Saralashning va bosqichli davolashning prinstiplari.
Birinchi yordam (jang maydoni, BTP): qon ketishni to’xtatish (jgut, bosuvchi bog’lash); himoya bog’lamni qo’yish (individual bog’lash paketi); shprist-tyubikdan analgetiklarni yuborish; qo’l ostidagi vositalar yordamida immobilizastiya qilish (qo’lni tanaga, jarohatlangan oyoqni sog’iga bintlab qo’yish, topilgan qattiq predmetlarni, shaxsiy qurolni bintlab qo’yish). BTPda immobilizastiya tabel vositalari yordamida ham amalga oshirilishi mumkin.
Birinchi shifokor yordami (PTP): qo’yilgan jgutlarni, bog’lamlarni, shinalarni tekshirish, ularni to’g’irlash, kerak bo’lsa yangilarini qo’yish; oyoq yoki qo’lning transportli amputastiyasi (to’liq zararlangan, terida osilib turgan oyoq yoki qo’lni kesib tashlash); antibiotiklarni, qoqsholga qarshi anatoksinni yuborish; shok va qon yo’qotishni profilaktika qilish va davolash – analgetiklarni, 1% novokainni yopiq sinish joyga yuborish, o’tkazuvchi va futlyar blokadalar, qon yoki qon o’rnini bosuvchi moddalarni sekin yuborish.
PTPda tibbiy saralash: - bog’lash shartida kechiktirib bo’lmas shifokor yordamiga muhtoj bo’lgan yaradorlar (to’xtatilmagan tashqi qon ketishi, jgut bilan, shok holatida va transportli immobilizastiya etarli bo’lmaganda, oyoq yoki qo’lning transportli amputastiyasi, shok rivojlanishi xavfida, jarohatning va bog’lamalarning OV ifloslanishi); bog’lash shartida navbat tartibida shifokor yordamiga muhtoj bo’lgan yaradorlar (ularga ko’rsatiladigan yordam keyingi bosqichgacha qoldirilishi mumkin): shok alomatlarisiz suyagi singanlar, transportli immobilizastiyaning yaxshilanishiga muhtoj bo’lganlar, jarohatlari va bog’lamalari OV bilan ifloslangan yaradorlar); davolash muddati 10 sutkadan 1.5-2 oygacha bo’lgan engil jarohatlanganlar GLRga evakuastiya qilinadi; davolash muddati 4-5 sutkagacha bo’lgan engil jarohatlanganlar qismlariga qaytariladilar yoki PTP qoshidagi sog’ayayotganlar komnadasiga jo’natiladilar; agoniyadagilar (jon talvasasidagilar).
Malakali jarrohlik yordami
Saralanishi: quyidagilar kechiktirib bo’lmas ko’rsatma bilan malakali jarrohlik yordamiga muhtoj: davom etayotgan tashqi qon ketishi, o’sib borayotgan gematoma, ezilgan oyoq yoki qo’lning uzilishi); umumjarrohlik gospitaliga evakuastiya qilinadiganlar; sonidan yoki yirik bo’g’imlaridan yaralanganlar SXPPGga evakuastiya qilinadi; GLRga evakuastiya qilinadiganlar; sog’ayayotganlar komnadasida qoldirilishi mumkin bo’lgan engil yaralanganlar; jon talvasasidagilar (og’ir va ko’p jarohatlanganlar). Malakali jarrohlik yordami bosqichida yaralarning JIB (PXO) yaralar bo’yicha ma’ruzada ko’rib chiqilgan umumiy qoidalar bo’yicha amalga oshiriladi. Suyak jarohatlarini tozalashning kamchiligi bu rentgen nazoratining yo’qligi va yaradorni kuzatuv ostida qoldirish imkoniyatining yo’qligidir. Otma qurol natijasidagi sinishlarni davolashda progressiv bo’lib tashqi tartibda qotirib qo’yish sterjenlari yoki apparatlari bilan birlamchi osteosintez hisoblanadi. Ulug’ Vatan urushi davrida MS5 va ixtisoslashgan gospitallar sharoitlarida suyak sinishlarida immobilizastiyada gipsdan keng qo’llanilgan. U hozirgi paytda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Ko’rsatmalari: o’q otar qurol natijasida singan joylar BKTdan so’ng, bo’g’imlar shikastlanganida, yirik jarohatlarda; - asab yoki tomirlar tikilganidan so’ng; o’q otar qurol natijasida singan joylar osteosintezidan so’ng; transportli immobilizastiya vositasi sifatida.
Qarshi ko’rsatmalar: anaerob infekstiya; ochilmagan flegmonlar; yo’ldosh bo’ladigan chuqur kuyishlar va sovuq olishlar; yopiq sinishlarda yopiq gips qo’yilishi mumkin emas. Jarrohlik ishlovisiz ixtisoslashgan va umumjarrohlik gospitallariga yoki GLRga evakuastiya qilinadigan yaradorlarga yana bir bor antibiotiklar yuboriladi (yara atrofiga), og’riqsizlantiruvchi vositalar yoki davomiy ichki suyak blokadalari qo’llaniladi, immobilizastiya yaxshilanadi. Davomiy og’riqsizlantiruvchi aralashma tarkibi – 10 ml 5%li novokain eritmasi, 90 ml 8%li jelatina eritmasi (yoki 25% li albumin, aminokrovka eritmasi) 1 mln.bir. penistilin.
Oyog’i yoki qo’li jarohatlangan shaxslarga ixtisoslashgan yordam. Aniqlandi: soni yoki yirik bo’g’imlar jarohatlangan. Umumjarrohlik gospitali, GLR. Ixtisoslashgan yordam ko’rsatish sxemasi: tashhisi – klinik (“KQODH”), rentgenologik; og’riqsizlantirish – umumiy, mahalliy; yopiq yoki ochiq repozistiya – bir momentli; tadrijiy; qotirilishi – gips, skelet to’g’irlanishi, suyak usti va suyak ichi o’choqli osteosintez, kompression-distrakstion osteosintez; davolash jismoniy tarbiyasi, fizik muolajalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |