarga arablardan bo’lgan amirlarni 

noib etib tayinlaydi. Biroq uning faoliyati uzoqqa chuzilmadi. 705 yilda arab xalifaligi taxtini egallagan 

Volid 715 yilda vafot etdi. Xalifalik taxtiga Sulaymon ibn Abdulmalik (715-717) chiqdi. Qutayba 

Sulaymonga nisbatan g’animlik munosabatida bo’lib, unga isyon ko’tardi. Natijada bu isyon 

muvaffaqiyatsiz tugab, 715 yil Farg’onada askarlar tomonidan Qutayba o’ldirildi. Shunday qilib, o’n yil 

davomida olib borilgan doimiy kurashlar natijasida Movarounnahr xalifalik tarkibiga kiritildi. Buning eng 

asosiy va bosh sabablari quyidagilardan iborat:  Birinchidan, o’lka xalqlari o’rtasida ijtimoiy - iqtisodiy 

va siyosiy birlikning bo’lmaganligi va tarqoqlikning mavjudligidir. Arablar Movarounnahr yerlariga 

bostirib kelgan paytda o’lkada bir-biriga dushman bo’lgan 15 dan ortiq kichik - kichik feodal davlatchalar 

bor edi. Bu holdan arablar ustalik bilan foydalandilar;  Ikkinchidan, arablar ko’chmanchi turk qabilalari 

bilan mahalliy o’troq xalqlar o’rtasida mavjud bo’lgan qarama - qarshiliklardan ham foydalandilar. 

Uchinchidan, arablar Movarounnahrga qadar juda ko’plab boshqa mamlakatlar va aholi hududlarini bosib 

olgan edilar. Ular bu mamlakatlarning aholi kuchlari, moddiy boylik imkoniyatlaridan O’rta Osiyo 

hududlarini bosib olish chog’ida foydalandilar.  To’rtinchidan, arablar Movarounnahr hududlariga 

bostirib kelganlarida bu yerda ko’p xudolik, ya’ni har xil diniy g’oyalarning mavjud bo’lganligi bilan 

bog’liqdir. Bu hol arablarga qarshi o’lkamiz hududi xalqlarining birlashuviga to’sqinlik qildi va arab 

bosqinchilarining g’alabasini yengillashtirdi. Arablar O’rta Osiyo bosib olinganidan so’ng bu hududlarni 

boshqarish markazi Marv shahri bo’lib qolgan edi. Bu yerda xalifalikning noibi turgan va u 

Movarounnahr va Xurosonni idora qilgan. Dehqonlar xalifalik noibining mahalliy aholi orasidan bo’lgan 

vakiliga bo’yso’nganlar. Bunday kishilar amir unvoniga ega hisoblanar edilar. Arab istilochilari zabt 

etilgan O’rta Osiyo hududlarida dastlab qattiq qo’llik bilan arablashtirish siyosatini olib bordilar. Ushbu 

maqsad yo’lida ular ming - minglab arablarni O’rta Osiyo hududlariga ko’chirib kelganlar va eng yaxshi 

yerlarni ularga zo’rlik bilan olib berganlar. Movarounnahr hududlarida arablar egallab olgan ba’zi yerlar 

hozirgacha ham «arab qishloq»lari nomi bilan saqlanib qolgan. Dali ibn Ziyod davridayoq o’lkaga 50 

mingdan ortiq arab aholisi Basra, Kufa atroflaridan ko’chirilib keltirilgan.  Iqtisodiy hayotni o’z 

qo’llaridan chiqarmaslik maqsadida arablar bosib olingan hududlarda an’anaviy davom etib kelgan soliq 




tizimi o’z kuchida qoldirgan holda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar. Bular asosan 

quyidagilar edi: 1. Qavonin yoki mukati’a-mayda viloyatlar va tumanlardan xazinaga tushib turgan 

yig’in; 2. Maqosima-hosilning ma’lum ulushi miqdorida to’langan. Uning hajmi sug’orishga bog’liq 

holda belgilangan; 3. Misoxa-yer hajmiga qarab miqdori belgilanadigan soliq bo’lib, unda ekin ekilishi 

yoki ekilmasligi e’tibor berilmagan.  Bu soliq tizimiga quyidagi soliqlar ham qo’shilgan: Xiroj-arabcha-

«chiqim, xarajat, sarf-soliq»; yer solig’i-hosilning 1/3 qismi miqdorida yig’ilgan;   Ushr-arabcha - 

«o’ndan bir»-davlat idora ishlari uchun daromadning 1/10 hajmi hisobida olingan;   Zakot-arabcha - 

«tozalanish»-mol-mulkning 1/40 qismi (2,5) hajmida olingan;   Juz’ya (jon solig’i)-islomni qabul 

qilmagan aholidan olinadigan jon solig’i. Juz’ya natura yoki pul hisobida, asosan dehqonchilik 

mahsulotlaridan yig’ilgan.   Bulardan tashqari aholiga mahalliy va mavsumiy soliq va majburiyatlar ham 

yuklangan edi.  IX asr arab tarixchisi Xo’rdodbehning ko’rsatishicha, xalifalikka faqat xiroj solig’i 

hisobiga Sug’d viloyati 326 ming, Farg’ona 280 ming, Shosh 607 ming, Ustrushona 50 ming dirham soliq 

to’lagan. Buxoroga belgilangan xiroj solig’i miqdori bulardan ham ko’p bo’lgan. Shu boisdan istilochilar 

«kuch xirojda» deb bejiz aytmaganlar. Islom dinini qabul qilgan, musulmon bo’lgan mahalliy aholi 

vakillari dastlabki yillarda xiroj va juz’ya soliqlaridan ozod etilib, ularga anchagina imtiyozlar berildi. 

Namoz o’qish uchun masjidlarga borgan shaxslarga 2 dirhamdan pul ham berilar edi. Arablar og’ir 

soliqlarni o’z vaqtida to’lay olmaganlarni haqoratlab va xo’rlab taxtachalarga «qarzdor» degan yozuvlar 

yozdirib, ularning bo’yniga ostirib qo’yar edilar. Jumladan, Taboriyning so’zicha Xuroson va 

Movarounnahrning 735-738 yillardagi noibi Asad ibn Abdulloh juz’ya to’laydigan kishilarning bo’yniga 

tamg’a ostirgan. Islom dinini qabul qilganlarni juz’ya va xiroj soliqlaridan ozod qilish siyosatini xalifa 

Umar II ham yurgizgan va u bu siyosatni Xurosonga 717 yilda noiblikka tayinlangan Jarroh ibn 

Abdullohdan bajarilishini talab qilgan. Jarroh rasman xalifaga bo’ysungan bo’lsa-da, bosib olingan 

mamlakat aholisi islomni qabul qilgan bo’lishidan qat’i nazar xiroj solig’ini to’lashi kerak deb hisoblardi. 

Bundan tashqari Jarroh islomni qabul qiluvchilar uchun sunnatni shart qilib qo’ygan. Mahalliy xalq 

o’rtasida Jarroh zulmidan norozilik kuchaygan. Umar II vaziyatni murakkabligini hisobga olib Jarrohni 

719 yilda ozor va arman yurtiga hokim qilib jo’natadi. Arablar o’z hukmronligi siyosiy negizini 

mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlashda islom dinini keng yoyishga va targ’ib qilishga katta 

e’tibor berdilar. O’rta Osiyo aholisi ichida e’tiqod qilayotgan zardushtiylik, moniylik, buddizm, nasroniy 

va boshqa dinlar soxta deb e’lon qilindi. Ayniqsa zardushtiylikka qarshi keskin kurash olib borildi. Bosib 

olingan yerlarda bu dinning barcha ibodatxonalari yo’q qilinib, ularning o’rniga masjidlar barpo qilina 

boshlandi. Zardushtiy adabiyotlar, xususan, diniy kitoblar, so’g’d tilidagi nomalar, xalq adabiyoti yo’q 

qilinib yuborildi. O’rta Osiyoda arablarga qarshi olib borilgan xalq qo’zg’olonlari  720 - 722 yillarda-

Sug’diyonada G’urak va Divashtich boshchiligida;   725 - 729 yillarda- Samarqand, Buxoro, Xuttolonda;   

736 - 737 yillarda-Tohariston va Sug’dda;   746-749 yillarda-Xuroson va Movarounnahrda Abu Muslim 

boshchiligida;   769-783 yillarda-Muqanna qo’zg’oloni;    806-809 yillarda-Rofe ibn Lais qo’zg’oloni. 

720-722 yillarda So’g’diyonada yuz bergan G’o’rak (Sug’d ixshidi-ya’ni hukmdori) va Divashtich 

(Panjikent hokimi) boshchiligidagi qo’zg’olon arablar hukmronlikligiga qarshi yo’nalgan dastlabki 

shiddatli xalq harakatlaridan biri bo’lgan. Unda arablar siyosati va zulmidan g’azabga kelgan o’n minglab 

mahalliy xalq vakillari ishtirok etgan. 721 yilda Xurosonning yangi tayinlangan noibi Said Xarashiy katta 

muntazam harbiy kuch bilan mazkur qo’zg’olonni shafqatsizlik bilan bostirishga muvaffaq bo’ladi. 

Qo’zg’olon rahbarlaridan biri-Divashtich ham ushlanib qatl etiladi. Bundan so’ng 400 sug’d savdogari 

Xitoy jo’nab ketadi. 725-729 yillar davomida xalifalikning og’ir soliq siyosatiga qarshi Samarqand, 

Buxoro, Xuttalon viloyatlarida qo’zg’olonlar ko’tarilgan. Qo’zg’olonchilarning ancha qismi arab 

ma’murlari olib borgan siyosatiga (ayniqsa, xiroj masalasida) norzilik bildirib, islom dinidan chiqadilar. 

Qo’zg’olonchilar besh yil davomida arablarning hukmronligiga katta zarba berildi.  736-737 yillarda 

Toxariston va Sug’dda yangidan ko’tarilgan kuchli qo’zg’olon o’z safiga aholining turli ijtimoiy 

qatlamlarini jalb etgandi. Faqat Xuroson va Movarounnahrning yangi xukmdori Nasr ibn Sayyor (738-

748)ning olib borgan tadbirlari tufayligina qo’zg’olon harakatlari bartaraf etildi. Bunda u mahalliy 

aholiga, ayniqsa, uning nufuzli qatlamiga ma’lum darajada yon berishga majbur bo’ldi. Xususan, u 

arablarning mahalliy aholi bilan qon-qardoshlik aloqalarini kuchaytirishga intildi. Shu maqsadda o’zi ham 

Buxorxudot Tog’shodaning qiziga uylandi. Islomni qabul qilgan kishilar juzyadan ozod etilib, barcha 

musulmonlar huquqiy jihatdan tenglashtirildi. Xiroj solig’i to’lash barcha uchun baravar deb e’lon qilindi.  

Abu Muslimning o’chini olish uchun 755 yilda Reyda Sunbod boshchiligida (70 kun davom etgan), 

Movarounnahrda Ishoq rahbarligida, 722 yilda Xurosonda Ustoz Sis boshchiligida va 782 yilda Jurjonda 




qo’zg’olonlar bo’lib o’tgan.  769-783 yillarda arab istilochilari istibdodiga qarshi Movarounnahrda bo’lib 

o’tgan eng katta qo’zg’olon – «Oq kiyimlilar» (chunki qo’zg’olonchilarning asosiy jangovar guruhi oq 

rangdagi kiyim kiygan edilar) yoki qo’zg’olon rahbarining nomi bilan – Muqanna qo’zg’oloni deb 

yuritiladi. Bu qo’zg’olon deyarli butun O’rta Osiyo hududlariga tarqaldi. Muqanna ism emas, balki 

laqabdir. Bu so’z «niqobdor», «pardali» ma’nolarini anglatadi. Muqannaning asli ismi Hoshim ibn Hakim 

bo’lib, uning ismi va shaxsi to’g’risida yozma manbalarda turlicha ma’lumotlar mavjud. Jumladan, 

Ya’qubiyning tasvirlashicha, Muqannani Hoshim ul-a’var, ya’ni bir ko’zli Hoshim deb ham ataganlar. 

Muqanna rahbarligidagi «oq kiyimlilar» qo’zg’oloni yengilgan bo’lsa-da, biroq u Movarounnahrda Arab 

xalifaligining mustamlakachilik ildizlariga bolta urdi. Istilochilarga qarshi mahalliy xalq harakati to’la 

to’xtab qolmadi. 806 yilda Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi yana qo’zg’olon ko’tarildi. 

Ushbu qo’zg’olon Samarqandda boshlanib, Shosh, Farg’ona, Buxoro, Narshax, Xorazm va boshqa 

hududlarga ham tarqadi va xalifalikni larzaga soldi. Xuroson noibi Ma’mun mahalliy zodagonlar-

Somonxudot, uning nabiralari Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyoslar yordami bilangina qo’zg’olonni bostira 

oldi. Arablarga qarshi olib borilgan kurashi behuda ketmadi. Asta-sekin xalifalikning hukmronligi 

zaiflashi, uning ta’sir doirasi qisqarib bordi. Bu hol Movarounnahr aholisining ozodlikka erishuvida 

muhim ahamiyat kasb etdi.  



 

 

Download 183,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish