O‘rta osiyo xalqlar adabiyoti kirish


MAVZU BO‘YICHA TEST SAVOLLARI



Download 3,85 Mb.
bet8/17
Sana23.07.2022
Hajmi3,85 Mb.
#841249
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
O`rta Osiyo seminar

MAVZU BO‘YICHA TEST SAVOLLARI

  1. Mamatqulizoda tashkil etgan jurnalning nomi:

  1. Hayot; b) Seda; s) Mulla Nasriddin; d) Irshod.

  1. M.F.Oxundovning 1852-yilda yaratilgan asarini aniqlang.

  1. Hoji qoqa; b) Aldangan yulduzlar; s) Hikoyati xirsi quldurbosan; d) Hikoyati Mulla Ibrohin Xalil

  1. Samad Vurg‘unning “Farhod va Shirin” pesasi nechanchi yilda yaratilgan?

  1. 1937-yil; b) 1938-yil; s) 1940-yil; d) 1942-yil.

  1. Asker haqida kitob” asarining muallifi kim?

  1. A.Bokixonov; b) M.F.Oxundov; s) S.Vurg‘un; d) Mamatqulizoda.

  1. Kim mashhur shoir Voqif obrazini o‘zining pesasida tasvirlashga harakat qiladi?

  1. A.Bokixonov; b) M.F.Oxundov; s) S.Vurg‘un; d) Mamatqulizoda.



Adabiyotlar ro‘yxati

  1. Ариф М. Азербайжанская литература. -Москва, 1979.

  2. Вурғун С. Танланган асарлар. -Тошкент, 1965.

  3. Ҳусайн М. Апшерон. Роман. -Тошкент, 1973.

  4. Иброҳимов М. Шундай кун келади. Роман.Тошкент, 1975.

  5. Анор. Беш қаватли уйнинг олтинчи қавати.

  6. Жовид Ҳ. Амир Темур. Драма. // Жаҳон адабиёти, 1998. 1-сон

4 - MAVZU : FORS-TOJIK ADABIYOTI
Reja:
1.Tojik folklor adabiyoti va uning qardosh xalqlarga adabiyotiga ta’siri
2. Hofiz Sheroziy, Sa’diy Sheroziy, Rudakiy ijodining mavzu va g‘oyaviy xususiyatlari
3. Firdavsiy “Shohnoma”si jahon adabiyotining noyob durdonasi
4. 19 asr tojik demokrat adabiyotiga xos xususiyatlar
5. Zamonaviy tojik adabiyoti

Tojik adabiyotining tarixi tojik xalqining tarixi kabi juda boy va qadimiydir. O‘zining kelib chiqishi va til xususiyatlari bilan tojiklar qo‘shni Eronda yashovchi forslarga juda yaqin turadi. Ayniqsa X-XV asrlarda, tojiklar va forslar bir butun davlat bayrog‘i ostida hayot kechirgan davrlarda bu yaqinlik yanada kuchaydi. SHu sababli o‘sha zamonda yashab ijod etgan Rudakiy, Firdavsiy, Umar Xayyom, Hofiz va Sa’diy singari olamga mashhur yozuvchilarning ijodi, haqli ravishda, ham tojik, ham forslarning adabiy merosi hisoblanadi.


Tojik xalqi ko‘p asrlardan buyon o‘z taqdirini O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda yashovchi turkiy xalqlar – o‘zbek, qirg‘iz, turkman, qozoq, qirg‘iz va qoraqalpoqlar taqdiri bilan bog‘langan holda yashab kelmoqda. Bu xalqlar uzoq davrlar mobaynida yonma-yon turib chet el bosqinchilariga qarshi kurash olib bordilar, chorizm va keyin mustabid tizim azob uqubatlarini boshidan kechirdilar.
Qadimiy va navqiron tojik adabiyotining O‘rta Osiyoda yashovchi qardosh xalqlarning adabiyoti bilan, ayniqsa o‘zbek adabiyoti bilan chambarchas bog‘lovchi ajoyimb an’analar mavjud. Xorazmiy, Kamol Xo‘jandiydan tortib, Alisher Navoiy, Gulxaniy, Maxmur, Hamza Hakimzoda Niyoziy va S.Ayniylargacha bo‘lgan bir qancha o‘zbek va tojik shoir vap yozuvchilari o‘z asarlarini har ikki tilda – ham o‘zbek, ham tojik tillarida ijod etdilar. Ulug‘ tojik shoiri Abdurahmon Jomiy bilan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik, S.Ayniy bilan Hamza ijodidagi g‘oyaviy-badiiy uyg‘unlik bu ikki qardrsh xalq va ular adabiyotining bir-biriga yaqinligidan guvohlik beradi.
Tojik xalqining qadimiy madaniyatga ega bo‘lganligidan darak beruvchi muhim ma’lumotlarni bizgacha etib kelgan folklor asarlaridan, “Avesto”ga o‘xshash qadimiy diniy manbalardan, Mug‘ tog‘ida olibilgan arxeologik qazilmalar materiallaridan, nihoyat, fors-tojik yozuvchi va olimlari yozib qoldirgan durdona asarlardan olish mumkin. Bu manbalardan ma’lum bo‘lishicha, juda ko‘p sharqiy xalqlarning, jumladan tojiklarning ota-bobolari bir vaqtlar O‘rta Osiyo va Xurosonda hayot kechirgan o‘troq va ko‘chmanchi so‘g‘diy, xorazmiy, shak, massaget va parfian qabilalariga mansub bo‘lganlar.
Turli tarixiy davrlarda bunyod etilgan ”Go‘ro‘g‘li” majmuidagi ishqiy va qahramonlik dostonlarida, ashula, qo‘shiq va latifalarda tojik xalqining adolatli, osoyishta hayot to‘g‘risidagi orzu-umidlari, chet el bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashlari o‘z aksini topgan.
Xalq og‘zaki ijodida yaratilgan bahodir Rustam, So‘xrob, isyonkor temirchi Kova, Borzu, insonparvar Farhod va go‘zal SHirin, o‘lmas va engilmas Gurguli, uning o‘g‘illari – Hasan, Avaz, donno va tadbirkor Mullo Mushfiqiy va Mullo Nasriddin obrazlari o‘zlarida mehnatkash ommaning olijanob fazilatlarini mujassamlantirganlar.
Folklor asarlari uzoq vaqtlar davomida og‘izdan og‘izga ko‘chish jarayonida tobora pishib va mukammallashib borgan. Ezuvchi sinf vakillar bu bu asarlarni o‘z manfaatlari uchun xizmat qildirishga uringanlar. SHunga qaramay, xalq og‘zaki ijodida ilg‘or fikrlar har doim bildirib kelingan.
XIX asrga kelib folklorda mexnatkash xalqning ozodlik harakatini aks ettirishga bag‘ishlangan bir qancha asarlar yaratildi. 1885-1887 yillarda Buxoroning sharqiy tomonlarida Vose boshchiligida keng quloch yoygan dehqonlar qo‘zg‘oloni haqida to‘qilgan qo‘shiqlar bunga dalil bo‘la oladi. Tojik xalqi orasida ajoyib baxshilar etishib chiqdi. Xudoydodzoda, YUsuf Vafo, Hikmat Rizo, Sayidali Valizodalar xalq dostonlarini ijro etishdan tashqari, o‘zlari yaratgan terma, qo‘shiq va dostonlarida mehnatkash xalqning hayotini va ozodlik uchun kurashini aks ettirdilar.
Folklor zaminida asta-sekin tojik yozma adabiyoti ham shakllandi. Uning klassik davri IX asrdan boshlanadi.
Rustam haqidagi hikoyatlar, ”Savdogar va uning xizmatkori” singari asarlar miloddan bir necha asrlar ilgari va milodiy IV-V asrlarda yaratilgan bo‘lib, diniy va dunyoviy mazmun bilan sug‘orilgan.
Tojik adabiyotining yirik vakillari: Abutoqiyi Abbos ibn Tarxon Samarqandiy, Abulhafs Samarqandiy, Xanzol Bog‘disiy, Mas’ud Marvoziy, Feruz Mashriqiy, Muhammad ibn Vosif Sag‘ziy, AbusolihGurgoniy, Abbos Marvoziy, Basom Kurd Xorijiy, Muhammad ibn Muhallid. Ular ko‘proq folklor motivlari asosida asarlar yaratganlar.
Abulhasan Rudakiy – tojik-fors adabiyotining otasi. U Panjakentdagi Panjrud qishlog‘ida dunyoga keldi. Juda yoshligidan she’rlar ayta boshlagan. Uning shuhrati o‘sha zamonning mashhur hukmdorlari Somoniy podshohliklariga etib, u Buxoroga chaqirib olindi. Rudakiy u erda zamonasining mashxur shoirlari, faylasuflari, tarixchilari bilan tanishdi.
U juda ko‘p ishqiy g‘azallar va falsafiy-didaktik qasidalar yozgan ajoyib insonparvar shoir edi. U o‘rta asr mumtoz she’riyatini ham shakl, ham mazmun jihatidan boyitib, uni yuqori pog‘onaga ko‘tardi. Rudakiy Saroy shoiri bo‘lishiga qaramay, asarlarida dunyoviy muhabbatni kuyladi, xalqning hayotini haqqoniy tasvirlashga intildi. SHoirning ”Qarilikdan shikoyat”, “May onasi” qasidalari, o‘nlab o‘ynoqi, ravon mazmundor g‘azallari kishini o‘ziga maftun etadi. Rudakiyni ”Kalila va Dimna”ni nazmga aylantirgan birinchi fors-tojik tarjimoni sifatida baholash mumkin.
Rudakiy o‘zining ilg‘or dunyoqarashi va xalqparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan ijodi orqali somoniylar saroyiga to‘plangan maddoh shoirlarga qaqshatg‘ich zarba berdi. Reaksion Saroy shoirlari va qoraguruhchi amaldorlar qarigan chog‘ida uning ikki ko‘zini o‘yib oladilar. Xo‘rlangan shoir o‘z vataniga qaytib, qashshoqlikda vafot etadi. Rudakiy Panjrud qishlog‘ida dafn etilgan. Uning vatandoshlari hozirgacha shoir aytgan ajoyib qo‘shiqlarni yod aytib yuradilar. 1957 yilda jahon ahli shoirning 1100 yillik yubileyini nishonladi. Tojikiston hukumati esa eng yaxshi badiiy asarlar uchun Rudakiy nomidagi mukofotni ta’sis etdi.
X-XI asrlarga kelib tojik mumtoz she’riyatida ruboiy (Ibn Sino va Umar Xayyom), g‘azal (Unsuriy, Farruxiy, Manuchehriy) hamda qasida janrlari bilan bir qatorda dostonchilik ravnaq topdi. Abulqosim Firdavsiyning ”SHohnoma”si, Asadiyning ”Gurshaspnoma” va Fahriddin Gurgoniyning “Vis va Romin” dostonlari bu davr fors-tojik adabiyotida yaratilgan yangilik edi.
Fidavsiyning ”SHohnoma” asari “Zol va Rudoba”, “Bijan va Manij”, “Bahromi CHo‘bina”, “Temirchi Kova” kabi bir necha dostonlarni o‘z ichiga oladi. “SHohnoma” qahramonlik dostoni bo‘lib, unda, asosan, ikki bir-biriga zid yo‘nalish borligini payqash qiyin emas: birincha yo‘nalish tangrini, afsonaviy va tarixiy podsholarni maqtashdan iborat bo‘lsa, ikkinchi – asosiy yo‘nalish xalq afsonalarini va Mazdak boshchiligidagi dehqonlar qo‘zg‘olonini xayrixohlik bilan tasvirlashda ko‘rinadi. Asarda ikkinchi yo‘nalish ustun keladi. Firdavsiy o‘z dostonining ko‘p qismini podsholarni ta’rif-tavsif qilishga emas, balki xalq orasida shuhratqozongan bahodir Rustam va Isfandiyorlarning qahramonliklarini tasvirlashga bag‘ishlagan.
Bu davr fors-tojik she’riyatida Nosir Xisrav va Umar Xayyom ijodi salmoqli o‘rien egalladi. Ular o‘zlaridan ilgari o‘tgan mumtoz shoirlar ijodidagi falsafiy motivlardan oziqlanib, davrining ilg‘or g‘oyalarini ilgari surdilar.
XII asrda Sobir Tirmiziy (lirika), XIII-XIV asrlarda Jaloliddid Rumiy (tasavvuf), Xusrav Dehlaviy (xamsachilik), Sa’diy SHeroziy (g‘azal) kabilar fors-tojik adabiyotining yirik vakillaridir. Dehlaviy Nizomiyning ”xamsa”chilik an’anasini davom ettirdi. U Nizomiy yaratgan syujet va obrazlarni tamomila yangicha talqinini berdi. SHeroziy ajoyib ishqiy-lirik g‘azallari, ”Bo‘ston” va “Guliston” kabi yirik asarlari bilan dunyo adabiyotiga katta hissa qo‘shdi, g‘azalnavislik va badiiy nasr taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shdi. Nemis shoiri Gyote, buyuk jahongir Amir Temur uning badiiy salohiyatini yuksak qadrlaganlar.
XV asrda Samarqand, Buxoro, Hirot shaharlarida adabiy hayot ancha jonlandi. Bu davrda o‘zbek-tojik shoirlarining do‘stligi, o‘zaro ijodiy hamkorligi kuchaydi. Ikki tilda asar yozish rasm bo‘lib qoldi. Ana shunday sharoitda buyuk tojik shoiri Abdurahmon Jomiy va mutafakkir Alisher Navoiylar yashab ijod etdilar. Jomiyning ”Bahoriston”, “Haft avrang” (etti doston), uchta she’riy devon yozdi. Ularda xalq manfaatini himoya qildi, mulkdorlar zulmini qoraladi, mehnatga da’vat etuvchi asarlar bitdi, Ho‘ja Ahror Valiyning falsafasini targ‘ib qildi.
Bu davrda tojik tilida Husayn Voiz Koshifiy tomonidan ”Kalila va Dimna” motivi asosida “Anvori Suhayliy”, Davlatshoh Samarqandiyning antologiyasi, Xondamirning “Firdavsul-iqbol”, o‘zbek tilida Navoiyning “Malolisun-nafois” asarlari bitildi.
XVI asr tojik adabiyotida Abdurahmon Mushfiqiy ijodida hajvchilik rivojlandi. Xalq orasida to‘qilgan ko‘pgina kulgili latifalar uning nomi bilan bog‘lanadi. Tojik xalq latifalarida, xuddi Afandiga o‘xshab, zolim podsholar, reaksion amaldorlar, ochko‘z va xasis boylar, savdogarlarning nojo‘ya ishlari fosh qilindi.
XVIII-XIX asr tojik she’riyatida Mirzo Abduqodir Bedil ijodi salmoqli o‘rin egallaydi. U asarlarida zamonasining ilg‘or g‘oyalari hamda reaksion aqidalarini kuyladi. SHe’riyatga o‘ziga xos badiiy til va uslub yaratdi.
XIX asr tojik demokratik adabiyotining yirik vakili, yangi tojik adabiyotining asoschisi Ahmad Donish edi. Uning ijodini Mirzo F.Oxundov, A.Qo‘nonboev, Furqat va Zavqiylar ijobi bilan qiyoslash mumkin. U zamonasining eng ilg‘or ziyolisi, peshqadam ma’rifatparvar shoiri va nosiri edi. A.Donish Buxoro amirining elchilari qatorida 3 marta Peterburgga safar qildi. Rossiyadagi ijtimoiy hayot, davlatni boshqaruv usullari, rus yozuvchilarining ijodi bilan qiziqdi. SHoirning ”Navodirul-vaqoe” va “Buxoro mang‘it amirlarining tarixi” nomli tarixiy biografik asarlarida uning siyosiy-falsafiy va didaktik qarashlari yorqin aks ettirilgan. Ahmad Donishning adabiy maktabida tarbiyalanib kamolga etgan ilg‘or yozuvchilar Savdo, SHohin, Vozeh, Hayrat, Asiriy va Sadriddin Ayniy o‘z ustozlari ijodi va ma’rifatparvarlik faoliyatidagi eng yaxshi an’analarni yangi ijtimoiy sharoitda rivojlantirdilar.
S.Ayniy, P.Sulaymoniy, M.Rahimiy va A.Lohutiylar yaratgan mazmunan yangi, siyosiy o‘tkir she’riy asarlarda xotin-qizlar ozodligi, xalqlar do‘stligi, baynalmilallik kabi turli-tuman ijtimoiy masalalar maydonga tashlandi.
M,Gorkiy, Vl.Mayakovskiy, S.Ayniy va A.Lohutiylar adabiy maktabida tarbiya olgan M.Tursunzola, A.Dehotiy, H.YUsufiy, M.Mirshakar, R.Jalil, J.Ikromiy, S.Ulug‘zoda, F.Niyoziy va B.Rahimzoda singari iste’dodli adiblar o‘zlarining she’r, doston, roman va pesalari bilan tojik adabiyotini yuksaltirdilar.M.Tursunzodaning ijodi 1929-1930 yillarda boshlandi. U o‘nlab she’riy to‘plamlar va dostonlar yozdi. SHoir asarlarida qullik kishanini parchalab tashlagan baxtiyor tojik xalqining erkin hayoti ham, qardosh hind xalqining mustamlakachilik zulmiga qarshi olib borgan mardonavor kurashi ham, tinchlik tarafdorlarining er yuzida osoyishtalikni barqaror qilish uchun olib borgan kurashi voqealari aks etgan.M.Tursunzoda 30 yil davomida Tojikiston yozuvchilar uyushmasini boshqardi. U Tojikiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi. Birqancha yuksak Davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan.Tojik va o‘zbek xalqlarining do‘stligi qadimiy bo‘lganidan bu ikki qardosh xalqlar o‘rtasidagi adabiy aloqalar tarixi ham qadim zamonlarga borib taqaladi. O‘zbek va tojik folklor asarlarining ko‘pchiligida o‘xshash mavzu, o‘xshash qahramonlar (Mulla Nasriddin, Go‘ro‘g‘li, Hasanmard, Tohir va Zuhra singari), o‘xshash syujet va motivlar ko‘zga tashlanadi. Asrlar davomida juda ko‘p o‘zbek va tojik yozuvchilari (Rudakiydan tortib S.Ayniy, S.Ulug‘zoda va G‘.Abdullogacha) yonma-yon turib ijod etganlar, bir-birlarini ustoz-shogird deb bilganlar. Buyuk Jomiy va Navoiylarning olijanob do‘stligi, Navoiy, Gulxaniy, Maxmur, Hamza va S.Ayniylarning ikki tilda ham bir xil badiiy kuchga ega bo‘lgan asarlar yaratganliklari, o‘zbek va tojik xalqlariga bir xil xizmat qilganliklari bu ikki qo‘shni xalqning qon-qardoshligi, do‘stligiga dalildir. Tojikiston Fanlar akademiyasining akademigi A.Mirzoevning uqtirishicha, Alisher Navoiy – Foniy buyuk fors-tojik shoiri Hofiz SHeroziyni o‘ziga ustoz deb bilgan. U o‘zining “Devoni Foniy” asariga kirgan 485 g‘azalning taxminan 220 tasini Hofiz g‘azallari ta’sirida yaratgan. Bu g‘azallarda Navoiy zabardast shogird sifatida o‘z ustozi bilan bellashib ko‘rgan, ba’zan unga etolmagan, ba’zan undan o‘zib ham ketgan. Bunday adabiy-ijodiy musobaqa va hamkorlikni Firdavsiy – YUsuf Xos Hojib, Husrav Dehlaviy – Alisher Navoiydan boshlab o‘nlab o‘zbek va tojik shoirlari ijodida yaqqol ko‘rish mumkin. Tojik va o‘zbek xalqlari o‘rtasida asrlardan buyon davom etib kelgan bu do‘stlik, hamkorlik an’analari keyingi yillarda yanada barqarorlashli va mustahkamlandi. Agar bir vaqtlar shoir Sayfi Saroiy (XIV asr) Sa’diy SHeroziyning “Guliston” asarini, shoir Qutb (XIV asr) Nizomiy Ganjaviyning “Xusrav va SHirin”ini fors-tojik tilidan tarjima etib, o‘zbek kitobxonlarini bu ajoyib asarlardan bahramand qilgan bo‘lsalar, bizning zamonamizda tojik tilidan o‘zbek tiliga, o‘zbek tilidan tojik tiliga tarjima qilish ishi kengquloch yoydi. Navoiyning ”Farhod va SHirin”, Hamzaning “Boy ila xizmatchi”, Asqad Muhtorning “Opa-singillar”, SH.Rashidovning ”Bo‘rondan kuchli”, A.Qahhorning “Sinchalak”, Oybekning “Qutlug‘ qon” romanlari tojik kitobxonlarini quvontirganidek, tojikistonlik adiblardan Rubakiy devoni, A.Donishning ”Navodirul-vaqoe”, A.Lohutiyning ”Evropa safari”, “Baxt parisi”, M.Tursunzodaning ”Hasan aravakash”, “Hindiston qissasi”, R.Jalilning ”Po‘lod va Gulro‘”, J.Ikromiyning ”Olov qizi”, “Buxoroning 12 darvozasi”, “Qulatilgan taxt”, S.Ulug‘zodaning ”YOshligimiz tongi”, “Vose” asarlari ham o‘zbek adabiyoti xazinasiga qimmatbaho durdonalar bo‘lib qo‘shildi. Ming yillardan buyon va yon qo‘shni bo‘lib yashab, birga chet el bosqinchilariga qarshi kurashgan, endilikda hamdo‘st mamlakatlar qardoshlik oilasida baxtiyor hayot kechirib, birga cho‘llarda paxta, g‘alla etishtirayotgan, birgalikda og‘ir va engil sanoat inshootlarini bunyod etayotgan tojik va o‘zbek xalqlarining do‘stligi abadiy. Bu do‘stlik ularning o‘z tug‘ma, original milliy adabiyoti – san’ati asarlarida zo‘r ko‘tarinkilik bilan kuylanib, ulug‘lanib kelmoqda.

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish