Kepetinglar sulolasi davrida Fransiya
X asrning oxirida ularning yerlari Fransiyaning shimolidagi Lan shaxrining uzi bilangina cheklanib koldi, desak buladi, Sungi Karoling Lyudovik V Yalkov ulgandan keyin graf Robert Zurning nasllaridan biri bulgan Gugo Kapet nomli kishi 987-yilda zodagonlar va ruxoniylar yigilishi tomonidan Fransiya kiroli kilib saylandi, Shunday kilib, Fransiyani yangi dinastiya – Kapetinglar xokimiyati juda kuchsiz buldi.
Kapet ismining ma’nosi XIII asrlarda yo’qolib ketgan. U Gugo kostyumining ma’lum narsasi, bosh kiyimidan kelib chiqqan degan ehtimol mavjud. Manbalarda turli formalari uchraydi: Capito, Caputius, Capetus, Capatus. XII asrlarda - Huon Chaped, fransuz eposida - Huon Chapet ko’rinishida keltirilgan. Uning otasi Gugo Buyuk (897-956) 936-yil 25-iyuldan franklar gersogi, Neystrya markizi, 922-yildan Parij va Orlean gersogi, Qirol Robert I va Beatris de Vermandua o’gli hisoblanadi. Onasi esa Gedviga Saksonskaya (922-965) Germaniya qiroli Genrix I Ptistelov va Rim imperiyasi imperatori Otton I ning singlisi, Matilda Vestfalskayalarning qizi hisoblanadi. Otasi o’lgandan keyin Gugo Kapetga Fransiya gersogligi hamda Parij va Orlean grafligi meros bo’lib qoldi.9 Bo’ysunmagan vassallar bilan kurashishda va Lotaringiyani egallashdagi yordami uchun qirol Lotar unga Puateni berdi. 986-yilda qirol Lotar o’ldi. U o’zining 19 yoshar o’g’li va toj vorisi Lyudovikni Gugo Kapet himoyasiga qoldirdi. Lyudovik V Dangasa 15 oylik hukmronlikdan so’ng befarzand bo’lib o’ldi. Uning davrida qirollik hokimiyati deyarli to’liq Gugo Kapetning qo’lida edi. Tojning qonuniy vorisi uning ukase Quyi LotaringiyaHugo Capet. gersogi Karl edi. Lekin 987-yil 1iyunda Sanlisda bo’lib o’tgan fransuz feodallari yig’ilishida qirol etib Gugoni saylashdi. Uni Reyn arxiyepiskopi Adalberon qo’llab quvvatladi. 987-yilning 3-iyulida Nuayonda toj kiydirish marosimi bo’lib o’tdi. X asrning oxiriga kelib, Fransiyada feodal tuzum tartibga keltirilgandi. Gugo Kapetga qirollik toji kuch olib kelmasdi. Chunki feodallarning nazarida qirollik tituli o’zining haqiqiy ma’nosini yo’qotgan, ular faqatgina o’zlarining ichida eng kuchlisini tanlab unga hokimiyatni emas, balki unvon topshirishdi. Kapetning tanlanishiga yana bir omil bu - Karl Buyuk imperiyasini yemirgan millatlar kurashiga yakun yasash, ya’ni german millatidagiqirollarni haydab, ularning o’rniga milliy, gallo-frank kelib chiqishiga ega qirollarga almashtirish bo’ldi. Chunki Robertinglar va Karolinglar kurashi mamlakat kelajagini xavf ostida qoldirardi. Shu bilan birga, bu tanlov Fransiya ichki ishlariga Germaniya aralashuvini oldini oldi. Feodallar ko’zida Kapetning saylanishi yangi dinastiya boshlanishini bildirmas edi. Gugo feodallarni ajdodlarining merosxo’rlari sifatida tan olib og’dirishga harakat qilardi.Lekin Luardan janubda joylashgan feodallar Karl tarafida edilar. Karl Lanni egallashga ham erishgan edi. Gugo normanlar va vassallar hujumidan himoyalanish maqsadida ko’p shaharlarning himoyasini kuchaytirdi. Oxirgi Karolinglar davrida poytaxt Lan bo’lgan bo’lsa, Gugo Kapet uni Parijga ko’chirdi.Ancha keyinrok borib, XII va XIII asrlardagina bu dinastiya kaddini rostlab olgan shaxarlarga suyanib turib, Fransiyani birlashtirishga va markazlashgan davlatga asos solishga muvaffak buldi. Shu tariqa, Verdenda bo'lgan taqsimot Yevropada keyinchalik vujudga kelgan uchta katta davlat Fransiya, Germaniya va Italiyaning tashkil topishini umumiy bir tarzda belgilab berdi. IX asrning o'rtasida mazkur uaviai.- laming ichida eng yaxliti "g'arbiy franklar’’ning davlati edi, u keyinchalik vujudga kelgan Fransiyaning kurtagi bo'ldi. Bu yerdagi aholining asosiy ommasi endi tashkil topayotgan fransuz xalqidan iborat bo'lib, u alohida bir shimoliy roman tilida, ilk fransuz tilida gapirishar edi. 847 yiida u Mersen kapitulyariysini chiqarib, unda har bir erkin kishiga senor topib olishni taklif qildi; qirol o'z fuqarolari ustidan shunday hokimiyatga ega bo'ldi. 887 yildagi Kersin kapitulyariysi yer benifitsiylarining, shuningdek, graflik lavozimining ham nasldan-naslga meros bo'lib qolishini qonunlashtirdi. Shu vaqtdan boshlab benifitsiylar nasldan-naslga meros bo'lib qoladigan yerlarga feodlarga, lenlarga; graflik vitse-graflik (vikontlik), markgraflik (yoki markizlik) va gersoglik unvonlari nasldan-naslga qoladigan knyazlik unvonlariga aylandi. 10Joylarda hududiy hukmdorlarga xos barcha huquqlarga, ya’ni qirollik huquqlariga o'xshash huquqlarga ega bo'lgan knyazlik sulolalari vujudga kela boshladi. Shunday qilib, Fransiya davlati tashkil topgan vaqtda nomigagina yagona davlat bo'lib, aslida u ko'pgina (aniqrog'i o'n mingga yaqin) xilmaxil senorliklaming yig'indisidan iborat edi. Bulaming ba’zilari qirol hokimiyatini rasman tan olgan, lekin amalda deyarli mustaqil edi. Boshqa senorlar esa faqat qirolga sodiqlik haqida qasamyod qilar, biroq hatto rasman boisada unga bo'ysunmagandi. Ular qirolga bo'ysunishni - vassal bo'lishni tahqirlanish, deb hisoblardilar. IX-XI asrlarda feodal munosabatlar rivojlanib, tuzum hamma yerda hukmron bo'lib qoldi. Х1-Х1П asrlarda feodallar tomonidan yerlaming to'liq egallab olinishi natijasida erkin dehqonlar yer egaligi tugatildi. Natural xo'jalik hukmronlik qilib, feodal senorliklar parokandaligi davom etadi va yangi-yangi pomestelar vujudga kelib, mamlakatning yagonaligiga putur yetadi. Oqibatda mamlakat hududi parchalanib, katta-kichik bo'laklarga bo'linib ketadi va siyosiy tarqoqlik hukm suradi. Siyosiy tarqoqlik davrida Fransiyada qarama-qarshi sinflar feodallar va ularga qaram dehqonlar bo'lib qolgan. Vassallik shartnomalari tomonlaming majburiyatlarini aniq o'matib qo'ygandi. Senor vassalga feodni berish bilan birga vassalni va unga berilgan yem i himoya qilishi lozim edi. Vassal esa a w alo senorga harbiy xizmat o'tab berish majburiyatiga ega edi.XI asrdan bunday xizmat muddati bir yiida 40 kun qilib belgilanadi. Vassal, shuningdek, feodallaming sud va boshqa yig'inlarida senoming raisligida ishtirok etishi lozim edi. Vassal yuqoridagilardan tashqari. senomi asirlikdan sotib olish, senoming salb yurishlarini moliyaviy ta’minlash, senom ing katta o'g'liga ritsarlik unvoni berilayotganda, katta qizi erga tegayotganda sovg'asalomlar bilan kelish kabilarga ham majbur edi^ Vassallik shartnomalari dastlab tomonlaming hayotligi davrida tuziladigan shartnomalar hisoblanib, personal xarakterga ega edi. Keyin esa u bilan bog'liq majburiyatlar meros tariqasida o'tadigan bo'ldi. XI asrga kelib feod. ya’ni nasliy urug'chilik pomestcsi asosiy feodal mulkchilik shakli sifatida o'matildi.11
Agar vassal senorga sodiqlik to'g'risidagi qasamini buzsa va o'z zimmasidagi majburiyatlarini bajarmasa. feodni qaytarishi lozim edi. Lekin senorlar va vassallar o'rtasidagi nizolarni hal etishning yuridik mexanizmi juda samarasiz bo'ldi. Yirik feodallar mustaqil harbiy kuchlarga ega bo'lib, senorlarga itoat etmay, senor sudi qarorlariga bo'ysunishni istamay qo'ygandi. Bu feodajlar o'rtasidagi ko'p sonli tartibsizliklar va urushlarni keltirib chiqaradi. XII asrga kelib vassallaming ba’zi huquqlari kengaytirilib, ularning xizmat muddatlari qisqartiriladi., XI asrda jamiyatning feodallashish jarayoni kuchayib, vassallarning vassallari paydo bo'ladi. Yuqorida aytilganidek, eng quyi zvenodagi vassallar ritsarlar (mayda feodallar) edi. A sosiy feodallar ommasi qirolga bo'ysunmay, o'z senorlari gersoglar va graflarga bo'ysunardi. "Vassalimning vassali mcning vassalim emas" degan tamoyil mavjud edi. XII asr o'rtalarida shaharlar o'sib. qirolning ahamiyati kuchayadi. Qirollar mamlakatda barcha feodallardan sodiqlik haqida qasam olishga va vassal qaramlikdagi egaliklarini tan oldirishga erishadilar. Bu jarayon vassallarning vassallari (arer-vassallar)ning bevosita qirol vassallariga aylanishiga olib keladi va bu immediatizatsiya degan nom oladi.12 XI-XII asrlarda shaharlar tez о ‘sib, shahar aholisi alohida huquqiy holatga ega b o ‘la bordi. XII asrdan shaharlaming alohida feodallardan mustaqilligi uchun, o'zini o'zi boshqarish huquqini qo'lga kiritish uchun kurashi boshlanib ketadi. Natijada qirollar ko'magida shaharlar maxsus erkinlik xartiyalarini qo'lga kiritadilar. Shaharliklaming huquqiy holati universal sifatida maydonga chiqmay, balki muayyan shahar assotsiatsiyasi bilan bog'liq edi. Shu sababli dvoryanlar, ruhoniylar, servlar bunday huquqiy holatni amalda ololmasdilar. Biroq serv shaharda doimiy yashab qolish orqali shaxsiy erkinlik oladi. Agar, hatto. shahar bevosita qirolning yoki alohida feodalning yurisdiksiyasi ostida qolsa ham shaharliklaming senorga nisbatan majburiyatlari cheklangan va qat’iy o'matib qo'yilgan edi. Majburiy ishlar va banalitetlar bekor qilinib, sud poshlinalari, jarimalari va boshqalaming aniq miqdorlari o'matiladi. Lekin shaharlar aholisi feodal tizim bilan bir butun holga keltirilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |