O’rta Osiyo hududlarining xonliklarga bo’linib ketishi va uning sabab-oqibatlari



Download 13,29 Kb.
Sana28.12.2020
Hajmi13,29 Kb.
#53811
Bog'liq
8-mavzu


O’rta Osiyo hududlarining xonliklarga bo’linib ketishi va uning sabab-oqibatlari

Tarixdan ma’lumki, Temur va temuriylar davrida o’lkamizda iqtisodiy yuksalishga erishildi, barqaror ijtimoiy-siyosiy hayot hukm surdi, fan va madaniyat rivojlandi va kamol to’di. Biroq XV asr oxiri XVI asr boshlarida temuriylarning o’zaro urushlari kuchaygan kezlarda Shayboniyxon yetakchiligidagi ko’chmanchi o’zbeklar dastlab Dashti Qipchoqning Janubiy qismidagi shahar va qishloqlarni egallagan bo’lsalar, 1499 yildan Movarounnahrni istilo qilishga kirishadilar. Qisqa muddat ichida temuriylar saltanati hududini qo’lga kiritgan shayboniylar bu diyorda o’z davlatini barpo etishga muyassar bo’ldilar. Bizga ma’lumki, Farg’onaning yosh hokimi Zahiriddin Muhammad Bobur temuriylar saltanatini himoya qilish va uni saqlab qolish uchun birmuncha harakatlar olib bordi. Mamlakatda hukm surgan iqtisodiy tanglik va siyosiy parokandalik sharoitida u ham o’z maqsadlarini amalga oshira olmadi va Vatanni tark etishga majbur bo’ldi. Muhammad Shayboniyxon vafotidan keyin Movarounnahrda markaziy hokimiyat yanada zaiflashdi. Shu sababli bu yerda mustaqil uch xonlik vujudga keldi. XVI-XIX asr o’rtalari mobaynida Turkistonning har uchala xonliklarida deyarli bir xil ijtimoiy kuchlarning harakatini, siyosiy voqealar tizimini, iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini, shuningdek, madaniy hayotni kuzatish mumkin. Shunday qilib, XVI-XVII asrlar mobaynida Turkiston mamlakati hududlarida feodal tarqoqlik chuqur ildiz otib bordi va oqibatda uchta mustaqil davlatlar - Xiva, Buxoro va Qo’qon xonliklari tashkil topdi. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, xonliklarda deyarli bir xil ma’muriy boshqaruv shakllandi, bir-biriga yaqin siyosiy hayot hukmronlik qildi. XVI-XVIII asrlar mobaynida qishloq xo’jaligi va hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish va qisman savdo-sotiq davlat xazinasini to’ldirib borishning amaliy manbai bo’lib qoldi. Lekin bu bilan xon va boshqa juda ko’plab amir-amaldorlarning ehtiyojlari qondirilmadi. Davlat yerlarining katta-katta qismlarini sotish kuchayib bordi. O’rta feodal yer egalarining iqtisodiy quvvati oshib bordi. Ular o’rtasida o’zaro kurash keskinlashib ketdi. Ancha bo’shab qolgan xazinani to’ldirish uchun xonlar xalqni yanada ko’proq talashga tushdi. Muddatidan oldin soliq undirishlar oddiy holga aylandi. Mehnatkash xalq asosiy faoliyatidan tashqari turli majburiyatlarni bajarishga jalb etilaverdi. Xonliklar davrida ham o’lkada birlik, tinchlik bo’lmadi. Bu o’z navbatida xonliklarni Chor Rossiyasi va Sho’rolar hukumati tomonidan yo’qotilishiga sabab bo’ldi.
Download 13,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish