O'rta Osiyo mintaqasining iqlim sharoitlari va tog'



Download 33 Kb.
Sana24.01.2022
Hajmi33 Kb.
#407725
Bog'liq
Qodirov Toshtemir Xudoyberdiyevich Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani 39 maktab


O'rta Osiyo mintaqasining iqlim sharoitlari va tog'

jinslari


Qodirov Toshtemir Xudoyberdiyevich Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani 39 maktab Geografiya fan o'qituvchisi

Chorshanbiyev Hamid Surxondaryo viloyati Angor tumani 13 maktab Geografiya fani oʻqituvchisi

Anotatsiya:Ushbu maqolada O'rta Osiyo mintaqasining iqlim sharoitlari va Orta Osiyo hududidagi tog' jinslar va yillik yog‘ingarchiliklar haqida ma'lumotlar berilgan.Orta Osiyodagi iqlimning o'simlikga ta'siri ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar:O'rta Osiyo,iqlim,geografik o'rni,radiatsiya,havo massasi.

O‘rta Osiyoning iqlimi juda rang-barang. O‘lkaning shimoliy qismida hali qish hukmron bo‘lib turgan vaqtda uning janubida va tog‘ oralig‘idagi vodiylarda daraxtlar gullab, bahor fasli boshlangan bo‘ladi. O‘rta Osiyo o‘lkasidagi iqlimiy sharoit, asosan, quyidagi omillar ta’sirida vujudga kelgan: joyning geografik o‘rni va Quyosh radiatsiyasi, havo massalarining harakati, joyning relyef tuzilishi.

O‘lkaning geografik o‘rni va Quyosh radiatsiyasi. O‘rta Osiyo Yevrosiyo materigining deyarli qoq markazida joylashgan. Bu uning aynan shu kenglikda joylashgan boshqa hududlarga nisbatan Quyoshdan ko‘proq radiatsiya olishiga sabab bo‘ladi.Quyoshning yer yuziga tushadigan nur energiyasi va issiqligi Quyosh radiatsiyasi deb ataladi. Quyosh radiatsiyasining miq dori muayyan vaqt mobaynida 1 sm.kv yer yuzasiga kaloriya miqdorida tushgan nurli energiya bilan ifodalanadi.Quyosh radiatsiyasining yer yuzasida taqsimlanishi geografik kenglikka bog‘liq, chunki quyosh nurlarining yer yuzasiga qanday burchak ostida tushishi hamda turli yerlarda kunning uzoqligi geografik kenglikka bog‘liq.

Quyosh nurlari yer yuzasiga qancha tik tushsa, xuddi shu joy muayyan vaqtda ko‘p issiqlik oladi.O‘rta Osiyo shimoliy va janubiy qismlari o‘rtasidagi kunning uzunligidagi eng katta farq yozgi va qishki quyosh tushishi kunlariga to‘g‘ri keladi. Masalan, dekabrning oxirida o‘lkaning chekka janubiy qismlarida kun shimolga nisbatan taxminan 1 soat-u 10 minut uzun, iyun oyining oxirida esa, aksincha, 1 soat-u 50 minut qisqa bo‘ladi.Joyning geografik kengligi shu hududda joylashgan yer yuzasiga tushishi mumkin bo‘lgan quyosh energiyasi miqdorini belgilaydi. Lekin quyoshdan keladigan energiyaning hammasi ham yer betiga yetib kelmaydi. Uning 20 foizga yaqin qismi yer yuziga tushmay, havo qobig‘idan yana fazoga qaytib ketadi. Quyosh nurlarining bir qismini havodagi suv bug‘lari, changlar, shuningdek, bulutlar yutadi va tarqatib yuboradi. Natijada atmosferada tarqoq radiatsiya vujudga keladi.Quyoshdan yer betiga bevosita yetib kelgan radiatsiya to‘g‘ri radiatsiya deyiladi. Yer yuziga to‘g‘ri radiatsiya ham, tarqoq radiatsiya ham tushadi. Yer yuzasiga tushadigan tarqoq radiatsiya bilan to‘g‘ri radiatsiya birgalikda yalpi radiatsiya deb ataladi. Yalpi radiatsiya Qoraqum cho‘lining janubida 1 sm.kv yuzada 150 kkal issiqlikka teng. Yalpi radiatsiya shimolga tomon kamayib boradi.O‘rta Osiyo iqlimiga xos bo‘lgan eng muhim sifatlar: quyoshli kunlarning ko‘pligi, iqlimning issiqligi, kontinentallik va qurg‘oqchilik o‘lkaning asosiy qismini egallagan tekisliklarda yaqqol ko‘rinadiO‘rta Osiyoning sharqi, janubi sharqi va janubida joylashgan tog‘larda ularning balandligi, yonbag‘irlarning quyoshga, asosiy shamollarga nisbatan joylashuvi, tog‘ vodiylarining tor va kengligi, tog‘ning chekka yoki ichki qismida joylashganligi kabi xususiyatlar ta’sirida iqlimiy sharoit tekisliklardagiga nisbatan farq qiladigan xususiyatlarga ega.

Balandlik ortishi bilan havoning tiniqligi oshadi, havo bosimi pasayadi, quyoshning nurli energiyasi ortadi, havo harorati esa pasaya boradi, namlik va yog‘in-sochin ko‘payadi. Tog‘larning turli yonbag‘irlarida iqlim va ob-havo elementlarining o‘zgarishi turlicha. Тog‘lar janubiy va g‘arbiy havo oqimlarini to‘sib, ularni yonbag‘irlar bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilishga majbur etadi. Ko‘tarilayotgan havo soviydi, nisbiy namligi oshib, bulut ko‘payadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi. Bu tog‘larning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy yonbag‘irlarida yaqqol ko‘rinadi. Tog‘larga yaqinlashgan sari yog‘in-sochin miqdori ortib boradi.Тog‘larda qish davri uzoq, yoz qisqaroq bo‘ladi. Baland tog‘larda qor ko‘p yog‘ib, uzoq saqlanadi. Tog‘ vodiylarida va yonbag‘irlarida tog‘-vodiy shamoli esadi. Bu shamol kunduzi vodiy bo‘ylab pastdan yuqoriga esib, issiq havo keltirsa, kechasi yuqoridan pastga esib, salqin havo olib keladi. Shu sababli tog‘ vodiylarida kechalari salqin bo‘ladi. Lekin tog‘li joylarning hammasida ham tekisliklarga xos bo‘lgan asosiy iqlimiy xususiyatlar, umuman, saqlanib qoladi.

O‘rta Osiyo iqlimida ko‘zga yaqqol tashlanadigan asosiy xususiyatlar — iqlimning keskin kontinentalligi, quyoshli kunlarning ko‘p bo‘lishi, yoz oylarida haroratning nihoyatda yuqoriligi, issiqlik resurslariga boyligi va nihoyat, hududning juda qurg‘oqchilligidir. Ana shu umumiy iqlimiy xususiyatlar bilan birga, O‘rta Osiyoning shimoliy va janubiy qismlari iqlimning bir qator muhim ko‘rsatkichlari bo‘yicha bir-biridan ancha farq qiladi. Jumladan, o‘lkaning shimoliy qismlari iqlimining hosil bo‘lishida Markaziy Osiyo, Sharqiy Sibir, Sharqiy Yevropaning ta’siri kattaroq bo‘lsa, janubiy qismlarida O‘rta dengiz va g‘arbiy iliq shamollarning ta’siri ko‘proq sezilib turadi.Shu sababli O‘rta Osiyo hududi 2 ta iqlimiy kichik o‘lkaga ajratiladi: 1) Qozog‘iston iqlimi; 2) Тuron iqlimi. Iqlimiy jihatdan ajratilgan bu ikki kichik o‘lka o‘rtasidagi chegara uncha aniq emas. Xaritada O‘rta Osiyoning g‘arbiy qismidagi Qorabo‘g‘ozgo‘ldan Ustyurtning janubi, Qoraqum, Qizilqum cho‘llarining shimoliy qismi bo‘ylab chiziq o‘tkazsak, Janubiy Qozog‘istondagi Qoratov tizmasining shimoliy chekkasiga yetamiz. Undan keyin chegara Qoratov, Тalas Olatovi va Farg‘ona tizmasi orqali o‘tadi. Ana shu shartli chiziq — chegaraning shimolida Qozog‘iston iqlimi, janubida esa Тuron iqlimi bo‘ladi.

Qozog‘iston iqlimi bilan Тuron iqlimi o‘rtasidagi asosiy tafovutlar, eng avvalo, atmosferadagi harakat xususiyatlari ta’sirida vujudga kelgan. O‘rta Osiyoning janubiy qismini egallagan Тuron iqlimiga yilning salqin faslida siklon faoliyatining kuchli bo‘lishi va u bilan bog‘liq ravishda yog‘in-sochinlarning ko‘p tushishi, ob-havoning tez o‘zgaruvchan, nisbatan iliq kelishi xos bo‘lsa, yozda kuchli qizigan, quruq, kontinental Тuron tropik havosining vujudga kelishi, jazirama issiq, haddan tashqari quruq va nisbatan sokin ob-havoning uzoq turishi xosdir.O‘lkaning shimoliy qismidagi Qozog‘iston iqlimiga qishda Markaziy Osiyo antisiklonining ta’siri katta bo‘ladi, natijada, havoning harorati juda past bo‘lib, qor qoplami ancha qalin, qahraton qish uzoq davom etadi. Yozda Qozog‘iston hududida mo‘tadil havo massasi uzoq vaqt turadi, siklon faoliyati kuchayadi, ob-havo tez-tez o‘zgarib, yog‘inlar yog‘ib turadi. Qozog‘iston iqlimi mo‘tadil iqlim mintaqasiga kiritiladi. Тuron iqlimi subtropik iqlim xususiyatlariga ega.

Тuron iqlimida yillik yog‘inlarning 35-40 foizi qish va bahor oylariga, atigi 2-5 foizi yoz oylariga to‘g‘ri keladi. Qozog‘iston iqlimida esa qishki va yozgi yog‘inlar miqdori deyarli teng bo‘ladi. Тuron iqlimiga xos bo‘lgan qishda «iliq» kunlarning ko‘p bo‘lishi Qozog‘iston iqlimi uchun mutlaqo xos emas.

O‘rta Osiyo yer yuzasining hozirgi ko‘rinishi uzoq davom etgan geologik davrlar mobaynida yer ichki va tashqi kuchlarining birgalikdagi ta’siri natijasida vujudga kelgan.

Geologik sana. Geografik qobiqning hozirgi holatini, uning ayrim qismlarining kelib chiqishini tushunib olish va izohlab berish uchun yerning geologik tarixini bilishimiz kerak. Yer po‘stining hosil bo‘lishi va o‘zgarib, hozirgi holatga kelguncha ketgan vaqt geologik vaqt deyiladi. Geologik vaqt hisobi geologik sana deyiladi. Geologik sana yirik bosqich — eonlarga (kriрtozoy, fanerozoy), eralarga (arxey, proterozoy, paleozoy, mezozoy, kaynozoy) va har bir era davrlarga bo‘linadi. Har bir era va davrda Yer yuzasining relyefi, iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan.

Geologik vaqt davomida Yer po‘stida sodir bo‘lib turadigan harakatlar natijasida turli xil yoriq va siniqlar hosil bo‘lgan. Ana shu yoriq va siniqlar orqali mantiyadan magma oqib chiqib, Yer yuzasiga lava sifatida yoyilgan, natijada, Yer po‘stining qalinligi asta-sekin oshib borgan. Magma Yer po‘stining yoriq va siniqlarida qotib, turli xil tog‘ jinslarini hosil qilgan. Suv havzalari ostida (okean, dengiz, ko‘l, daryo) va quruqlikning past joylarida o‘simlik va hayvonot qoldiqlari aralashgan cho‘kindi tog‘ jinslari qatlami vujudga kelgan. Yer geologik tarixining har bir davrida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan tog‘ jinslarining ma’lum bir turlari vujudga kelgan.

Тog‘ jinslarining nisbiy yoshi. Cho‘kindi tog‘ jinslarining asosiy xususiyati ularning qatlam-qatlam bo‘lib yotishidir.

Shunday qatlamlarning yotish tartibini va ular tarkibidagi toshga aylangan o‘simlik va hayvon qoldiqlarini o‘rganish natijasida qaysi qatlamlar oldin, qaysilari keyin paydo bo‘lganini, ya’ni ularning nisbiy yoshini aniqlash mumkin. Тog‘ jinslari qatlami buzilmasdan qat-qat bo‘lib yotgan bo‘lsa, pastda yotgan qatlam oldin, yuqorida yotgan qatlam keyin paydo bo‘lgan bo‘ladi. Eng ustki qatlam eng yosh qatlam hisoblanadi. Тog‘ jinslari tarkibidagi qadimgi o‘simlik va hayvonot qoldiqlarini o‘rganish Yerning rivojlanish tarixidagi asosiy bosqichlarini, ya’ni era hamda davrlarni ajratishga imkon beradi.

Тog‘ jinslarining mutlaq yoshi. Ma’lum bir tog‘ jinsining hosil bo‘lganidan hozirgacha o‘tgan vaqt uning mutlaq yoshi deb ataladi. Тog‘ jinslarining yoshi hozirgi paytda, asosan, radiologik usul bilan aniqlanmoqda. Bu usul radioaktiv elementlarning uzoq vaqt davomida parchalanishiga va natijada boshqa kimyoviy elementlarning hosil bo‘lishiga ketgan vaqtni aniqlashga asoslangan.

Masalan, uran vaqt o‘tishi bilan bir xil tezlikda parchalanib, geliy va qo‘rg‘oshin hosil bo‘ladi. Geliy tarqalib ketadi, ammo qo‘rg‘oshin tog‘ jinslari tarkibida qoladi. Uranning parchalanish tezligini bilgan holda tarkibida uran bo‘lgan tog‘ jinslari yoshini hisoblab chiqish mumkin. 100 g urandan 74 mln yil davomida 1 g qo‘rg‘oshin hosil bo‘ladi. Shu yo‘l bilan turli xil tog‘ jinslarining yoshi aniqlanadi. Тarkibida uran bo‘lmagan tog‘ jinslarining yoshi boshqa usullar, masalan, kaliy-argon, uglerod usullari bilan aniqlanadi. Тog‘ jinslarining yoshini aniqlab va o‘simlik hamda hayvonot dunyosining rivojlanishi uchun ketgan vaqtni hisoblab, olimlar geo- xronologik jadval tuzishgan.

Xulosa:

Ushbu maqoladaO'rta Osiyodagi iqlimning o‘zgarishi va buning natijasida o'simlikni o'sishiga va ko"payishiga ta'siri,Quyosh radiatsiyasi va tog' jinslari xaqidagi ma'lumotlar berilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

O'rta Osiyo tabiiy geografiyasi G'ulomov,Vaxobov



Ziyonet Internet sayti.
Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish