O'rta Osiyo iqtisodiy hayotiga kapitalistik munosabatlarning kirib kelishi va milliy burjuaziya hamda jadidchilikning paydo bo'lishi


O'rta Osiyoda iqtisodiy va etnomadaniy o'zgarishlar



Download 44,78 Kb.
bet2/3
Sana26.02.2022
Hajmi44,78 Kb.
#473452
1   2   3
Bog'liq
O\'rta Osiyo iqtisodiy hayotiga kapitalistik munosabatlarning kirib kelishi va milliy burjuaziya hamda jadidchilikning paydo bo\'lishi

O'rta Osiyoda iqtisodiy va etnomadaniy o'zgarishlar
Jahonda kapitalistik munosabatlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotda o'z o'rnini topayotgan kezlarda O'rta Osiyo hududlari o'zining tabiiy-geografik boyliklari va arzon ishchi kuchi cheksiz bo'lgani holda, XIX asr o'rtalarigacha hech kimga qaram bo'lmagan, feodal mustabid tartiblari keng ildiz olgan hududlar edi. Bu imkoniyatga kapitalistik iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlari rivojlanib borayotgan qo'shni podsho Rossiyasi befarq qarab tura olmas edi. Shu boisdan, Rossiya davlati podsho Ivan Grozniydan boshlab O'rta Osiyoni o'z mustamlakasiga aylantirishni rejalashtirgan edi. Tarix taqozosiga ko'ra, XVIII asr davomida katta, kichik va o'rta qozoq juzlari birin-ketin Rossiya tobeligiga o'tib, rus ishbilarmonlari uchun O'rta Osiyo tomon jadal harakat qilishga keng imkoniyatlar ochildi. Faqat XVIII asrda qozoq juzlari hududida 46 ta katta, 96 ta kichikroq harbiy qal'a va istehkomlar qurilib, ularga harbiy qismlar joylashtirildi . O'rta Osiyo erlariga kirib borish ayniqsa, podsho Nikolay I davrida (1825– 1855) kuchaydi. Podsho Rossiyasi tomonidan har xil bahonalar bilan O'rta Osiyo hududlarini bosib olishga intilish, harbiy yurishlar uyushtirish avj oldi. Rossiya – Qo'qon, Rossiya – Xiva chegaralarida harbiy istehkomlar qurish davom etdi.
Rossiya bosqini arafasida O'rta Osiyo uch xonlikka bo'linib, ular o'rtasida hukm surgan feodal urushlari, chegara janjallari, hatto har bir xonlik doirasida yuz bergan o'zaro ichki feodal kurashlar podsho Rossiyasi harbiylari va siyosatdonlarining e'tiborini o'ziga tortmay qo'ymas edi. Afsuski, bu suronli yillarda O'rta Osiyo xonliklari birlashib, bo'lajak tashqi xavfni oldini olish o'rniga o'zaro ichki urushlar, jangu jadallar bilan band bo'ldilar.
XIX asrning birinchi yarmida Angliya o'z maqsadlarini ko'zlagan holda Rossiyaga qarshi Turkiston xonliklarini ittifoqini tuzishga harakat qiladi. Bu yo'lda Angliya o'z ayg'oqchilarini (Konolli, Berns, A. Todd, Stoddart, Abbot, Shekspir kabi zobitlarni) "sayyohlar" sifatida O'rta Osiyoga yuborib, Rossiya tashqi siyosatiga xalaqit bera boshlaydi. Ulardan Stoddart va Konollilar Buxoro rasmiylariga diplomat vakolatiga tegishli hujjat ko'rsata olmagach, ular Buxoro zindonida qatl qilingan. Angliya o'z diplomatiyasini Turkiya orqali amalga oshirmoqchi bo'lib, qanchalar harakat qilmasin, ammo bu ham ish bermadi .
Ayni chog'da Rossiya diplomatiyasi xonliklar o'rtasida tobora kuchayib borayotgan ziddiyatlarni hisobga olib, 1853 yilda Oqmachit qal'asini bosib oldi.
Oqmachitni olinishi munosabati bilan mahalliy tarixchi Muhammad Solih Toshkandiy o'zining "tarixi jadidai Toshkand" asarida quyidagilarni yozadi: "Qo'qonda Oqmachit voqeasini esdan chiqarib aysh-ishrat, kayfu safo, o'yin-kulgi va parvosizlikka berilib, mamlakat ishidan ko'z yumib, Qozog'istondagi xiroj, boj va zakotni g'ayridin millatlarga topshirib, hukmronlikni g'animat bilib, yomon odamlarni, o'g'rilarni va harom kishilarni to'plab amaldor qilib va valiy belgilab, har bir shaharga yubora boshladilar. Ayrim johil mullalar va nodon ulamolar so'ziga ishonib, aholi shariatdan uzoqlashib, ilmsiz johillarni mansabdor qilib qozi, rais, hokim, valiy lavozimlariga o'tqazdilar. Poraxo'rlik va haromlik rivojlandi, ishni tekshirmay aytuvchilar so'ziga amal qilib, poraxo'r, xushomadgo'y va umuman nobob odamlar hokim va mansabdor bo'ldilar. Aksincha, dono, aqlli, Fozil va bilimdon kishilar xo'rlandi va oyoq osti qilindi. Kengash va maslahat bilan ish yuritishga yo'l berilmadi" .
Mahalliy tarixchi Muhammad Solih kuyinib yurgan kezlarda podsho Rossiyasining harbiy qo'shinlariga birin-ketin Pishpak, to'qmoq qal'alari, Avliyoota, Turkiston va Chimkent shaharlari taslim bo'ldi. 1864 yilning oktyabrida general Chernyaev Toshkentga kirib keldi. Toshkent dahalarida boshlangan janglar 1865 yil iyulida yakunlandi. Bosqinchilarga qarshi Yoqubbek va Amir lashkar Aliqul kabi mahalliy qo'shin sardorlarining qahramonlarcha kurashiga qaramay, Abdurahmonbek Shodmon, Muhammad Soatboy, Said Azim Muhammad kabi xoinlarning xiyonatlari ham dushmanga g'alaba keltirdi. Toshkentdan so'ng Qo'qon xonligining boshqa shahar va qishloqlari ham ishg'ol qilinib, 1867 yilda Turkiston harbiy general-gubernatorligi tuzildi, unga fon Kaufman boshliq qilib tayinlandi. Shunday qilib, Qo'qon xonligi hududining bir qismi bevosita Rossiya imperiyasi tarkibiga qo'shib olindi. 1876 yilda esa Rossiya Qo'qon xonligini butunlay bosib olib, xonlik bekor qilinadi.
Rossiya imperiyasining istilochilari Buxoro amirligiga qarshi 1866 va 1868 yillarda ikki marta yurish qilib, birinchi yurishda amirlikning O'ratepa, Jizzax va Yangiqo'rg'on bekliklarini bosib oladi. Ikkinchi yurishda Samarqand taslim bo'ldi. Buxoro hukmdori Amir Muzaffarning Turkiya va Angliyaga murojaat qilib madad so'rashi ham ish bermadi. U mamlakat mudofaasiga tayyor emas edi. Umumxalq siquvi bilan uyushtirilgan amirlik qo'shinlarining qarshi hujumi Chernyaev, Romanovskiy qo'shinlariga bardosh bera olmadi, muvaffaqiyatsiz chiqdi. 1868 yil 1 mayda Cho'ponota tepaligida bo'lgan jangda Amir Muzaffar qo'shinlari mag'lub bo'ldilar. Shundan so'ng, rus qo'shini general Kaufman boshliq Samarqandning sotqin, qo'rqoq, xushomadgo'y qozikalon, ulamolari va amaldorlari kuzatuvida shaharga tantana bilan kirib keladilar. Amir Muzaffar qanchalar urinmasin Zirabuloq jangi urush taqdirini hal qildi.
Ammo, amirlikning Janubiy bekliklarini Birlashgan qo'shini Amir Muzaffarning valiahdi Abdumalik etakchiligida kechagina qo'ldan ketgan Samarqandga yurish boshlaydilar. Biroq, bu Amir Muzaffarga yoqmaydi. Chunki, u qaram bo'lsada, amirlik taxtini qo'lda tutib turish ilinjida Rossiya harbiy generallari bilan til topishga, nima bo'lsa ham taxtni o'g'liga topshirmaslika harakat qiladi. Shuning uchun Amir Muzaffar yaqinlari bilan maslahatlashib, Kaufmanning asoratli sulh shartlariga ko'nadi va valiahd Abdumalik qo'shinlari ichiga ayg'oqchilar yuborib, Samarqandda Rossiya qo'shinlari g'alabasiga ko'maklashadi. Hatto, Abdumalikni Qarshidagi qarorgohiga hujum uyushtirib, uning jangovar Vatan himoyachilarini Qarshidan siqib chiqaradi. Shundan so'ng, Abdumalik chavandozlari bilan do'stlari–erksevar beklar Jo'rabek, Yoqubbek va Sulton Sodiqlar bilan birlashadi. Bu Birlashgan kuchlar Abdumalikni Shahrisabz Oqsaroyida Buxoro amiri deb e'lon qiladilar. Vatan himoyachilari Shahrisabzdan so'ng Qarshini qayta egallaydilar. Karmana, Chiroqchi bekliklari ham tez orada ular qo'liga o'tadi. Muzaffar va general Abramov qo'shinlari bilan vatanparvarlar o'rtasida Qarshida qattiq janglar bo'ladi. Kuchlar teng bo'lmagan jangda vatanparvarlar Xiva tomonga chekinishga majbur bo'ladilar. Shahrisabz va kitob beklari Yoqubbek va Bobobeklar esa mintaqada qolib, to 1870 yil kuzigacha Amir Muzaffar va Abramov qo'shinlariga qarshilik ko'rsatishda davom etadilar .
Rossiya imperiyasi Qo'qon xonligi va Buxoro amirligini bartaraf qilgach, endi navbatni Xiva xonligiga qaratdi. Shu masalada 1872 yilda Rossiya harbiy vaziri Sankt-Peterburgda maxfiy kengash chaqirib, Xiva xonligini bosib olishga qaror qilinadi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon Rossiya tajovuzidan xavotirlanib, Hindiston orqali Angliyadan madad so'raydi. Biroq, Angliya o'zining Afg'oniston va Hindistondagi manfaatiga putur etish ehtimolidan cho'chib, Xivaga yordam qo'lini cho'zmaydi. Oqibat natijada, Rossiya qo'shinlari xonlik erlarini uch tomondan (Turkiston, Orenburg, Kavkaz) qurshovga olib, 1873 yilda Xivani taslim etadi va Gandimiyon sulhiga ko'ra, Xiva xonligi Buxoro amirligi kabi Rossiyaning yarim mustamlaka protektoratiga aylanadi.
Shunday qilib, podsho Rossiyasi harbiy yurishlar yo'li bilan O'rta Osiyoda o'z siyosiy mavqeini mustahkamlab oladi. Endi, Rossiya hukumatining asosiy maqsadi ushbu mintaqani o'zining xomashyo bozoriga aylantirishi kerak edi. Buning uchun mamlakat iqtisodiy imkoniyatlarini o'rganish, arzon ishchi kuchi bozorini tashkil etish, o'lkani boshqarish tizimini ishlab chiqish kerak edi. Rossiya imperiyasi juda uzoqni o'ylab ish tutdi, ya'ni qanday qilib bo'lsa ham o'lka boyligini Rossiya manfaatiga xizmat ettirish yo'llarini qidirib topadigan iqtisodchi, Moliyachi, injener-texnik va irrigator mutaxassislarni Turkistonga yubora boshladi.
Rossiya imperiyasining Turkistondagi agrar siyosatini davlat mulklari va ziroatchilik vaziri A.V. Krivosheyn uch so'zda ifodalaydi. Buning birinchisi – paxta, ikkinchisi – sug'orish, uchinchisi – ruslarni ko'chirib keltirishdir. Chunki, bizning ichki bozorimiz, deydi u, so'nggi 20 yil ichida Amerika paxtasi uchun faqat boj tariqasida 700 million rubl to'lashga to'g'ri keldi. 1900 yildan esa yiliga 40 million rubldan to'lab kelmoqdamiz . Oliy lavozimli yana bir arbob M. Brodovskiy "Turkiston o'lkasi imperiyaga qo'shib olingan. Unga mustamlaka sifatida qaralishi lozim... bu mamlakatda manufaktura sanoati juda past rivojlangan. Shuning uchun ham u tabiiy ravishda Evropa Rossiyasi manufaktura mahsulotlari chaqqon sotiladigan bozorga aylanadi", deydi .
Mana shunday mutaxassislar fikrlari hisobga olinib, Rossiya imperiyasi hukumatida 1886 yilda Turkiston o'lkasini boshqarish bo'yicha maxsus "Nizom" ishlab chiqildi. Bunga ko'ra, paxtadan yuqori hosil olish maqsadida Amerika paxta navini olib kelish va o'lka sharoitiga moslashtirish, yangi erlarni o'zlashtirish, sug'orish kanallari qurish, o'lkaga temir yo'l olib kelish, Rossiya gubernalaridan rus dehqonlarini ko'chirib keltirish va ularga 10 desyatinadan kam bo'lmagan er bilan ta'minlab joylashtirish qonunlashtirildi. O'lkadagi barcha erlar davlat xazinasiga tegishli deb e'lon qilindi. O'troq mahalliy aholiga tegishli erlar qozilar tomonidan berilgan vasiqaga qarab emas, balki uni amalda kim foydalanayotganligiga qarab, er merosiy yakka xo'jalik egaligi bo'ladi, deb ko'rgazma berildi. Turkiston Rossiya tomonidan bosib olingunga qadar katta er egalari tomonidan dehqonlarga ijaraga berilgan erlar endilikda ijarachilarga merosiy tarzda foydalanishga topshirildi. Imtiyozli shaxsiy mulk erlariga boshqalar qatori soliq solinadigan bo'ldi, endi ular xususiy mulk emas, balki davlat erlari deb e'lon qilindi.
Erga egalik qilish masalasida rus amaldorlari o'rtasida ikki xil fikr kelib chiqdi. Birinchisi dvoryan-pomeshchiklar manfaatini ko'zlovchi fikrlar bo'lib, bunga ko'ra, Turkiston o'lkasini podsho Rossiyasi mustamlakasi sifatida qarash, ya'ni mahalliy dehqonlarni krepostnoylikda saqlab ishlatish; ikkinchisi – Turkiston dehqonlarini erkin er egalari deb e'lon qilish, ularni erga o'z shaxsiy mulklari sifatida qarab, shu yo'l bilan Turkiston qishloq xo'jaligida kapitalistik munosabatlarga keng yo'l ochish ko'zda tutilgan. Bu yo'l mustamlakachi Rossiya burjuaziyasining manfaatini ko'zlagan fikr edi.
Podsho Rossiyasi amaldorlari tuzgan va joriy etgan qonunlarda ana shu ikki qudratli sinflar manfaatlari to'qnashuvi o'z aksini topgan. 1882-1884 yillarda o'lkada taftish o'tkazgan imperatorning maxfiy maslahatchisi Girs podshoga taqdim etgan qonun loyihasida rus burjuaziyasining manfaatlarini ifodalaydi. U Turkiston dehqonlari o'z erlariga to'la egalik qilsalar, imperiya sanoatiga ko'proq xomashyo etkazib berishlari mumkinligini ta'kidlaydi. Uning birdan-bir to'g'ri fikriga ko'ra, an'anaviy odat bo'yicha har bir dehqonga to'la xususiy mulk sifatida er biriktirilsa, "erga bunday egalik qilishdan xalq mamnun ekan, bu shaklni saqlab, uni qonunan tasdiqlash kerak" deyildi. Ammo, dvoryan-pomeshchiklar bunga qarshi, Turkiston erlarini talon-toroj qilishni istaganlar. Sankt-Peterburgda Oliy doirada ham har ikki tomon fikrlarini muhokamasida bahslar davom etgan. Ko'pincha imperator hukumati, Davlat kengashi va Vazirlar qo'mitasi dvoryanlarga yon bosgan. Ular Turkistonda kapitalistik munosabatlarni erkin rivojlanishiga to'sqinlik qilardilar.
Podsho hukumati senator K.K. Palen taqdimnomasiga ko'ra, Turkiston o'lkasi dehqonlaridan olinadigan soliqlarni to'lashda qishloqlarga "jamoaviy javobgarlik"ni joriy etdi . Bunda rus amaldorlari Turkistonda qadimdan davom etib kelayotgan jamoachilik an'analariga ko'ra, qishloq kambag'allari uchun ularning boy qishloqdosh qarindoshlari yoki hamqishloqlari, uning to'lay olmagan solig'ini to'lab yuborishini bilib, shu usulni qonunlashtirganlar. Unga qadar rus amaldorlarining soliq yig'ishdagi noma'qul xatti-harakatlari haqida tumanboshilar yig'inida (1898) shunday so'zlar yangragani ma'lum: "soliqlar kambag'allarga ko'p, boylarga esa kam tushadi" . Albatta, bu qishloqlarda sudxo'rlikning keng ildiz otib, mahalliy dehqonchilikning kapitalistik asosda rivojlanishiga xalaqit berar edi.
Imperiyaning qora tuproqli Markaziy hududlarida er tanqisligi tufayli hamda rus kapitalizmining tayanchi sifatida Rossiyaning Markaziy gubernalaridan rus dehqonlarini ko'chirish boshlanib ketdi. 1875-1890 yillar oralig'ida Turkistonga 1300 oila ko'chib kelib, o'lkada 19 ta rus qishloqlari tashkil topdi. 1891-1892 yillardagi ocharchilik tufayli ko'chib keluvchilar soni nihoyatda ko'payib ketdi. Natijada, yana 25 ta rus qishloqlari tashkil topdi. 1886 yildagi "Nizom"ning "bo'sh davlat erlari" bandiga ko'ra, mahalliy dehqonlardan turli bahonalar bilan hosildor, suvga yaqin erlar tortib olinib, kelgindi rus mujiklariga berildi. Natijada, mahalliy aholi bilan rus dehqonlari o'rtasida er-suv masalasida to'qnashuvlar kelib chiqdi. Chor hukumati 1889 yil 13 iyulda qonun qabul qilib, bunga ko'ra, barcha masalada rus dehqonlarining manfaatini himoya qildi. Bu choralar Turkistonni ruslashtirish siyosatida 1892 yilda keskin burilish boshlandi. O'z ixtiyori bilan ko'chib kelgan rus dehqonlarining huquqi ma'muriyat nazorati bilan kelgan dehqonlar huquqi bilan tenglashtirildi. O'lkada maxsus "ko'chirib keltirish boshqarmasi" tashkil etildi. Rossiya amaldorlari o'lkadan keladigan sof foydani ko'paytirish maqsadida 1886 yilda qabul qilingan "Nizom"ga o'zgartirishlar kiritib, 1896 yilda yangi "Nizom" qabul qildi. Yangi "Nizom" loyihasini tayyorlashda ikki qudratli kuch– dvoryanlar va burjuaziya tarafdorlari orasida jiddiy bahslar bo'lib, rus burjuaziyasi Turkistonda mustamlaka siyosatini o'tkazishda yangi usullarni, ya'ni O'rta Osiyo iqtisodiga kapital kiritish, dehqonlarga qarz berish, Konsessiyalar ochish, xomashyo manbalarini qo'lga kiritish kabi usullarni qo'llashni ko'tarib chiqsa, dvoryan-pomeshchiklar mahalliy aholi erlarini tortib olish, ularni rus pomeshchiklariga taqsimlab berish, hayotda patriarxal-feodal tartiblarini saqlab qolishga intilar edilar. Bu kurashlarda rus burjuaziyasi o'z manfaatini himoya qila oldi. Chunki, Turkistondagi rus savdo-sanoat va moliya burjuaziyasiga paxta, pilla va Qorako'l teri mahsulotlari kerak. Buning uchun mahalliy Paxtakor, pillakor va chorvador ularga suv va havodek kerak. Ulardan xomashyoni juda arzonga sotib olish mumkin. Shuning uchun ham rus burjuaziyasi 1886 yilgi "Nizom"ning 270-bandiga o'zgartirishlar kiritish haqidagi dvoryanlar harakatiga qat'iy qarshi turib, o'z maqsadlariga erishdilar. Vazir A.V. Krivosheyn tahliliga ko'ra, o'lkada paxta etishtirishni yuksaltirish davlatga yiliga 70 million rublni tejashga imkon beradi. "Ko'p millionli Vatan paxta tolasini qayta ishlash Rossiya sanoatini xonavayron bo'lishdan saqlovchi kafolat rolini o'ynaydi. Mana shuning o'zi Turkistonni Rossiyaga ko'rsatadigan buyuk iqtisodiy xizmatidir" . Shunday qilib, 1896 yilgi "Nizom" Turkistonda paxta yakkahokimligiga yo'l ochdi. Turkistondan Rossiyaga yuboriladigan paxtadan boj olinmaydigan bo'ldi. Soliq olishda ham paxtakorlarga ayrim imtiyozlar berildi. Bunday siyosat Turkistonga Rossiyadan ko'chib keladigan rus dehqonlarini sonini ko'payishiga turtki bo'ldi. Natijada, XX asr boshiga kelib, Turkistondagi rus kelgindilarining soni 197 mingdan oshib ketdi. Ular Turkiston umum aholisini atigi 5 foizini tashkil etgan holda, hosildor erlarning 60 foizini egasi bo'lib olgan edilar . 1906 – 1915 yillarda Sirdaryo va Farg'ona vodiysida rus dehqonlari uchun mahalliy aholining 749, 9 ming tanob eri musodara qilindi. 1912 yilda vazir A.V. Krivosheyn safari haqida imperatorga yo'llagan xatida o'lkadagi 3 million tanob sug'oriladigan erlarni rus xo'jaliklari foydasiga musodara qilishni taklif qilgan. 1914 yilga kelib, Rossiyaning Turkistondan oladigan daromadi 300 foizga oshdi. 1916 yilda Rossiya Turkiston o'lkasidan 38329 ming sof daromad oldi. Masalan, to'qimachilik sanoati mahsulotlarining qiymati 1900 yilda 150 foizga oshdi. Rossiya uchun paxta ekiladigan maydon 1885 yilda 41, 4 ming tanob bo'lsa, 1915 yilga kelib, uning miqdori 541, 9 ming tanobga etdi. Ayniqsa, engil sanoati rivojlandi. 1869-1896 yillarda imperiya xazinasiga o'lkadan 158 million rubl daromad tushgan.


Download 44,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish