Mavzu-17: Alkadiyen va alkinlarning xossalarini o‘rganish.
1.Diyen uglevodorodlar haqida umumiy ma`lumot.
2.Nomlanishi va izomeriyasi.
3.Fizik kimyoviy xossalari.
4.Kauchukning ahamiyati.
Molekulasida ikkita qo’shbog’ saqlagan ochiq zanjirli uglevodorodlarga alkadiyenlar deyiladi. Ularning molekulasi tarkibida ikkita qo’shbog’ borligi uchun, tegishli alkanlarga nisbatan 4 ta vodorod atomi kam bo’ladi. Shuning uchun ularning umumiy formulasi
СnН2n-2.
Etilen qator uglevodorodlar bilan tanishganimizda, molekula tarkibida bitta π bog`ini ya’ni qo‘shbog‘ini bo‘lishi vodorod atomlari sonini ikkitaga kamayishiga sabab bo‘lishini bilgan edik. Shunga muvoȶq diyen uglevodorodlarida uglerod atomlari soni bir xil bo‘lgaalkanlarga nisbatan vodorod atomlari soni
to‘rttaga kam bo‘ladi. Sababi alkenlarda bitta qo‘shbog‘ bo‘lsa, diyenlarda esa ikkita qo‘shbog‘ bo‘ladi. Masalan: propan C3H8 da 8 ta vodorod, unga mos keluvchi bo‘lgan propadiyen C3H4 da 4 ta vodorod atomi bo‘ladi.
Nomenklaturasi. Diyen uglevodorodlarning sistematik nomenklatura bo’yicha nomlanganda to’yingan uglevodorodlar nomi oxiridagi «n» harȶ o’rniga «diyen» qo’shimchasini qo’shish va qo’shbog’ tutgan uglerod atomlarini ko’rsatish bilan hosil bo’ladi.Diyen qator uglevodorodlarni nomlashda: 1. Tarkibida ikkala qo‘shbog` bor bo‘lgan eng uzun zanjir asosiy zanjir sifatida tanlab olinadi. 2. Asosiy zanjirdagi uglerod atomlarini qo‘shbog` yaqin tarafdan raqamlanadi.3. Radikallar turgan o‘rni belgilangandan so‘ng modda nomlanadi.
Fizik xossalari.
Diyen uglevodorodlarning ham fizik xossalari to’yingan va to’yinmagan uglevodorodlarning gomologik qatori kabi ma’lum tartibda o’zgaradi.Butadiyen-1,3 normal sharoitda gaz modda, 2-metilbutadiyen-1,3 esa uchuvchan xususiyatga ega bo’lgan suyuqlik hisoblanadi.Kimyoviy xossalari.Alkadiyenlar ham alkenlarga o’xshab birikish reaksiyalariga kirishadi. Butadien-1,3 ni brom bilan ta’sirlashishida 1,4 yoki 1,2 birikish reaksiyalari amalga oshadi.
Molekulasida uchbog‘ saqlagan to‘yinmagan uglevodorodlarga alkinlar deyiladi. Alkinlar asetilen qatori uglevodorodlari deb ham ataladi. Alkinlar CnH2n-2 umumiy formulaga ega bo‘lib, ularning birinchi
vakili asetilen C2H2 hisoblanadi.Nomenklaturasi. Asetilen qatoridagi uglevodorodlar ratsional nomenklaturaga muvofiq nomlanganda radikal nomiga asetilen so‘zi qo‘shib aytiladi.
Sistematik nomenklaturaga muvofiq alkinlarning nomi ularga mos keladigan to‘yingan uglevodorodlar nomidan olinib “an” o‘rniga “in” qo‘shimchasi ishlatiladi.Alkinlarda uchbog‘ asosiy zanjirda bo‘ladi va raqamlash aynan uch bog‘ yaqin tomondan boshlanadi.
Izomeriyasi. Asetilen qatori uglevodorodlarida zanjirni tarmoqlanishi va uchbog‘ni joylashuvi bilan bog‘liq izomeriya kuzatiladi. Masalan, umumiy formulasi C4H6 bo‘lgan ikkita alkinni yozishimiz mumkin.
Ishlatilishi. Asetilen organik sintez mahsulotlarini olishda dastlabki homashyo sifatida keng qo‘llaniladi. Asetilen kislorodda yondirilganda temperatura 30000C gacha ko‘tariladi. Bu holatdan metallarni payvandlash va kesishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |