O'rta Osiyo mutafakkirlarining jahon madaniyatiga qo'shgan hissasi
Reja:
- IX-XII asrlarda O’rta Osiyo xalqlarining moddiy va ma'naviy ma’daniyatini yuksalishi.
2. XIV-XV asrda O’rta Osiyoning moddiy-ma'naviy ma’daniyat ravnasi.
Mamlakatda sodir bulgan bunday siyosiy o’zgarishlardan so’ng Movaraunnahr Xurosondan ajralib o’z mustasilligini tiklab olish imkoniga ega bo’ldi. Movaraunnahrni birlashtirib mustahkam feodal davlat tuzgan davlat arbobi Ismoil Somoniy, 900-yilda Xurosonni ham safforiylardan tortib olib ulkan davlat tuzdi. Xalifa Somoniylar davlatini tan olishga va unga hukmronlik yorishini yuborishga majbur bo’ldi. IX asr oxirlarida Movaraunnahr xalqlari Arab xalifaligidan abadiy xalos bo’ladi.
VIII asr oxiri IX asr boshida xalifalikni larzaga keltirgan og’ir siyosiy vaziyat abbosiylarning Movaraunnaxr va Xurosonda olib borayotgan siyosatini o’zgartirishga majbur etdi. Birin-ketin O’rta Osiyoda Toxiriylar, Safforiylar, Somoniylar davlatlari tashkil topdi.
Ismoil Somoniy
Movaraunnahrda ko’p o’tmay hatto ona tilidan ko’ra arab tili va yozuvini yaxshiroq bilgan bilimdon paydo bo’ldi. Yerli bilimdon o’z vatanidan quvg’in ostiga olinib, ko’pgina tolibi ilmlar xalifalikning Markaziy shaharlari Damashq, Kohira, Bag’dod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod qilishga majbur bo’ladilar. Davlatni boshqarishda abbosiylar ma'muriyati ko’plab bilimdon siymolarga muhtoj edi, chunki arablar orasida shu davrda davlat ishiga yaroqli bo’lgan bilimdonlar hali oz, borlari ham zaif edi.
IX-XII asrlarda mamlakat ma'naviy hayotining asosi islom mafkurasi edi. Somoniylar islom mafkurasining rivojiga katta ahamiyat berdilar. Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markaziga aylandi. Masjid, madrasa va xokazolar qurish uchun maxsus joylar ajratildi. Arab tili va uning imlosi joriy etildi.
IX-XII asrlarda arab tilida asarlar yozgan eng mashhur olimlar Ahmad Farg’oniy, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abusalk Masihiy, Abulhayr Xammar, Abunosir Arron va boshqalar edi.
1998 yil Ahmad Farg’oniyni 1220 yilligi nishonlandi. Ahmad Farg’oniy astronom, matematik, geograf edi. Bag’dod yaqinida
Uning Astronomiya asosi, “Samoviy harakatlar”, “Yulduzlar haqidagi fan” nomli asarlari mashhurdir. Muhammad ibn Muso Xorazmiy mashhur matematik, astronom, geograf, tarixchi edi. Vatandoshimiz algebra faniga asos soldi. Uning “Al-jabr”, “Zij”, “Quyosh soati haqida risola”, “Surat ul-arz”, “Usturlob holati haqida risola” kabi asarlari Sharq va G’arb mamlakatlarida ilmiy fikrlarning rivojiga samarali ta'sir ko’rsatdi.
Muhammad ibn Muso Xorazmiy
Xorazm madaniyati xorazmlik ulus olim Abu Rayhon Beruniyning nomi bilan boslangan. Abu Rayhon Beruniy 150 dan ortis ilmiy asar yozgan bo’lib, “O’tmish avlodlardan yodgorliklar” “Xindiston”, “Metrologiya”, kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. Beruniy ilm-fanining hamma sohalarini yaxshi bilgan somusiy olim edi. U astronomiya, geologiya, gidrostatika, geografiya, tarix fanlariga katta hissa qo’shdi.
Abu Nasr Farobiy Sharq falsafasining ulus mutafakkiri bo’lib, qadimgi dunyo falsafiy merosini saqlashda va rivojlantirishda katta hissa qo’shdi. U 160 dan ortiq asar yozgan, ulardan “Aristotelning” “Metafizika” asari maqsadlari haqida, “Musisa kitobi”, “Baxt-saodatga”, “Siyosat al-madaniya” shular jumlasidandir. Abu Ali Ibn Sino ikki sohaga-meditsina va falsafaga qiziqdi va bu sohalarda katta yutuqlarni so’lga kiritdi.
Abu Nasr Farobiy
Do'stlaringiz bilan baham: |