Malakali yordam: ichi bo’sh organlarning yorilishlari tezlikda rivojlanayotgan peritonitning klinik alomatlari bilan kuzatiladi. Parenximatov organlarning shikastlanishlari qorin bo’shlig’i ichidagi qon ketishi alomatlari bilan namoyon bo’ladi. Qorinning yopiq jarohatlarida parenximatoz organlarning yorilishlari ro’y berishi mumkin. Bo’sh qorin bo’shlig’iga qon ketishi jarohatdan ancha vaqtdan so’ng, organ kapsulasiga to’planib qolgan qon qorin bo’shlig’i ichiga otilib chiqqanidan so’ng yuzaga kelishi mumkin. Qorin bo’shlig’ining yopiq jarohatlarini tashhislash bosh miya jarohatlari bilan birgalikda bo’lganida juda mushkul. Yaradorning hushsiz yotishi yoki og’ir umumiy holati tufayli qorin organlari shikastlanishlarining klinik kartinasi uzoq vaqt ko’rinmasligi mumkin, ayniqsa, bir vaqtning o’zida tos suyagi, umurtqa va qovurg’alar ham singanida. Ba’zi shubhali yopiq jarohatli hollarda qorin bo’shlig’ida qon ketishi va ichi bo’sh organlarning shikastlanganligi tashhisini laparostenzent yordamida aniqlash mumkin, u malakali tibbiy yordam bosqichida qo’llaniladi. Mahalliy anesteziya ostida qorinning o’rta chizig’i bo’ylab kindikdan 2-3 sm pastda skalpelda kesiladi – teri uzun, diametri mos bo’lgan troakarda teshiladi. Qorin devorchasini aponevrozni qo’shib qalin shoyi ligaturada kesimdan bir qancha yuqorida chok o’tkazilib, ipdan ochib tortib qo’yiladi. Troakar yordamida qorin bo’shlig’iga kiriladi, stilet chiqariladi va trokarning trubkasi orqali 20-30 sm chuqurlikka yumshoq kateter kiritiladi. Shprist yordamida kateter orqali suyuqlik aspirastiya qilinadi. Agar probirka ichida qotib qoladigan qon chiqsa, bu qorin ichida qon ketish davom etayotganligini bildiradi, bunda yaradorga tezlikda laparotomiyaga ko’rsatma beriladi. Agar qorin bo’shlig’i ichidan qotib qolmaydigan qon olinsa, demak qon ketishi to’xtagan yoki sustroq bo’layotgan bo’ladi. Agar olingan suyuqlikka safro rangi, ichak ichidagi moddalar aralashgan bo’lsa, xos tegishli hidga ega bo’lsa, demaak u yoki bu organ shikastlangan bo’ladi va laparotomiyaga ko’rsatma beriladi.
Agar shprist ichiga patologik suyuqlik kirmasa, bu ichki organlarning shikastlanganligini istisno etmaydi. Bunda kateter orqali 600-800 ml izotonik natriy xlorid eritmasi yuborilib, qaytadan aspirastiya qilinadi. Rangzsiz yoki hiyol qon aralashgan suyuqlikning chiqishi ichi bo’sh organlarning ichidagi moddalar qorin bo’shlig’iga tushmayotganligidan va jiddiy qon ketish yo’qligidan dalolat beradi. Shubhali hollarda kateter ligatura bilan qotiriladi va dinamik kuzatuv davomida ekssudatning qayta aspirastiya qilinishi uchun qorin bo’shlig’ida qoldiriladi. Yig’ilgan statistik ma’lumotlariga muvofiq, yaralanishdan so’ng dastlabki 2 soatlarda qilingan laparotomiya, 90% ga yaqin yaradorlarning tuzalishini ta’minlaydi; 6-12 soatdan keyin qilingani esa – faqat 25%, 12 soatdan so’ng operastiya qilinganlar orasida tuzalib ketish hollari istisno tariqasida kuzatilgan. Harbiy-dala sharoitlarida tezkor aralashuv tariqasida ko’proq o’rta laparotomiya qo’llaniladi. Birinchi navbatda qon ketish manbasi topiladi va uni to’xtatish choralari ko’riladi. Keyin qorin bo’shlig’ining boshqa barcha organlari tekshiriladi. Jigar orqali qon ketishda jarohat oyoqchadagi salnikni tamponlagan holda Kuznestov-Penskiy usuli bo’yicha ketgut choklari bilan tikiladi. Tang holatlarda gemostaz maqsadida jigardagi jarohat marlya bilan tamponlashga yo’l qo’yiladi. Buyraklar va siydik yo’li kanallari jarohatlanganda siydik tashqi jarohatdan oqib turadi, gematuriya bo’ladi. Uning jadalligiga qarab jarohatning og’ir-engilligini aniqlab bo’lmaydi, diqqatlik bilan tortib chiqarilishini kuzatish lozim.
Maxsus yordam: gospitalda ko’krak, qorin, tos jarohatlarini olgan yaradorlarga ko’rsatiladi. Bunda ko’proq asoratlar davolanadi: peritonit, ichak teshilishlari, tos va diafragma osti absstesslari, birikib ketgan ichak o’tkazmasligi, ikkilamchi qon ketishi, eventrastiya oqibatlari. Bu davolashlar cheklangan peritonit, qorin bo’shlig’idagi yiringlarni yorish, ichak teshiklarini berkitish, oshqozon-ichak tarktini tiklash va rekonstrukstiya qilish operastiyalari kabi qayt operastiyalar o’tkazilishini o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |