O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI 1-KURS TALABASI KAMOLOV FAXRIDDINNING O`ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN TAYYORLAGAN
R E F E R A T I
JIZZAX 2022
Mavzu: 7. Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar
Milliy xafsizlikni taminlash borasida amalga oshirilgan ishlar.
Reja:
1. Milliy xavfsizlik - taraqqiyot garovi
2. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va Qurolli Kuchlami boshqarish
3. O‘zbekiston respublikasi milliy xavfsizlik xizmati to`g`risida
Har bir mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash asosiy masala bo ‘lib bunda davlat asosiy rolni o'ynaydi. “O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini mustahkamlash, uning hududida barqarorlikni ta’minlash , mamlakatimizning jahon xo‘jaligi tizimida va jahon hamjamiyatida munosib joyni egallashiga erishish — davrimizning asosiy vazifasidir” 1, - deb bu masalaning ahamiyatini ko‘rsatib bergan edi Prezidentimiz. Shuning uchun, dastlabki yillardan boshlab milliy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, uning asosini yaratuvchi qonunlarni yaratish ishlari amalga oshirildi . Milliy xavfsizlik masalasida yagona davlat siyosati bo'lishiga, barcha siyosiy , iqtisodiy, tashkiliy, harbiy, huquqiy va boshqa chora-tadbirlarning uyg'unlashgan tizimini yaratishga erishish yo‘lidan borildi . Milliy xavfsizlik ko‘p jihatdan Vatanimiz mudofaa qudratining asosi - mamlakatning iqtisodiy qudratiga bog'liq . Shuning uchun iqtisodiy qudratni rivojlantirish ishlari to‘xtovsiz olib borildi. Mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlashning asosi yoshlar ekanligiga hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor berildi. Milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida jahondagi mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan aloqalar o'rnatildi. Milliy xavfsizlikni ta’minlash bo'yicha davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo'ljallangan strategiyasi tamoyillari 1995-yil 24-fevralda bo'lib o'tgan Oliy Majlisning sessiyasida aniq bayon qilib berildi. 1996-yil 24-aprelda Oliy Majlis sessiyasida “Milliy xavfsizlik to‘g ‘risida”gi Qonun muhokamaga qo'yildi. 1997-yil avgust oyida bo'lib o'tgan Oliy Majlis sessiyasida esa, Respublikaning milliy xavfsizlik konsepsiyasi qabul qilindi . Milliy xavfsizlik endi faqat Karimov I.A. O'zbekistonning siyosiy - ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. Mudofaa va xavfsizlik kutubxonasi davlat xavfsizligini ko'zda tutmay, shaxs huquq va erkinliklarini; jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklarini; davlatning konstitutsiyaviy tuzumi , suveriniteti, hududiy yaxlitligini saqlashni ham ko'zda tutadi. Prezidentimizning; “ Demokratik va ijtimoiy - iqtisodiy o'zgarishlarni amalga oshirish, ma’naviy taraqqiyotga erishish, shuningdek, O'zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligini kuchaytirishining asosiy sharti va garovi - mamlakatimizning xavfsizligini ta’minlash, jamiyatimizda tinchlik, barqarorlik, millatlar va fuqarolar o'rtasida totuvlikni saqlash va ko'z qorachig'iday asrashdir” 1 – degan so'zlari mamlakatimiz xavfsizligining ahamiyatini yanada to'laroq ko'rsatadi . Mamlakat milliy xavfsizligini saqlashda davlatning olib boradigan tashqi siyosati ham muhim rol o'ynaydi. Shu tufayli milliy xavfsizlikni saqlash bilan bog'liq davlatimizning tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlari 2005-yildagi Oliy Majlis Palatalarining qo'shma majlisida Prezident tomonidan ko'rsatib o'tildi. M a’ruzada O'zbekiston tashqi siyosatining mazmuni, maqsadi bitta - u ham bo'lsa, O'zbekiston manfaatidir, deb alohida qayd qilindi. Hamda O'zbekistonning xavfsizligi Markaziy Osiyodagi tinchlik va barqarorlikka, qo'shni davlatlardagi ahvolga bog'liqligi, O'zbekistonning xavfsizligini ta’minlash yo'lida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi e’tirof etildi. Xavfsizlik va uning ta’minlash usullaridan bo'lgan mudofaa ahamiyati yuqoriligi e’tiborga olinib, shu masalalarning asoslari Konstitutsiyaviy tartibda mustahkamlangan. O'zbekiston Konstitutsiyasi mudofaa va xavfsizlikka alohida XXVII bobni ajratgan. O'zbekistonning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish konstit’utsiyaviy normada o'z Ifodasini topgan- (125-modda). Mamlakat mudofaasi va xavfsizligini ta’minlash doimo ustuvor masalalardan bo'lib kelgan. 1 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz.
О`zbekiston Prezidenti ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining to'qqizinchi sessiyasida jamiyat hayotidagi muhim ustuvor yo'nalishlarni ko'rsatar ekan: “ Ikkinchi ustuvor yo'nalish . Bu - mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimizning hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashdan iborat” - deb qayd qilgan edi. Bundan кo`rinib turibdiki, mudofaa va xavfsizlik
Faqat davlat va mamlakat xavfsizligi, chegaralar daxlsizligi uchun emas, fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligi, normal turmush kechirishini ta’minlash uchun ham zarur. “Mudofaa to‘g ‘risida” gi Qonunga asosan, mudofaa yaxlit bir tizim bo‘lib (Qonunning 2-moddasi), u aniq
prinsiplar ashkil qilinadi. Mudofaa sohasidagi O'zbekiston siyosati prinsiplari quyidagilardan iborat: - boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, tashqi tajovuzlarning oldini olish; - xalqaro huquq normalariga muvofiq ravishda kollektiv xavfsizlik tizimida Ishtirok etish; - harbiy qurilishning zamonaviy urushlar va qurolli mojarolar xususiyatiga mosligini ta’minlash; - yalpi qirg'in qurollarini ishlab chiqarishni, qayta ishlashni, egallashni, saqlashni, tarqatishni va joylashtirishni rad etish; - Qurolli Kuchlarning mamlakatga beriladigan har qanday tajovuzni daf etishga doimiy tayyor turishi ; - mudofaani yetarli darajada bo'lishi; - harbiy xizmatni sharafli ekanligini ta’minlash. Mamlakatda mudofaa ishlarini tashkil qilish, xavfsizlik, xavfsizlikni saqlashga e’tibor hech vaqt va hech qanday holda susaytirilmasligi kerak. Hozirgi davda mamlakatimiz xavfsizligiga jiddiy xavf tug'dirayotgan narsa — bu terrorizm bo'lib qolmoqda. Uning mudhish ishlaridan bir necha marta aziyat chekildi va qurbonlar berildi. O'zbekistonda demokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari.
Shuning uchun bu xavfga qarshi kurash yo'llari haqida Prezident o'zining bir necha nutqlarida to'xtalgan. Mamlakat mudofaasi, xavfsizlikni tashkil etish birgina davlatning ishi emas. Albatta, bunda davlat asosiy rol o'ynaydi. U mamlakatdagi barcha kuchlarni mudofaa va xavfsizlikni ta’minlashga safarbar qiladi. Shu maqsadda fuqarolar mudofaasi tashkil qilinadi. Bu ishga fuqarolar o'rgatiladi, ko'niktiriladi. O'zbekistonda “Fuqaro muhofazasi to'g'risida” maxsus qonun mavjud bo'lib, unda fuqarolar muhofazasini tashkil etish bilan bog'liq barcha masalalar huquqiy jihatdan hal qilingan. Milliy xavfsizlikni ta’minlashda mavjud xavf-xatarni oldindan aniqlash, uni bartaraf etish choralarini oldindan ko'rib qo'yish juda katta foyda keltiradi. Shuning uchun mamlakatimizda xalqaro masalalar, bo'lajak xavf - xatarlarni o'rganish , tadqiq qilish maqsadida yetarli tuzilmalar tashkil qilingan. Milliy xavfsizlikni ta’minlashda mamlakat Prezidenti huzurida tuzilgan maslahat organi - Xavfsizlik kengashi katta rol o'ynaydi. U milliy xavfsizlik bilan bog'liq barcha masalalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, shunga mas’uldir. Milliy xavfsizlikni ta’minlashda mamlakatning Milliy xavfsizlik xizmati alohida rol o'ynaydi.
Bu xizmatni, Konstitutsiyaning 93-moddasi 24-bandiga binoan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi. Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalalar xususida chiqarilgan Prezident farmonlari Oliy Majlis Senatiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Konstitutsiyaning 126-moddasida: “O'zbekiston Respublikasi o'z xavfsizligini ta’minlashuchun yetarli darjada Qurolli Kuchlariga ega” , - deb belgilangan. “Mamlakatimiz sarhadlarining daxlsizligi va hududiy yaxlitligini saqlash , el-yurtimizning osuda hayotini ishonchli himoya qilishga qodir, zamonaviy qurol - aslaha va texnika bilan ta`minlangan, yaxshi tayyorlangan va bugungi kun talablariga to liq javob beradigan, son jihatidan ixcham va harakatchan Qurolli Kuchlarni vujudga keltirish - O'zbekistonimizning buyuk kelajagini barpo etish yo'lidagi eng muhim vazifalarimizdan biridir” , - deb bu masalaning mohiyatini ko'rsatib bergan edi Prezidentimiz. O'zbekistonda hozirgi kunda Qurolli Kuchlarning qat’iy tizimi barpo etildi va u Konstitutsiyaning 126-moddasida belgilangan darajaga mos keladi. Qurolli Kuchlar o ‘z ichiga Mudofaa vazirligi va Chegara qo'shinlari bo'linmalarining, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizli k xizmatining maxsus qismlarini, shuningdek boshqa idoralarning harbiy tuzilmalarini oladi. Ya’ni, yuqoridagi bo'linma va tuzilmalar birlashib, Qurolli Kuchlarni tashkil etadi. O'tgan yillar davomida davlatning mudofaa va harbiy qurilish sohasidagi siyosatini amalga oshiruvchi Mudofaa vazirligi, Davlat chegaraiarini himoya qiluvchi qo'mita, Ichki Ishlar vazirligi va boshqa Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi davlat organlari, tashkilotlarning maqsad va vazifalari qaytadan ko'rib chiqilib, yanada aniqlashtirildi. Mamlakatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini qurolli himoya qilishga tegishli qarorlar ishlab chiqadigan va ularni amalga oshiradigan yangi tuzilma - Qurolli Kuchlarning birlashgan shtabi tuzilishi mudofaa sohasida muhim voqea bo'ldi. Mamlakat xavfsizligini saqlashda faqat kuchli Qurolli Kuchlar bo'lishining o'zi kifoya emas . Qurolli Kuchlar samarali, vakolatli boshqarilgandagina , ular o'z oldiga qo'yilgan vazifani to'la bajara oladi. Shuning uchun mamlakatimizda Qurolli Kuchlarni boshqa - rishga alohida e’tibor beriladi. O'zbekistonda mudofaa va xavfsizlikning muhim ahamiyatidan kelib chiqib, Qurolli Kuchlarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchilik qiladi. Konstitutsiyaning 93-moddasi 20-bandiga asosan, Prezident O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh o'mondon sifatida Qurolli Kuchlarning Oliy qo'mondonlarini tayinlaydi va vazifalaridan ozod etadi, Oliy harbiy unvonlarni beradi. Prezidentning mudofaa sohasidagi vakolatlari (Oliy bosh qo`mondon) Mudofaa to'g'risida” gi Qonunning 8-moddasida belgilangan. Qurolli Kuchlarning kundalik faoliyatiga rahbarlikni o'z bo'ysunuvidagi qurolli kuchlarning tarkibiga kiradigan harbiy tuzilmalari bo`Igan vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarning rahbarlari amalga oshiradi. Masalan, Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri, Milliy xavfsizlik xizmati raisi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bojxona qo'mitasi raisi. O'zbekiston Mudofaa vazirligi tinchlik davrida faqat o'z tasarrufidagi qo'shinlarni boshqarishga rahbarlik qilsa, urush davrida Mudofaa vaziri bir paytning o'zida Oliy bosh qo'mondon o'rinbosari hisoblanadi. Qurolli Kuchlar oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarish yuzasidan ularga tezkor va kundalik rahbarlikni Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi boshlig'i amalga oshiradi. Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini qurolli himoya qilish sohasidagi qarorlarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi yagona qo'mondonlik organi hisoblanadi. Qurolli Kuchlarni boshqarishda harbiy okruglar alohida o'rin tutadi, harbiy okrug alohida yo'nalishlarda Respublika xavfsizigi va hududiy yaxlitligini ta’minlovchi asosiy harbiy - ma’muriy birlik hamda umum qo'shin tezkor strategic birlashmadir. Mudofaa sohasidagi O'zbekiston hukumatining, Mudofaa vazirligining, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralari, mahalliy davlat okimiyati organlarining vakolatlar Mudofaa to`g`risidagi Qonunning 9, 10, 12, 13, 14- moddalarida belgilab qo`yilgan. Mudofaa sohasida, Qurolli Kuchlarni tashkil qilishda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari ham ishtirok etadi, ya`ni davlat organlariga o'z vazifalarini bajarishga ko`maklashadi (Qonunning 15-moddasi). Mudofaa va xavfsizlik masalasi о`ta muhim masala ekanligi sababli u O'zbekiston Prezidentining “O'zbekiston XXI.asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraq qiyot kafolatlari” asarida barqarorlik hamda taraqqiyot kafolatlari va shartlaridan biri sifatida ko'rsatilgan. Unda ta’kidlanishicha , davlatning mudofaa qobiliyati uning siyosiy , iqtisodiy, harbiy, ilmiy va ma’naviy imkoniyatlaridan tarkib topadi. Davlat mudofaa qobiliyatining eng muhim qismi uning Qurolli Kuchlaridir. Harbiy qurilish sohasidagi maqsad professional armiyani, o'z tarkibida yaxshi tayyorlangan va ta’lim olgan. O'zbekiston xalqiga, ona zaminiga sadoqatli bo'lgan, O'zbekiston Vatanining sha’ni va qadr- qimmatini oxirigacha himoya qila oladigan jangchilarga ega bo'lgan armiyani bosqichma – bosqich vujudga keltirishdan iborat. Maqsad miqdor jihatdan uncha katta bo'lmagan, lekin yaxshi shaylangan, zamonaviy urollar va harbiy texnika bilan bekamu ko'zt qurollangan, O'zbekistonning xavfsizligini mustaqil ravishda va puxta ta’minlashga qodir bo'lgan Qurolli Kuchlarni shakllantirishdir. O'zbekiston Prezidentining bu so'zlarida mudofaaning ahamiyati, unda Qurolli Kuchlarning ro`li va Qurolli Kuchlarni takomillashtirish hamda undan ko'zlangan maqsad aniq ko'rsatib berilgan.
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, Oliy Kengashning “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi bayonotiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi va 26-sentabrdagi farmonlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar
Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston SSR ittifoq-respublika Davlat xavfsizligi qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga aylantirilsin (respublika qo‘mitasi huquqida).
2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin (1-ilova).
3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining tizimi va xodimlari soni tasdiqlansin (2, 3, 4-ilovalar berilmaydi). Sobiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi qo‘mitasining tugatilgan alohida bo‘linmalarini hisobga olgan holda, uning xodimlari soni 25 foizga qisqartirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1992-yil uchun
Respublika budjetining loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini saqlash uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq nazarda tutsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi, Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi, Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi 1992-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishgan holda har yili moddiy-texnika vositalarini ajratishni, shuningdek chet el valyutasi ajratishni ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa va Avtomobil transporti vazirliklari, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, O‘rta Osiyo temir yo‘li boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga aloqaning barcha turlarini , xonalar, texnik ish uchun transportda joylarni band qilishni amalga oshirsinlar.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, uning joylardagi organlari xodimlariga uy-joy, yakka tartibda uy-joy va dala hovli qurilishi uchun yer uchastkalarining birinchi navbatda ajratilishini ta’minlasinlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |