O‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/115
Sana12.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#444877
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   115
Bog'liq
55884 Mетодология дарслик

Metodologik ta’minot manbalari.
Pedagogika fani bo‘yicha amalga 
oshiriladigan tadqiqot ishlarinig metodologik ta’minoti qator o‘ziga xosliklariga 
ega. Metodologik ta’minoti manbasi tushunchasi tadqiqotchi uchun mo‘ljal olishga 
imkon beruvchi va ierarxik mansublikka ega alohida turdagi bilimlar yig‘indisini 
anglatadi.
Tadqiqotchi uchun mo‘ljal olishga yordam beruvchi birinchi metodologik 
manba falsafiy qoidalar va undagi metodologik funksiyalardir. Masalan, nazariya 
va amaliyot birligi haqidagi nazariya. Ana shu tarzda falsafa metodologik ta’minot 
manbalaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
Metodologiyaning bir nechta darajalarining mavjudligi umumfalsafiy 
qoidalar, shuningdek, umumilmiy metodologiya darajasida ishlab chiqilgan 
bilimlar va yondashuvlarni metodologik ta’minot tarkibiga kiritishga teng huquq 
beradi.
Metodologiyaning yana bir manbasi pedagogika sohasida tadqiqi qilingan 
ilmiy ishdir. Mazkur tadqiqotlarning natijalari yaxlitlikda pedagogikaning o‘ziga 
xosliklari, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, pedagogik faktlar, pedagogik 
nazariyalarni shakllantirish shart-sharoitlari, pedagogikaning obyekti va predmeti 


46 
va mustaqil amalga oshirilgan pedagogik tadqiqotlar haqidagi bilimlarni o‘zida aks 
ettiradi. Ushbu tadqiqotlarda ta’lim sohasida qo‘llaniladigan fan metodlari haqidagi 
bilimlar konkretlashtiriladi. Mazkur tadqiqotlarning vazifasi – pedagogik fanlarni 
amaliyot bilan aloqadorlikda rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalari, pedagogik 
tadqiqotlar samaradorligi va sifatini oshirish tamoyillari, pedagogika 
qo‘llaniladigan tushunchalar va metodlarni tahlil etishni aniqlashtirishdan iborat. 
Metodologik bilimlar amaliy pedagogik faoliyat qonuniyatlari va tashkiliy 
tizimlarini aniqlashda o‘ziga xos vazifalariga ega bo‘lgan maxsus-ilmiy 
tadqiqotlarni o‘tkazish uchun asos sifatida xizmat qiladi. 
Yuqorida bayon etilgan pedagogika sohasidagi tadqiqotlarning ikki turi bir 
tomondan metodologik, ikkinchi tomonidan maxsus-ilmiy tahlilga tegishli ekanligi 
haqida gapirish imkonini beradi. Ular turli obyekt va yo‘nalishlarga ega va 
muammo doirasi bilan bir-biridan farq qiladi. 
Maxsus-ilmiy tadqiqotlar (masalan, ta’lim va tarbiya qonuniyatlari) bevosita 
pedagogik faoliyatga yo‘naltirilgan, o‘z navbatida mazkur voqelikni ilmiy aks 
ettiruvchi – metodologik tadqiqot sifatida ham qaraladi (ta’lim amaliyotini ilmiy 
asoslash usullari). Mazkur farq metodologik tadqiqot jarayonida uni nazariyada aks 
ettirishning samarali usullari va nihoyasida mazkur nazariyani amaliyotga ta’sirini 
kuchaytirish maqsadida pedagogik faoliyatga murojaat qilish zarurati yuzaga 
chiqadi. Masalan, o‘qitishni ilmiy asoslash usullarini tadqiq etishda ta’lim 
metodlari haqidagi tasavvurlar turli metodlarni amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq 
masalalar yuzaga keladi. Aynan amaliyotdagi kamchiliklar olimlarni fanga, ilmiy 
bilishdagi bo‘shliqlarga murojaat qilishni, keyin ushbu kamchilik va 
bo‘shliqlarning yuzaga kelish sabablarini metodologik tahlil qilishga murojaat 
qilishga majbur qiladi. Amaliyot uchun pedagogikada qo‘llaniladigan 
tushunchalarni tartibga solish, kompleks tadqiqotlarni samarali tashkil etish uchun 
pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqdorligi mexanizmini o‘rganish katta 
ahamiyatga ega. 
Metodologik tadqiqot aynan tadqiqiy tavsifga ega bo‘lishi lozim, ya’ni 
istalgan ilmiy tadqiqotga qo‘yiladigan talablar to‘liq bajarilishi lozim, umumiy 


47 
mulohaza va konspektiv xarakterga ega bo‘lib qolmasligi zarur. Pedagogika 
sohasida konkret metodologik tadqiqot xususiy maxsus predmetiga ega va u yoki 
bu fan bo‘limlari holati, amaliyot uchun yo‘naltirilgan normativ materiallarni 
asoslash xarakteri va sifati, pedagogik konsepsiyalarni ishlab chiqish va ularni 
amaliyotga joriy etish dalillarida aks etuvchi empirik materiallarga tayanadi. 
Empirik tavsifdagi (metodologik empiriya) metodologik bilimlar ilmiy bilish 
usullarini qo‘llash haqidagi tadqiqotchining fikr-mulohazalari, ya’ni metodologik 
refleksiya natijasi sifatida aniq maxsus-ilmiy tadqiqotlar jarayonida ham 
shakllanadi. Qachonki, u shu tarzda tanlangan obyekt bo‘yicha o‘z harakatini 
kuzatib borsa, mazkur turdagi bilimlar metodologik ta’minot tarkibiga qo‘shilib 
boradi. Ularning o‘ziga xosligi shundaki, maxsus rejalashtirilgan metodologik 
ishlar hosilasi emas, boshqa (maxsus-ilmiy) obyektga maqsadli tadqiqot mahsuli 
garovi sifatida namoyon bo‘ladi. Empirik bilimlar obyektga bog‘langan bo‘lib, 
shuning uchun umumiy tavsifga ega bo‘lmaydi. Ularni qo‘llash mazkur tadqiqot 
vazifalari bilan cheklanadi. 
Masalan, o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirish yo‘llarini ishlab 
chiqish jarayonida asoslovchi tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish natijasida olingan 
tadqiqotchining shaxsiy tajribasi boshqa, masalan o‘quv materiallarini 
strukturalashtirish muammosi bilan shug‘ullanayotgan kishi uchun qo‘l kelishi 
ehtimoldan yiroq. Hech iloji bo‘lmaganda, tizimli yondashuvda qo‘llaniladigan 
modellashtirish, ideal obyektlarni kosntruksiyalash kabi ilmiy metodlarga taalluqli 
metodologik orientirlarga tayaniladi. 
Metodologiya sohasi va maxsus-ilmiy sohani bir-biridan farqlash zarur: 
metodologik tahlil obyekti va maxsus-ilmiy obyekt tahlil, metodologik 
muammolar va maxsus-ilmiy muammolar, metodologik va maxsus-ilmiy 
tadqiqotlar. Metodologik faoliyat sohasida maxsus-ilmiy tadqiqotlar ta’minotini 
metodologik tadqiqotnikidan farqlash zarur. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish